O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

5.
 
Uzoq sharq dinlari: daosizm, konfutsiylik, sintoizm 
10
Qarang. Jo‘raev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. «Shar
q
», Toshkent-1998, 44-bet. 
11
O‘zbek milliy ensiklopediyasi. Toshkent –2002. 3-jild, 530-bet. 


63 
Daosizm
qadimgi xitoy falsafasidagi yo‘nalishlardan biri. Er.av. VI-V asrlarda 
vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi. Uning g‘oyalari «Dao de szin» 
kitobida bayon etilgan. Daosizmga ko‘ra tabiat va inson hayoti «ilohiy samoviy 
qonun» ga bog‘liq emas, balki narsalarning tabiiy yo‘li, qonuni – «dao» ga 
asoslanadi. «Dao» - «yo‘l» degan ma’noni bildiradi. 
Daosizm falsafiy ta’limoti asosida I-III asrlarda daosizm diniy ta’limoti vujudga 
kelgan. Bu dinga Chjan Dao – lin asos solgan. Daosizm dini urf-odatlari 
animizm va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Bu dinda uch xudo – Shan di, 
Lao-szi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu g‘oyalari ilgari suriladi. V asrdan 
Daosizm diniy ta’limoti, marosimlari rasmiylashib davlat dini bo‘lib qolgan. 
Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini takomillashtirish g‘oyasini 
targ‘ib qilib, dindorlarga uzoq umr ko‘rishning muayyan usullarini taklif 
qilganlar. Keyinchalik Daosizm Xitoyda o‘z mavqeini yo‘qotib o‘rnini boshqa 
dinlarga bo‘shatib bergan. Xozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil 
etadi. 
Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafiy ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi 
(
Konfutsiy
– er.av. 551-479) ning falsafiy ta’limoti ham yuzaga kelgan. 
Konfutsiyning fikricha, har bir inson jamiyatda o‘zining o‘rnini bilishi kerak. 
Ya’ni «podsho-podsholik qilishi, xizmatkor-xizmatkorlik, ota-otalik, o‘g‘il-
o‘g‘illik qilishi» zarur. Inson taqdirini «osmon» belgilaydi, odamlarning boy 
yoki kambag‘al, yaxshi yoki yomon kishilarga bo‘linishini o‘zgartirib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun kichik kattaga, pastda turuvchi yuqorida turuvchiga 
so‘zsiz itoat qilishi lozim. Konfutsiychilik qadimgi Xitoy dinlarida tabiatga, 
qahramonlarga, ajdodlar ruhiga, arvohiga sig‘inishni qabul qilgan. Bu dinda 
Osmon oliy xudo deb ta’riflanadi. Inson butun faoliyatini «Osmon» bilan 
kelishgan holda olib borishi zarur, deyiladi. Konfutsiy aytganidek, «o‘lim va 
tug‘ilish osmonning hukmi, boylik va farovonlik uning irodasiga bog‘liq». 
Yangi eraning III asriga kelib konfutsiychilik davlat dini deb e’lon qilinadi, 
imperator «Osmon o‘g‘li» va bosh kohin deb taniladi. Bu dinda diniy-axloqiy 
masalalarga, insonparvarlikka alohida ahamiyat berilgan. Ammo bularning 
hammasi imperator hokimiyatini, zodogonlar hukmronligini mustahkamlashga 
qaratilgan. Unda «osmon o‘g‘li – imperatorni ota-onadek hurmat qilish, unga 
itoat qilish oliy burch» deb aytiladi. Kishining hayot maqsadi amaldorga, 
podshohga xizmat qilishdir deb ko‘rsatiladi. 
Konfutsiychilik IX asrda buddizm, XI asrda daosizm ustidan to‘la g‘alaba 
qozondi.
12
 
12
Q
arang. O‘zbek milliy ensiklopediyasi. Toshkent – 2003. 5-jild,


64 

Download 1,74 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish