O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

2.
 
Masala bayoni. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar.
Islom dinida ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy 
hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim xaqliroq, degan muammo 
bo‘ldi. Xalifa Ali bilan ummaviylar o‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning 
ikkinchi yarmi boshlarida xorijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi 
ajralib chiqqan. Ali Muoviya tarafdorlari bilan oliy xokimiyatga vorislik 
masalasida muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga 
ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir 
qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. 
Ajralib chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-
barobar qarshi kurashganlar. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan 
Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini 
haqiqiy musulmon hisoblab, «dindan qaytgan» deb e’lon qilingan siyosiy va 
g‘oyaviy raqilarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar. 
Xorijiylik yo‘nalishi ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga 
bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo‘lsa ham) 
xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa 
vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl qilinadi. 
Xorijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. 
Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi 
turganlar. Diniy masalalarda islom «musaffoligi» tarafdori bo‘lib, shariat 
ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar
22
.  
Ummaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash 
olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Xorijiylarning qolganlari 
Shimoliy Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. Xozirgi davrda Xorijiylarning 
ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanzaniyada uchraydi. 
Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yo‘nalishlari amal qilib 
kelmoqda. “Ahli Sunna” degani Muhammad (A.S.) sunnatlarga ergashuvchilar va 
“Val Jamoa” so‘zi esa musulmonlarning ko‘pchiligi ortidan yuruvchilarni 
anglatadi. Demak “Ahli Sunna val Jamoa” – sunnatga va jamoaga 
21
Qarang. A.Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim 295-bet. 
22
Қаранг. З.Хусниддинов. Ислом: йўналишлар, мазҳаблар, оқимлар. «ЎМЭ», Тошкент-2000. 56-59 бетлар. 
Ислом энциклопедия 260-бет. 


95 
ergashuvchilardir. Sunniylik yo‘nalishida aqida borasida motrudiya yoki ash’ariya 
ta’limotiga, fiqhda esa to‘rt mazhab: Xanafiy, Molikiy, Shofiiy, Xanbaliy 
mazhablariga mansub bo‘lgan musulmonlardan tashkil topgan jamoa Sunniylik 
yo‘nalishini tashkil etadi. 
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va 
payg‘ambarimiz xadislari – «Sunna» ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. 
Sunniylik yo‘nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi. Bu nomda 
Paygambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik 
jamoasi ma’nolari aks etgan. 
Jahondagi ja’mi 1,6 milliarddan ko‘proq musulmonlarning 92,5 foizini sunniylik 
yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Shialik yo‘nalishi ya’ni ja’fariya mazhabidagi 
musulmonlar 7,5 foizdan iborat xalos. 
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt 
xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimiyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita 
hadis to‘plami (al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn 
Moja to‘plamlari)ni sahih (ishonchli)deb bilish, sunniylikdagi to‘rt diniy-xuquqiy 
mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, xanbaliylikdan biriga mansub 
bo‘lishdan iborat. 
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‘lib, unga ergashganlar jahondagi 
musulmonlarning 47 foizini tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Xanifa 
Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib 
chiqishi jihatdan forslardan. Abu Xanifa Shariat xuquqlarini tizimga solgan. 
Shariat qonunlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chiqarishda, xulosaga 
kelishda avvalo Qur’oni karim, so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – xadislarni, undan 
keyin ijmo’ni, oxirida qiyosni qo‘llagan. U mahalliy xuquq, me’yor, odatlarni 
shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom xuquqshunosligiga aql-idrok, 
mulohazkorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom A’zam yo‘li 
deb ham yuritiladi. 
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab molikiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu 
Abdulloh (713-795) dir. Islom xuquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga 
sazovor bo‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy oqimga ergashmagan, 
hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy 
tayinlanishlarga qarshi bo‘lgan. Molikiylik mazhabidagilar Qur’on va Xadis xuquq 
asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid xadislarnigina sahih 
deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan 
qoidalarnigina ijmo’ deb hisoblaydilar. Xozirda jahondagi musulmonlarning 17 
foizi molikiylik mazhabidadir. 
Sunniylikdagi uchinchi diniy-xuquqiy mazhab – shofi’iylik bo‘lib, uning asoschisi 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-820) dir. 


96 
Shofi’iylik Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofi’iylikka ko‘ra, 
sunna Qur’onni to‘ldiradi, xalos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish 
uchun asos bo‘lolmaydi. Ular ijmo’dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. 
Hozirda 27 foiz musulmonlar shofi’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar. 
Sunniylikdagi to‘rtinchi mazhab Xanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh 
Ahmad ibn Xanbal (780-855) dir. Bu mazhab xuquq tizimining o‘ta torligi, har 
qanday ko‘rinishdagi «yangilik»ka diniy masalalarda erkin fikr yuritishga 
qarshiligi, shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan 
ajralib turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va xadislarni erkin talqin etishdagi 
har qanday urinishlar qoralanadi. Xozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi 
Xanbaliya mazhabidadir. 
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan to‘rttala mazxab teng hisoblanadi. Bu 
mazhablar diniy xuquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida yengilroq 
yoki qattiqroq xukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Bizning yurtimizda azaldan fiqhda xanafiylik, aqidada esa motrudiylik 
ta’limotlariga amal qilib kelinadi. 
Islom dinidagi yo‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi’a – arabcha so‘z bo‘lib, 
ma’nosi «guruh», «tarafdor» demakdir. Shialikdagi «ja’fariya» mazhabi Islomdagi 
beshinchi diniy-xuquqiy mazhab sanaladi. 
Shialik aslida guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan 
bo‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barqarorlashgan. 
Istilohiy ma’noda shia – Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlarini barchadan ustun 
qo‘yish oqibatida musulmonlaridan ajralib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi. Ilk 
davrida sunniylikdan faqat rahbarlik masalasidagina farq qilgan shialik, bora-bora 
aqidaviy va fiqhiy masalalarida ham undan ajralib alohida yo‘nalishga aylandi.
Shialar sunniylar kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki 
uch xalifa davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. 
Ular yana Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat 
Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan xadislarnigina tan 
oladilar. Ular shunday xadislardan iborat to‘plam tuzganlar. Bu to‘plam umumiy 
nom bilan «Axbor» deb ataladi. 
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan 
boshqa xalifalarni, xususan dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmonni 
hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar. 
Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga 
e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – Allohning yagonaligi, taqdirga, 
payg‘ambarlarga, qiyomat-oxirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik 
ta’limoti bilan mos tushadi. 5- aqida Imomat esa (imomlar hokimiyatini e’tirof 
etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. 


97 
Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va xajga boradigan 
muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash 
bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va 
ziyorat qiladilar. 
Shialar oxirgi 12 – imom – Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, 
uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy 
oxirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan 
urushib, ularni yengib, qiyomat-qoyim bo‘lishdan avval yerda adolat o‘rnatadilar 
deb ishonadilar. Shialar Imom Xusaynga motam tutadilar. «Shaxsey-vaxsey» 
(«Shoh Xusayn, voh Xusayn») deb qichqirib, o‘zlariga ozor berib ko‘chalarga 
chiqadilar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish