4. Masala bayoni. Islom dini manbalarning tarbiyaviy ahamiyati.
Islom dinining manbalari «Qur’on» va «Hadis» larda «… ilohiyot, diniy masalalar
bilan birga o‘z davrining axloqiy va siyosiy an’analari, insonparvarligi, insonlarni
qovushtiruvchi, ular o‘rtasida ziddiyat, nizolarning oldini oluvchi, adolat
o‘rnatishga qaratilgan axloqiy fikrlar ham keng o‘rin olgan»
31
. Darhaqiqat Islom
dini ma’rifatparvarlik va yuksak axloqiylik g‘oyalarini ilgari surish bilan ajralib
turadi. «Qur’on» va «Hadis» larda ilgari surilgan axloqiy qarashlar inson
ma’naviy-axloqiy tarbiyasida eng ta’sirchan, eng baquvvat xalqa, usiz jamiyat,
xalq, inson ma’naviyatini tasavvur qilish mumkin emas. Aytish joizki «Qur’on»
ning har bir oyati, «Hadis»larning har bir naqli mo‘min-musulmonlarning axloq-
odob sifatlarini yoritishga, ularning o‘ziga xos go‘zal qirralarini ochib berishga va
shu ruhda tarbiya topishga yo‘naltirilgan. Ularda har bir insonni insonparvar,
vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi,
bunyodkor, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi. «Qur’oni
karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining
asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o‘z ichiga olgan. Sirasini
aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal
to‘plamidir. Qur’oni karim, hadislarni, shariat ko‘rsatmalarini o‘rganar ekanmiz,
ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan
30
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent, 2008. 39 b.
31
Hayrullaev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. Toshkent. FAN, 1994, 17-18-betlar.
107
birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko‘ramiz. Ayniqsa,
Islom harom va halol masalasiga musulmonlar e’tiborini qaratadi»
.
Islomda, xususan Qur’oni Karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat,
g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor
berilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra, oila yaratganning roziligini topish,
payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo‘l
bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz
oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy
aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Oila kichik bir jamiyatdir.
Oilaning tinchlik hotirjamligi va saodatini ta’minlash oiladagi har bir shaxsning
o‘z ma’suliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo‘ladi. Jamiyatning
kelajagi porloq, katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun , avvalo , uning ajralmas
negizi oilalarning ma’nan sog‘lomligi talab qilinadi. Bu esa quyidagi shartlarga
rioya qilinishiga bog‘liq :
Oilaning bir biriga munosib odamalrdan tashkil topishi;
Er –xotin orasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik;
Erkak kishi o‘zining oila ustuni ekani hamda rahbarlik mas’uliyatini his etishi va
bunga amal qilib yashashi;
Ayol kishining oila ichki holatlarga mas’ullligi;
Ota –ona farzandlarining rioyasini qilib, ularga adolatli bo‘lishlari;
Farzandlarning ota –onalarga yaxshilik qilishlari;
Ana shu shartlarga rioya qilinsa, oilada sog‘lom muhit vujudga kelib, tarbiya
topayotgan farzandlar odob –ahloqli, el –yurtga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib
voyaga yetadilar.
Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli
bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam
berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Hadislarda axloqiy kamolot haqida aytilgan ba’zi fikrlar buning yaqqol tasdig‘idir:
Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik
va omonatga hiyonat qilishdir;
Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang;
O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
-
Nafsu havoga berilib, yo‘ldan ozishdan;
-
Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishdan;
-
Ilmu ma’rifatga ega bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishdan;
Beshta narsadan oldin beshta narsani g‘animat biling;
32
Otamuratov S., Husanov S., Ramatov J. Ma’naviyat asoslari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.
Toshkent -2002. 94-bet.
108
O‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bo‘sh vaqtdan avval
bandlikni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan avval boylikni;
Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do‘zohga mahkumdir.
Sharqda, xususan, bizning milliy ma’naviyatimizda ota-onani behurmat qilish u
yoqda tursin, hatto yuziga tik qarash, gap qaytarish ham gunoh hisoblanadi. Bu
haqda biz uchun ibrat bo‘larli hadislar mavjud: «Kimki ota-onasining roziligini
olgan bo‘lsa, tangri uning umrini uzaytiradi»; «Otaga itoat qilish – tangriga itoat
qilishdir. Uning oldida gunoh qilish tangri oldida gunohkor bo‘lish bilan
barobardir»; «Ota-onalarning keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo‘lmaganda
boshqasini rozi qilib, jannatiy bo‘lib olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin va
yana xor bo‘lsin»;
Musulmon sharqda ayollarga hurmat va e’tibor ham muqaddas kitoblarda o‘z
ifodasini topgan. «Jannat onaning oyoq ostitadir» hadisi juda teran mazmunga ega
bo‘lib, ayol zoti jannat tushunchasidan ham yuqori qo‘yilgan.
Islom axloqiy qarashlarida har bir kishining o‘z mehnati, kasb-hunari bilan
yashashga ham qonun qilib qo‘yilgan. Payg‘ambarimiz: «Mehnat qilishdan
uyalmang, mehnat qilish – ibodat qilishga barobar», deydilar.
Qur’oni karim va xadislar odamzot aql-idrokini muhofaza qilishi bilan ham katta
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi odamzot bolasiga aroq, nasha, opiy
kabi zararli giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslikka undab turadi.
Payg‘ambarimiz hadislaridan birida, «Kayf qildiruvchi narsa – hamr. Har qanday
hamr haromdir», - degan ekan.
Islom xozirgi davrning global muommasiga aylanib borayotgan insonlarning
naslini sog‘lom saqlashga chorlaydi, zinokorlikka va u orqali spidga mubtalo
bo‘lishini qoralaydi. Zinokorlik katta gunohlardan biri ekanligini qayta-qayta
uqtiradi. Chunki bunday ko‘ngilsiz hatti-harakatlar inson farzandlari irsiyatida
jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lishi, hatto zurriyotni bahtiqaro qilishi mumkin.
Qur’oni karim va hadislarning tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-fanni egallash,
ma’rifatli bo‘lishga chaqirishida ham namoyon bo‘ladi. Beshikdan to qabrgacha
ilm izlash lozimligini qayd etilishining o‘zi katta tarbiyaviy axamiyatga ega.
Hadislardagi «Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa
mo‘minlarga ham o‘rgatishdir»; «Ilm ibodatdan afzaldir»; «Ilmu hunarni Xitoydan
bo‘lsa ham borib o‘rganinglar» kabi har bir kishini ma’rifatga chordlovchi
so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir.
Islom kishilarni faqat diniy bilimlarnigina emas, balki shu bilan birga dunyoviy
ilmlarni ham chuqur egallashga chaqirishi bilan ham ahamiyatlidir. Din
ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham,
bunisini ham egallamog‘i kerak. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod
qiladi.
109
Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom
Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy
hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo‘ldik.
Islom tomonidan asrlar davomida ishlab chiqilgan axloqiy-ma’rifiy qadriyatlar
yangilanish jarayoniga xizmat qilmoqda. Zero, bu qadriyatlar doimiy ravishda
odamlarda, jumladan yoshlarimizda yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlardan
xalos bo‘lishga chorlaydi. Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur va puxta egallash o‘z
navbatida kishilar, xalqlar, mamlakatlar hayotiga katta havf solayotgan islom
niqobidagi turli ekstremistik oqimlarga nisbatan mafkuraviy-ilmiy immunitet xosil
qilish, xalqaro terorizmga qarshi kurashishga yordam beradi.
Yurtboshimizning izchil sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda bu dolzarb masala
muvafaqqiyatli hal etilmoqda.
|