O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

3.
 
Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari 
Qur’on, uning tuzilishi, jamlanishi va ahamiyati. 
Mustaqillik tufayli o‘tmish tarixga, xususan ma’naviy merosimiz Islom diniga va 
diniy kitoblarga munosabat o‘zgarib, ularga insoniyatni yuksak ma’naviylikka 
yo‘llovchi bebaho boylik sifatida qarash qaror topdi. 
Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan 4-ilohiy kitobdir. Qur’on so‘zining 
lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy 
muqaddas kitobi. Qur’onda o‘zidan oldin nozil bo‘lgan sahifalar, Tavrot, Zabur, 
Injil kabi barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida 
jamlanganiga ishorat bor. 
Ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha tariflaydilar: «Qur’on – Alloh taoloning 
Muhammad (sav) ga vahiy orqali nozil qilgan… ibodatda o‘qiladigan, ojiz 
qoldiruvchi kalomidir»
23
.
Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy 
ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning har bir kalomi so‘zma-so‘z nozil etilgan va Jabroil 
alayxissalom orqali Muhammad alayxissalomga yetkazilgan. 
Qur’onning nozil qilinishi muqaddas ramazon oyining 27-kuni kechasi boshlangan. 
Shu sababli bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi «Laylat 
ul Qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb 
ulug‘lanadi. 
Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida 
ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ‘ib qilish va Islom dinini 
o‘rnatishdir. 
Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi 
Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon 
23
Qarang. Islom ensiklopediya. 295-bet. 


98 
Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom 
etgan. Muhammad (sav) ning amrlariga muvofiq Qur’on har xil xajmdagi 30 pora 
(bo‘lak, qism); 114 suraga bo‘lindi. U 6236 oyatdan iborat. Qur’onning oxirgi 
oyati payg‘ambar vafotlaridan 18 kun avval nozil bo‘ldi. Qur’on har bir surasining 
o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning nomi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. 
Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. 
«Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar 
esa, sura – Qur’on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasi 
ekanligini ta’kidlaydilar. Boshqacha aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila 
o‘ralgandek, bir toifasiga sura deyiladi. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura Kavsar 
surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan 
iboratdir
24
.
Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – «Maka 
suralari» deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» deyiladi. 
86 sura 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 28 sura 1456 oyat Madinada 622-
632 yillarda nozil bo‘lgan
25
.  
Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib, yod olar edilar. 
Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga 
yozishni biladigan sahobalar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd 
ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b va boshqlar xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, 
katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib 
borganlar. 
Muhammad (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda 
turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. 
Payg‘ambar hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’onni 
jamlab kitob shakliga keltirmagan. 
Muhammad (sav) dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq (xalifa) qilib 
saylandi. Bu davrda dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar 
bo‘ldi. O‘sha janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. 
Shunda Umar Abu Bakrga qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar yetishi mumkin, 
shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni 
berdi. 
Abu Bakr bu ishni bajarishni payg‘ambarning eng yaqin sahobalaridan biri 
bo‘lmish Zayd ibn Sobitga topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtda mashaqqatli mehnat 
natijasida Qur’on jamlanib kiyik terisiga uning sahifalari yozib tugatildi. Jamlanib 
kitob xoliga keltirilgan Qur’on sahifalari Abu Bakrning uyida saqlandi. U kishi 
vafotidan so‘ng esa qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa xuzurida qoldi. 
24
Qarang. O‘sha yerda. 296-bet.
25
Qarang. A.Abduraxmonov. Saodatga eltuvchi bilim. 193-bet. 


99 
Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham 
musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni 
o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu xolatni ko‘rgan xalifa 
Usmon Xafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nus’ha 
ko‘chirishga buyruq berdi. 
Nus’halar tayyor bo‘lgandan so‘ng xalifalikning markaziy shaharlari Makka, 
Shom, Kufa, Basraga bittadan nus’haga Qur’on tilovatini yaxshi biladigan bittadan 
qori qo‘shib jo‘natdi. Hammaga faqat shu nus’hadan Qur’onni ko‘chirish va shu 
qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Halifa ko‘chirilgan sahifalardan yana 
birini odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirib Madinada 
qoldirdi. Usmon o‘ziga ko‘chirilgan nus’hadan bir dona qoldirdi. Keyinchalik 
nus’ha ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi bilan ko‘chirilgan har bir nus’haning ishonchli 
ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nus’ha Mus’habi Usmonga muvofiqdir, deb 
yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shu tariqa Qur’onning xarflarini yozish uslubi bir xilligi 
saqlab qolindi. 
Shunday qilib Qur’on tarixan uch marotaba jam qilingan. Birinchi marotaba 
Payg‘ambar zamonida; ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr davrida va nihoyat 
uchinchi marotaba xalifa Usmon vaqtida jamlangan. 
Qur’on tilovati vaqtida xalifa Usmon dushmanlari tomonidan o‘ldririldi. Shahid 
qilingan qoni Qur’oni karimga to‘kilgan. 
Ana shu Qur’onni Amir Temur Basradan Samarqandga keltirilgan. 1869 yilda 
Turkiston general-gubernatori fon Kaufman buyrug‘i bilan Petrburgga olib ketildi. 
1917 yildagi davlat to‘ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho‘rosi 
tashkilotining talabi bilan Qur’on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi va Ufa 
diniy nazorati qarorgohida 1924-yilgacha saqlandi. Shundan so‘ng Turkistondagi 
tarixiy muzeylar va qadimiy ososri atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaning 
talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan Usmon Qur’oni 1924 yil 
18-avgustda Toshkentga olib kelindi. Xozir esa Movoraunnahr musulmonlar 
idorasida saqlanmoqda. 
Qur’on jumlalalriga biron-bir o‘zgartirish, bironta harfini, hatto harflar belgisini – 
zeb-zabarini ham o‘zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan. 
Qur’on Islom dinining asosiy hujjati. Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy 
va birinchi manbaidir. U musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida 
yagona qo‘llanma, doimiy yo‘lboshchisi bo‘lib xizmat qilib keldi. Musulmon 
xuquqshunos (fiqhshunos)lari biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi 
bo‘lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O‘sha o‘zlari izlayotgan hukm 
haqida Qur’onda biror hukm bo‘lsa, uni darhol qabul qiladilar. O‘sha narsa 
Qur’onda bo‘lmagan taqdirdagina sunnat (xadis), ijmo’, qiyosga murojat qilishga 
o‘tadilar. 


100 
Qur’on ta’limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi 
ta’limotdir. Unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, 
payg‘ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islomning asoslari va 
boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur’ondagi axloqiy, xuquqiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy me’yorlar Islom dinining qonunlar majmuasi – shariatga asos 
qilib olingan. 
Qur’on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu 
kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, 
urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini 
qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mustaqillik yillari Qur’oni karimni 
mazmuni o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish