O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Tayanch so’z va iboralar: 
Ijtimoiy ong shakli, g’ayri tabiiy kuchlar, to’ldiruvchilik, 
birlashtiruvchilik, nazorat qilish, aloqa bog’lovchilik, tarbiyalovchilik, psixologik, 
gnesologik, ijtimoiy.
1-masala bayoni
: .«Din» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ishonch», 
«ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Dinning mazmun va mohiyatini ilohiy-
diniy va ilmiy nuqtai nazardan tushunish mavjud. 
Din ham boshqa ta’limot, qarash, nazariyalar singari tabiat, jamiyat, insonning 
mohiyatini, mavjudligi va yashashi kabi muammolarga ilohiyotdan kelib chiqqan 
holda javob berib kelgan. 
Din inson e’tiqodi, ruhiy-ma’naviy dunyosi, his-tuyg’ulari, axloqiy va estetik 
tasavvurlari bilan bog’liq murakkab dunyoqarash bo’lib, u o’zicha Olloh nomidan 
hayot muammolarini echib, unga javob berib kelgan. 
Agar biz barcha dinlarga nazar tashlasak ular foniy, o’tkinchi dunyo azob-
uqubatlari va yovuzliklaridan qutulish, yaxshilik va ezgulikka, yuksak axloqiylikka 
intilish g’oyalari bilan sug’orilganligini ko’ramiz. Bulardan tashqari asrlar 
davomida din na faqat insonlar hayotida, balki jamiyat ma’naviy, hattoki ayrim 
davrlarda siyosiy hayotida ham muhim rol’ o’ynab kelgan, ahamiyat kasb etgan. 
Xozirda mavjud barcha jahon dinlari umumbashariy qadriyatlarga tayanib inson va 
jamiyat axloqiy va ruhiy kamolotiga ta’sir o’tkazib kelganligi tufayli asrlar osha 
yashab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 
2000 yil sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan dindorlarning xalqaro anjumani 
ishtirokchilariga tabriknomasida dinga shunday baho berilgan: «Din inson ruhini 
poklashi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlashi, milliy 
an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o’rin 
tutadi»
2
.
Diniy e’tiqod xudo, payg’ambar, farishta, iblis, shayton, avliyo, arvoh va boshqa 
xil ins-jinslar bilan bog’liq tushunchalargina bo’lib qolmay, balki asrlar davomida 
kishilar hayotida shakllanib kelgan turli urf-odatlar, ijtimoiy va oilaviy turmush 
normalarini belgilab beruvchi qonun-qoida, axloq kodeksi hamdir. 
Jamiyat va insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida din nima degan savolga turlicha 
javob berib kelingan. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish