O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

6-mavzu. Islom ta’limoti
Ma’ruza rejasi: 
5.
Islom ilohiyoti va uning asosiy aqidalari 
6.
Kalom ilmi. 
7.
Moturidiylik va ash’ariylik. 
8.
Tasavvuf ta’limoti va fiqx ilmi 
Tayanch tushunchalar 
Ilohiyot, nubuvvat, kavniyot, sam’iyot

aqida, kalom, imon, Alloh, farishta, 
payg‘ambar, taqdir, qiyomat, jannat, do‘zax, moturidiylik, ash’ariylik,tasavvuf, 
tariqat. 
1.
 
Masala bayoni

Islom ilohiyoti va uning 
asosiy aqidalari. 
 
Aqida mavzusi to‘rt qismga bo‘linadi: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va 
sam’iyot.
 


114 
Ilohiyot iloh va unga oid masalalar haqida bahs yuritadi. Nubuvvatda vahiy, 
payg‘ambarlik va ularga tegishli masalalar haqida bahs yuritiladi. Kavniyotda esa, 
borliqdagi mavjudotlar – inson, farishta, jin va sababiyat qonunlari haqida bahs 
yuritiladi. Sam’iyot eshitish bilangina sobit bo‘ladigan aqidalar haqida bahs 
yuritadi. Bular asosan g‘ayb olamiga tegishli masalalar bo‘lgani uchun bu turni 
«g‘aybiyot» ham deyiladi. 
Islom besh asosga qurilgan. Ular: imon, namoz, zakot, ro‘za va haj. Bular 
islomning sharti – rukni hisoblanadi.
Imon so‘zi ishonmoq, tasdiqlamoq ma’nolarini bildirib, istilohda, kalimai 
shahodatni aytish, ya’ni «La ilaha illalohu Muhammadun Rasululloh» («Allohdan 
boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning rasuli»)ni til bilan aytish va dil bilan 
tasdiqlashdir. Buni chin dildan aytgan kishi musulmon hisoblanadi. 
Hadislarda imonning yetti sharti bor ekani qayd etilgan bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: 
1.
Allohning borligi va birligi
, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha 
ism va sifatlariga ishonish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha 
qaytariqlaridan tiyilish. 
Tarixda ulamolar Allohning borligi haqida alohida to‘xtalib, dalil 
keltirmaganlar. Zero u davrlarda Xudoning borligiga barcha ishongan (xudo yo‘q 
degan tasavvur bo‘lmagan). Ammo zamonamizga kelib Xudoning borligiga 
ishonmaydiganlar chiqqandan keyin olimlar bu mavzuni ham aqida kitoblariga 
kiritganlar va u aqidaning bosh mavzusiga aylangan. 
Aqida ilmida Allohning yagonaligi masalasi ham alohida ahamiyatga molik 
sifatida o‘rganiladi. Bu «tavhid» deyiladi. Tavhid lug‘atda biror narsaga birlik va 
yagonalikni nisbat berishdir. Istilohiy ma’noda Allohga shirk keltirishning turli 
ko‘rinishlaridan voz kechish, Allohning zotida, sifatida, ishlarida, ismlarida, 
hukmlarida ham sherigi yo‘q deb, e’tiqod qilishga aytiladi.
Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon 
keltirish lozim. Quronda 

Download 1,74 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish