O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Fetishizm. 
Fetishizm ham eng qadimgi, ya’ni ibtidoiy din shakllaridan biri. 
Fetishizm – portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zidan olingan bo‘lib 
«sehrli narsa», «sehrli buyum» degan ma’noni bildiradi. Fetishizm – jonsiz 
narsalarda qandaydir g‘ayritabiiy kuch bor deb ularga ishonish, sig‘inish, ulardan 
madad kutish demakdir. Fetishizm xilma-xil shaklda namoyon bo‘lib kelgan va u 
xozirgi barcha dinlarda ham uchraydi. 
Bunday fetish tosh, tayoq, daraxt, birorta narsa, moddiy buyumlar bo‘lishi 
mumkin. Bunday fetishlashtirilgan buyumlar keyinchalik tumor, sanam, but qabilar 
bo‘lgan, ular xozir ham uchrab turadi. Ibtidoiy odamlar mazkur buyum-fetishlar 
mo‘jizali, o‘zlarining hayotiga ta’sir qilish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonganlar, 
undan madad va yordam kutganlar. 
Shunday qilib fetishizmning mohiyati ibtidoiy odamlarning dahshatli tabiat 
kuchlari oldida ojizliklari natijasida xurofiy qo‘rqinch tuyg‘ulari asosida qandaydir 
g‘ayritabiiy kuchdan madad kutish, uning himoyasiga umid bog‘lashdan iborat 
diniy xis-tuyg‘udir, deb aytishimiz mumkin.
Ikona (xudo tasviriga), «muqaddas» daraxt va toshlar, aziz avliyolar 
ularning qabrlariga, har xil tumorlarga, ko‘zmunchoq va boshqalarga sig‘inish, 
ularni muqaddas deb bilish fetishizmning bizgacha yetib kelgan qoldig‘idir. 
Animizm. 
Animizm ham ibtidoiy din shakllaridan biridir. Animizm – 
lotincha «anima» so‘zidan olingan bo‘lib, jon, ruh degan ma’noni anglatadi. Bu 
nom ingliz etnografi E.Teylor tomonidan kiritilgan. Animizmning mohiyati kishi 
ruhining, jonining borligi va uning o‘lmasligiga ishonishdir. Animizmda ruhlar 
tabiiy xodislarni boshqaradi, unga ta’sir o‘tkazadi deb hisoblanadi. Bu ruhlar yo 
sahiy yoki kishilar baxtiga, hayotiga tahdid soluvchi bo‘lishi mumkin deb tasavvur 
qilingan. Ibtidoiy odamlar vafot etgan kishilarning ruhlari abadiy, o‘lmas deb 
hisoblab, ularga sig‘inganlar. Ular o‘z tanalari tuzilishini, kishi o‘lishi, tush 
ko‘rishi va jasadlari bilan bog‘liq xodisalarni tushuna olmay, jonni mavjud bir 
narsa deb bilib, kishi o‘lishi bilan jon tanani tark etib ketadi, boshqa narsalarga 
ya’ni hayvonlarga, yosh chaqaloq bolalarga o‘tadi deb tasavvur qilganlar. Uyquni 
jonning kishi tanasini vaqtincha tashlab ketishi, tushni esa kishi uxlab yotganda 
jonning boshqa o‘lib ketgan kishilarning joni bilan uchrashuvi deb bilganlar. 


49 
Animizmga e’tiqod qilganlar odam o‘lgandan so‘ng jon tanadan chiqib 
ketadi va o‘lmaydi, abadiy yashaydi deb hisoblaganlar. Shu asosda ruhning 
o‘lmasligi to‘g‘risidagi tasavvurlar yuzaga kelgan. Shu bilan birga ibtidoiy 
odamlar har bir narsaning o‘z ruhi-joni bor deb tasavvur qilgan. 
Qadim Turkistonda marhumning jonini, ruhini «arvoh» deb atashgan. Arvoh 
esa uzoqqa ketmay shu joyda aylanib yuradi, uydagi barcha ishlardan xabardor 
bo‘lib turadi deb o‘ylaganlar. Arvohlarni rozi qilish, g‘azabini keltirmaslik 
maqsadida har xil qurbonlik marosimlarini o‘tkazganlar. 
O‘tgan ajdodlar arvohiga sajda qilish, ularni xotirlash, tabiat va tabiat 
kuchlariga sig‘inish natijasida muqaddas joylar, avliyolarning qabrlari vujudga 
kelgan.

Download 1,74 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish