tasavvurga  ega bo’lishi lazim




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

tasavvurga 
ega bo’lishi lazim.
—Dinning umumiy ta’rifi, uning kelib chiqishi, ta’limoti muqaddas manbalari, 
oqimlari, jahonda mavjud bo’lgan dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy 
xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog’liq qadriyatlari to’g’risida, din va qonun 
o’zaro munosabatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar tug’risida"gi qonun haqida 
habardor bo’lishi
— Dinning insoniyat tarixiy taraqqiyotida tutgan o’rni, uning insoniyatga 
o’tkazgan ijtimoiy - psixologik ta’siri, birlashtiruvchilik, qonunlashtiruvchilik, 
tartibga soluvchilik, tasalli beruvchilik kabi jamiyagdagi vazifalari, dunyo 
madaniyati va san’at soxalarining shakllanishida dinning o’rnini xamda buddizm, 
xristianlik, islom kabi dunyo dinlari va konfutsiychilik, yaxudiylik, hinduiylik kabi 
millim dinlarning kelib chiqishi, ta’limoti, mukaddas manbalari va hozirgi 
zamonda tutgan o’rnini, diniy marosimlarni 
bilishi kerak
— Diniy bag’rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarashlar erkinligini 
ta’minlash jarayonida jamiyatning boshka a’zolarini barkamol shaxs sifatida 
shakllanishiga ko’maklashish, Vataniga va millim kadriyatlarga sadoqatli, har 
tomonlama yetuk komil insonlarni tarbiyalash 
tajribasiga ega bo’lishi lozim.


36 
2-masala bayoni
: Dunyoda dini, diniy ishonchi bo’lmagan xalq, millat yo’q. 
Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz holda yashay 
olmaydi. Din qanday paydo bo’lgan degan savol hammani qiziqtiradi. Bu masalaga 
javob berishda avvalo, odamning kelib chiqishi, uning ongi, tafakkurining 
shakllanish jarayoni va u bilan birga diniy tasavvurlarning kelib chiqishi jarayoni 
ancha murakkab va ziddiyatlarga to’la muammo ekanligini e’tiborda tutmoq lozim. 
Bu kabi muammolarni echish, unga to’g’ri javob berish maqsadida ko’plab 
mutafakkirlar fikr yuritib, turli ta’limot va qarashlarni yaratganlar. 
Keyingi bir necha asr davomida olimlar o’rtasida ilmiy ijobiy bilimlar oldin paydo 
bo’lganmi yoki diniy, xurofiy tasavvurlar yuzaga kelganmi, diniy qarashlar 
abadiymi yoki insoniyat tarixida din bo’lmagan davrlar ham bo’lganmi degan 
savollar atrofida jiddiy tortishuvlar bo’lib kelmoqda. CHunonchi, g’ayri ilmiy 
ta’limotga berilgan G’arb dinshunoslari, ayniqsa ilohiyotchilar diniy tasavvurlar 
inson paydo bo’lishi bilan uning qalbi va ongiga singdirilgan, ya’ni tug’ma 
qarashlar deb isbot qilishga harakat qilmoqdalar. Ular dinning dastlabki shakllari, 
umuman din butun davrlarga va barcha xalqlarga xos universal holat, din inson 
bilan paydo bo’lgan, u bilan abadulabad yashaydi, diniy tasavvurlar tug’madir 
degan g’oyalarni isbotlashga urinmoqdalar. 
Dinning kelib chiqishi haqidagi bunday noto’g’ri qarashni isboti tariqasida 
Boburning nabirasi Akbarshoh, garchi g’ayriinsoniy bo’lsada o’tkazgan g’alati bir 
tajribani misol qilib keltirishni lozim topdik. U har xil dinga e’tiqod qiluvchi 
kishilarning endi tug’ilgan 12 ta farzandini tortib olib, ularga qarab turuvchi gung 
enagalari bilan birga baland devorlik ayrim qasrga qamab qo’yishni buyuradi. SHu 
tariqa bolalar tashqi dunyodan ajralgan holda 12 yil davomida qasr ichida 
yashaydilar. Bolalar 12 yoshga to’lgach, shoh huzuriga turli irqdagi va dindagi 
mashhur olimu ulamolar to’planishadi. Ularning deyarli hammasi diniy tasavvurlar 
tug’ma, inson muayyan dinga mansub bo’lib tug’iladi, degan fikrni himoya 
qilganlar. Akbarshoh bunday fikrga qarshi chiqib, inson kamolotida ta’lim-tarbiya, 
u yashaydigan muhit hal qiluvchi omil ekanligini aytadi va gunglar tarbiyasida 
bo’lgan bolalarni keltirishni buyuradi. 12 yil mobaynida jamiyatdan, odamlardan 
ajratib qo’yilgan bolalar na bir tilni, na bir dinni bilmaganlar. Ular qandaydir 
noaniq tovushlar chiqarib, o’z fikrlarini imo-ishoralar bilan tushuntirishga harakat 
qilganlar.
1
Shu bilan birga, din abadiy tug’ma, doimiy zarur hodisa bo’lmasdan, u inson va 
jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan degan qarash, g’oya 
ilmiy dinshunoslikning asosiy tamoyili ekanligini olg’a suruvchi qarashlar ham 
1
Qarang. Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkent, «O‘zbekiston» 2002, 34-35-betlar. 


37 
mavjud. Bunday qarash kishilik jamiyati tarixida din bo’lmagan davrlar ham 
bo’lganligini ko’rsatadi. Xozirgi ilmiy dinshunoslik tarix, arxeologiya va boshqa 
fanlar bergan ma’lumotlarga asoslanib diniy qarashlar bundan 30-40 ming yil 
ilgari, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuzaga kelgan degan xulosaga asoslanadi. 
Dinning kelib chiqishiga sabab esa ibtidoiy odamlarning tabiatning ko’pgina 
hodisalari oldida ojiz ekanliklari, ularning sabablarini bilmganliklari, ularni 
qandaydir ko’zga ko’rinmas ilohiy kuchlar boshqaradi va ular kishilar hayotiga 
ta’sir qiladi degan tasavvurlarga asoslanganliklaridir. Bular momaqaldiroq 
gumburlashi, chaqmoq chaqishi, zilzilalar, suv toshqinlari, dahshatli dovullar, 
kasallik, uyqu, tush ko’rish, o’lim, quyosh tutilishi, vulqon otilishi, ochlik, 
qashshoqlik va boshqalar.
Xulosa shuki, din hamisha bo’lmagan; u urug’chilik-qabilachilik tuzumida, bundan 
taxminan 30-40 ming yillar oldin paydo bo’la boshlagan. 
Din abadiy va tug’ma, doimo zarur hodisa bo’lmasdan uni muayyan davrda 
jamiyat yaratgandir, degan g’oya ilmiy dinshunoslikning asosiy tamoyilidir. 
Jahonda turli davrda paydo bo’lgan yuzlab din shakllari mavjud bo’lib, ular 
dunyoqarash sifatida o’z dinini haq deb biladilar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish