Xristianlikdagi oqim va yo‘nalishlar




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Xristianlikdagi oqim va yo‘nalishlar. 
Tarixdan ma’lumki milodiy 395 yilda qudratli Rim imperiyasi parchalanib – 
G‘arbiy (Rim) va Sharqiy (Vizantiya) qismlarga bo‘linib ketdi. 476 yilga kelib esa 
G‘arbiy Rim saltanati butunlay quladi. Natijada Rim cherkovi va uning 
16
Qarang. Falsafa qomusiy lug‘at. 444-bet.
17
Qarang. IJabborov, S.Jabborov. Jahon dinlari tarixi. 128-bet.


77 
boshlig‘ining nufuzi mislsiz oshib ketdi. Cherkov boshlig‘i Rim papasi deb atalib, 
cheksiz xuquqqa ega bo‘ldi. 
Sharqiy Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati kuchli bo‘lganligi sababli 
cherkov xokimiyatga bo‘ysundirilgandi. 1054 yilga kelib Rim va Konstantinapol 
cherkovlari o‘rtasida diniy ta’limotlarni talqin etish, yangi vujudga kelgan 
cherkovlarni nazorat qilish, daromadlarni taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan 
ixtilof keskinlashdi. Oqibatda Rim papasi Lev IX va Konstantinopol cherkov 
boshlig‘i Kirudariy bir-birlarini la’natladilar. Xristianlik ana shu sanadan boshlab 
ikkiga ajralib ketdi. Ulardan biri Rim papasiga bo‘ysunuvchi katolik (butun dunyo) 
cherkovi, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi Pravoslavie (chin 
e’tiqod) cherkovi degan nom oldi. Buni qisqa qilib Xristianlik G‘arbiy va Sharqiy 
cherkovlarga ajralib ketdi deb izohlasa bo‘ladi. 
Katolik – yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi «umumjahon», «umumiy», «asosiy» 
demakdir. 
Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Uning yagona 
jahon markazi – Vatikan davlatida joylashgan. Mazkur cherkovning bosh 
ruhoniysi, yepiskopi, birdan bir boshlig‘i – Rim papasi sanaladi. 
Rim papasiga Isoning yerdagi noibi, u din va axloq masalalarida mutloq gunohsiz, 
uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan ham yuqori turadi deb qaraladi. 
Katolik cherkovini papa va uning joylardagi kardinal (o‘rinbosar) lari 
boshqaradilar. Kardinallar yig‘ilishi Rim papasini saylaydilar. 
Katoliylik, xristian dinining asosiy aqida va marosimlarini e’tirof etadi. Jannat va 
do‘zox bilan birga oxirzamonda hisob-kitob mashxar kunini bor deb hisoblaydi. 
Muqaddas Ruh faqat Ota-Xudodan emas, balki O‘g‘il-Xudodan ham kelib chiqqan 
deb qaraydi. Ruhoniylarga uylanish – nikohni ta’qiqlaydi. Injilni faqat ruhoniylar 
sharhlashi mumkin deb hisoblaydi. Ruhoniylar odamlar bilan xudo o‘rtasida 
vositachi deb qaraladi. 
Katoliylik marosimiga ko‘ra chaqaloqni cho‘qintirayotganda suvga botirib 
olmaydilar, balki uning ustidan suv quyadilar. Cho‘qintirilgandan so‘ng 
suritiladigan xushbo‘y moy go‘daklikda emas, keyinchalik balog‘at yoshida 
suritilishi tayin etilgan. Diniy ibodat asosan lotin tilida olib borilishi, bu oqimga 
xos xususiyat sanaladi. 
Katolik cherkovi bid’atga va Papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish 
uchun XIII asrdan Inkvizatsiya (cherkov sudi, jazolash tashkiloti) ni tashkil qilgan. 
U yuz yillar mobaynida katolik mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatgan. Sud 
qilinuvchilarga nisbatan o‘ta shafqatsiz qiynoq usullari qo‘llanilgan. Aybdorlarga 
nisbatan jamoa oldida aytganlaridan voz kechish, jarima solish, qamash, tiriklayin 
o‘tda kuydirish kabi jazo choralari qo‘llanilgan. Buning misoli tariqasida fan 
namoyondalari Nikolay Kopernik, Galileo Galiley, Jardano Bruno, fransuz 


78 
xalqining milliy qahramoni Janna D’Ark va boshqalarning boshlariga solingan 
kulfat, qiynoq, dorga osish va tiriklayin o‘tda kuydirish kabi jazo choralarini 
qo‘llanilganligini eslash kifoya. 
Cherkov statistikasiga ko‘ra, xozir Yer yuzida katoliklar 900 milliondan ortiq. 
Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstraliya, Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida katoliylik hukmron diniy tashkilot sanaladi. Polsha, Chexiya, 
Slovakiya, Vengriya, Boltiq bo‘yi mamlakatlari va Kubada aholining ko‘pchiligi 
katoliylikka e’tiqod qiladilar. 
Provaslavie – ma’nosi chin e’tiqod demakdir. Provaslavie – oqimining 
katoliylikdan farqlaridan biri shuki, bu oqimda yagona diniy markaz, 
cherkovlarning yagona rahbari yo‘qligidir. Xozirgi vaqtda pravoslavieda 15 ta 
avtokafel (mustaqil) cherkov mavjud. Bular – Konstantinopol, Aleksandriya, 
Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Alban, Polyak, Chexiya, Amerika va 
boshqa cherkovlardir. 
Yuqorida qayd etilganidek Pravoslavie 1054 yilda Xristianlikning Sharqiy Rim 
imperiyasi o‘rnida rasmiylashgan va uning davlat dini bo‘lgan. 
Pravoslavie – olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan iborat 
yagona Xudo ekanligi, narigi dunyo, ajr to‘g‘risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob-
uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishga imkon beruvchi Iso 
Masihning xaloskorlik faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi. Bu 
oqimda 7 sirli marosim asosiy o‘rinni egallaydi. Bular cho‘qintirish, non va vino 
tortish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun 
moyi surtish, nikoh marosimlaridir. 
Provaslaviening katoliylikdan farqlari shundaki, muqaddas ruh faqat Ota – 
Xudodan kelib chiqqanligi, cherkov boshliqlari emas, balki cherkovning o‘zi 
gunohsizligi va aqidalarning o‘zgarmasligi e’tirof etiladi. Ruhoniylarning 
uylanishlari va nikohdan o‘tishlari majburiy qilib belgilangan. Provaslavieda 
bayramlar nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular – ulug‘, o‘rta va kichik bayramlarga 
bo‘linadi. Jumladan, Pasxa bayrami Xochga tortilgan Isoning mo‘jizaviy qayta 
tirilishi xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bahorgi tengkunliklarda nishonlanadi. 
Rajdestvo Xristovo – Iso Masixning tug‘ilish bayrami, katoliylikda har yili 25 
dekabrda, Pravoslavieda 7-yanvarda nishonlanadi va boshqalar. 
Xristianlikdagi uchinchi oqim – Protestanizm bo‘lib, norozilik bildruvchi, 
kelishmaslik degan ma’noni bildiradi. 
1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis 
knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda 2 –Shpeyer reyxetagi bu qarorni 
bekor qildi. Bunga qarshi Germaniyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi 


79 
norozilik – protest bildirdi. «Protestanizm» atamasi shu so‘zdan kelib chiqqan. 
Uning cherkovi esa protestanizm cherkovi deb yuritiladi. 
Protestanizm ham xudoning borligini, uning uch qiyofada namoyon bo‘liishini, 
jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zoh haqidagi umumxristian ta’limotini e’tirof 
etadi. Shu bilan birga protestanizm 3 ta yangi qoidani joriy etdi: 
1.
Shaxsiy e’tiqod bilan najot topish mumkinligi; 
2.
Dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi; 
3.
Injilning oliy nufuzi. 
Protestanizm katolik cherkovi gunohdan holi, Rim papasi birlamchi, degan 
ta’limotlarni rad etadi. 
Xristianlikning bu oqimida insonning xudoga va cherkovga munosabati 
soddalashtirilgan. But va sanamlarga sig‘inish yo‘k. Monaxlik va ruhoniylarning 
uylanmasligi qoralanadi. 
Protestanizm sirli marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqat cho‘qintirish 
hamda non va vino tortish marosimini qoldirdi. 
Protestantlar soni xozirgi davrda butun dunyoda 250 milliondan ortiq. Bu oqim 
Skandinaviya mamlakatlari, Germaniya, Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi 
Zellandiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda keng tarqalagan. 
Protestanizmdagi asosiy oqimlarga – babtizm, staroverlar, duxoborlar, molokonlar, 
mormonlar, adventistlar, Iegova shoxidlari va boshqalar kiradi. 
Baptizm – yunoncha so‘z bo‘lib, «suv bilan cho‘qintirish» degan ma’noni 
bildiradi. Bu ta’limot bo‘yicha bolalar yoshligida emas, balki voyaga yetganda, 
dinga nisbatan ongli bo‘lgandagina cho‘qintirilishi lozimligi uqdiriladi. 
Xristianlikda muqaddas hisoblanadigan avliyolar, monaxlik, ikona, but va 
boshqalar rad etiladi. 
Baptizm ruxoniylarning dindorlar bilan insonlar o‘rtasidagi vositachiligini rad 
etadi. Insonning yashashdan maqsadi, o‘zini narigi dunyoga tayyorlashdir deyiladi. 
Baptitstlar har hil yig‘inlarlarga, teatrlarga, xursandchilik maskanlariga 
bormaydilar. Begonalarga qarshi qurol ko‘tarmaydilar. Hatto armiyaga 
berganlarida ham qurolga qo‘l tegizmaydilar, boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar. 
Kamdan-kam xursand bo‘lib yuradilar, ko‘pincha xomush yuradilar. O‘z yaqinlari 
va dushmanlarini ham birdek sevishlari, hammani kechirishlari, yomonlikka 
qarshilik ko‘rsatmasliklari muttasil tashviqot qilinadi. Jahonda baptistlar soni 35 
milliondan ortiq. 1905 yilda jahon baptistlar ittifoqi tuzilgan, uning markazi 
AQShda. O‘zbekistonda baptistlarning ro‘yhatga olingan 14 jamoasi mavjud. 
Duxoborlar – ruhga e’tiqod qiluvchi xristianlar, ruh uchun kurashuvchilar – eski 
rus sektantchiligi yo‘nalishlaridan biri. Ular ruxoniylarni, monaxlikni, 
butxonalarni, provaslav qoida va marosimlarini, xoch va ikonalarga topinishni rad 


80 
etganlar. Iso Masih oddiy inson, xudoning o‘g‘li emas, ammo unda ilohiy aql 
mujassam bo‘lgan deyiladi. 
Adventistlar – lotincha so‘z bo‘lib, voqe bo‘lish ma’nosini bildiradi. Adventistlar 
jonning o‘lmasligini inkor etadilar. Jon tana bilan birga o‘ladi va Iso qayta tirilib 
kelgan kun yana tiriladi. Bu dunyo ana shunga tayyorgarlik ko‘rish uchun berilgan 
deydilar. Shanba kunini dam olish kuni deb biladilar. O‘z daromadlarining o‘ndan 
bir qismini cherkovga berish talab etiladi. Adventistlar Iso qayta tirilib kelib 
oxiratdan avval ming yil hukmronlik qiladi va bu kun yaqin deb ishonishadi. 
Staroverlar, staroobryadchestvo
 
(eski udumlar, eski diniy udum, marosim va urf-
odatlarga amal qiluvchilar) – Rus pravoslav cherkovining 17-asrning ikkinchi 
yarmida patriarx Nikon o‘tkazgan cherkov islohotini qabul qilishdan bosh tortgan 
diniy oqim vakillari. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish