115
deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida bilimlarga ega bo‘linadi.
Shuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor» ekani
haqidagi hadisni
muhaddislar rivoyat qilganlar.
Imom Abu Hanifa o‘zining «al-Fiqh al-akbar» asarida Alloh haqida shunday
degan: «U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas. Unga ham biror
narsa o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va
abadiy bor bo‘lur. Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish,
iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish, yasash va boshqa shu
mazmunga dalolat qiluvchi
sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan birgalikda doim bo‘lgan va abadiy
bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan emas».
Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning ismi va sifatlarini boshqa biror
maxluqotga o‘xshatish mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati
haqida bahs
qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar
kabi emas, balki u haqda bahs qilish bidoat hisoblanadi.
Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir
bo‘lagi. Chunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish
insonga
oxiratda jannatga tushishiga olib keladi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan
qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb bilinadi.
2.
Musulmon odam
farishtalarga
ham ishonishi lozim. Farishtani arab tilida malak,
ko‘pligi maloika deyiladi. Ularga ishonmagan musulmon hisoblanmaydi.
Qur’onda,
«(Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va
payg‘ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi»
(Baqara, 285) deyilganidan farishtalarga ishonish
imonning asoslaridan
hisoblanadi.
Farishtalar nurdan yaratilgan, nurning tezligi o‘ta kuchli bo‘lganidan ham
farishtalar ko‘zga ko‘rinmaydi. Farishtalarning sonini Allohdan boshqa hech kim
bilmaydi, ular Allohning buyrug‘idan chiqmay doimo uning aytganini bajaradigan
xos bandalar hisoblanadi. Ular Allohning barcha maxluqotlaridagi elchilar deyish
mumkin. Xudoning xuzuridan ishni olamga olib tushib, o‘shaning
tadbirini
qiladilar. Ularning jinsi yo‘q. Xohlagan qiyofaga kira oladilar.
116
Qur’on va sunnatda farishtalar muayyan vazifalari borligi haqida ham
ma’lumot berilgan. Masalan, tog‘larga, yomg‘irga, bulutga, quyoshga, oyga,
ekinga va hatto ona qornidagi bachadonga vakil qilingan farishtalar sinfi bor. Shu
bilan birga insonga vakil qilingan farishtalar odamning ishlarini yozib boradilar.
Oxirat ishlariga ham vakil qilingan farishtalar mavjud: o‘limga, qabrdagi savol-
javobga, jannatga, do‘zaxga va hokazo.
Farishtalardan 4 tasi: Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroil bosh hisoblanadi.
2.
Ilohiy kitoblarga
imon keltirish. Alloh tarafidan payg‘ambarlariga kitoblar
tushurilganiga imon keltirish.
Shu bilan birga bu kitoblarga umumy imon keltiriladi. Ammo ularning adadi
va ismlari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Muhammad payg‘ambarga (a.s.) Qur’on
nozil qilinganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitob tushurilgan. Ulardan
manbalarda zikr qilib o‘tilganlari quyidagilardir: Ibrohim payg‘ambarga
«Sahifalar», keyingisi «Tavrot» bo‘lib, u Muso payg‘ambarga, «Zabur» Dovud
payg‘ambarga berilgan. Iso payg‘ambarga esa «Injil», Muhammad payg‘ambarga
(a.s.) «Qur’on» nozil qilingan. Shuningdek, biror payg‘ambarga biror kitob nozil
qilinsa, u o‘zidan avvalgi shariatni o‘zgartirgan yoki
butunlay yangi qarashlarni
olib kelgan deb hisoblangan.
3.