|
O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. AxmedovBog'liq Dinshunoslik Dinlar tasnifi.
Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat hayotidagi
o‘zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, e’tiqod haqida ham ma’lum
evolyusiyaning yuz berishiga sabab bo‘lgan. Ana shu asosda turli din shakllari
yuzaga kelgan. Bular urug‘-qabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jahon
dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va mohiyatiga ko‘ra politeistik (ko‘p
xudolik) va monoteistik (yakka xudolik) dinlariga ham bo‘linishini qayd etish
lozim.
Xozirda jaxon dinlari bo‘lmish Zardo‘shtiylikka sayyoramiz axolisining 130
mingga yaqini, Buddaviylikka 800 million, Xristianlikka 2 milliard, Islomga 1,6
milliardi e’tiqod qilishi rasmiy ma’lumotnomalarda qayd etilgan.
Dinshunoslik nuqtai nazaridan din shakllarini quyidagicha tasniflash va ularni shu
tartib asosida o‘rganish maqsadga muvofiq.
Xozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari
(klassifikatsiyasi) mavjud:
Tarixiy geografik jihatga ko’ra turlari
Etnik jihatga ko’ra turlari
E’tiqod qiluvchilar soniga ko’ra turlari
Hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.
Ularning har birini izohlab chiqamiz,
Tarixiy geografik jihatga ko’ra turlari
O’rta Yer dengizi havzasi dinlari
Yunon
Rim
Illinistik
Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari.
Misr
Shumer
Akkat
G’arbiy Somiy
Islomgacha Arablar dinlari
Yaqin va O’rta Sharqning payg’ambarlik dinlari
Zardushtiylik
Yaxudiylik
45
Xristianlik
Islom
Hindiston dinlari
Vedalar
Braxmanizm
Hinduizm
Xind Buddizmi
Jaynizm
|
| |