48
Shunday qilib ibtidoiy odam o‘zini
tabiatdan ajratmagan, o‘zi va uni o‘rab
olgan borliqdagi narsa va xodisalar orasida qon-qarindoshlik mavjud deb tasavvur
qilgan.
Hozirda qo‘llanilib kelinayotgan muchal yillari
ham tarixan totemizm bilan
bog‘liqdir. Chunonchi, sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y,
maymun, tovuq, it, to‘ng‘iz yillari shu jumladandir.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy
vazifalari, yuqorida aytib o‘tilganidek, birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi.
Totemizm diniy shakllarning
dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko‘plab
xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan,
Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u
afsonaviy baxt
keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi).