O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Payg‘ambarlarga
imon keltirish. Islom dini ta’limotiga ko‘ra Alloh 
insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlarni yuborgan va bu 
payg‘ambarlarga imon keltirish vojib hisoblanadi. Ularning barchasiga birdek 
ishonish shart. Ulardan birini inkor qilish barchasini inkor qilish bilan barobar.
Alloh Odam (a.s.)dan boshlab. Muhammad payg‘ambar (a.s.)gacha bo‘lgan 
oraliqda payg‘ambarlar yuborgan. Ularning soni, hadis asosida 124 000 nafar 
deyiladi. Barchasining ismi Qur’onda kelmagan, faqat 25 nafar payg‘ambarning 
nomi zikr qilingan. 
Payg‘ambarlar ikki qismga bo‘linadi: nabiy va rasul. 
Nabiy va rasul orasidagi farq:


117 
1. Alloh kimga vahiy yuborib, o‘sha xabarni boshqalarga yetkazishni 
buyursa, o‘sha odam nabiy va rasuldir. Ammo xabarni boshqalarga yetkazishni 
tayinlamasa, nabiy hisoblanadi, rasul emas;
2. Rasul yangi shariatni olib keladi. Nabiy esa, yangi shariat bilan kelmaydi. 
Balki, o‘zi oldingi shariatga amal qiladi va boshqalarni shunga amal qilishga 
da’vat qiladi; 
3. Rasul umumiy bo‘lib, farishtalarga ham, insonga ham ishlatilgan. 
Umuman olganda payg‘ambarlar ham oddiy ison bo‘lib, ular boshqa insonlarni 
Allohning ko‘rsatmasiga amal qilishga chaqirish uchun kelganlar. Ular orasida 
rasullar 313 nafarni tashkil etadi.
Alloh Payg‘ambarlarni oddiy odamlardan tanlagan. Payg‘ambarlar o‘zlarida 
Allohning buyruq va qaytariqlarini aks ettirib, boshqa odamlarga namuna 
bo‘lganlar.
Payg‘ambarlarning oddiy kishilardan ajrab turadigan birgina sifatlari 
ma’siyat qilish, shahvatlarga berilish, muruvvatga zarar yetkazadigan va insonlik 
qadrini ketkazadigan narsalardan saqlanganliklaridir. Ular mo‘jiza ko‘rsatib, 
payg‘ambarliklarini tasdiqlaganlar. Payg‘ambarlarning mo‘jizalari turlicha 
bo‘lgan. Iso payg‘ambar kasal odamni davolagan, Muso payg‘ambar dengizni 
ikkiga bo‘lgan, Muhammad payg‘ambar (a.s.) suv solingan meshga qo‘llairini 
tiqqanlaridan keyin o‘sha idishdagi suvdan juda ko‘pchilik ichgani va boshqa 
mo‘jizalarini misol qilib keltirish mumkin. 
Payg‘ambarlarning ko‘rsatgani mo‘jiza bo‘lsa, avliyolarning ko‘rsatgani 
karomat bo‘ladi.
4.
Oxirat kuniga ishonish
ham imonning bir bo‘lagi hisoblanadi. Islom 
ta’limoti bo‘yicha bu dunyo sinov-imtihon maydoni hisoblanadi. Alloh bu dunyoni 
bir kun tugatadi va insonlar qilgan ishlariga javob beradilar. Alloh qiyomatda 
barcha yaratgan narsalarini jonini oladi va qayta tiriltiradi. Insonlar qilgan ishlariga 
javob beradilar. 


118 
Yaxshi ishlarni qilgan bo‘lsa mukofotini, yomon ishlar qilgan bo‘lsa jazosini 
oladilar va ularning qilgan barcha ishlari insonga ko‘rsatiladi. Ularning qilgan 
ishlari tarozuda tortiladi.
5.
Insonning boshiga tushadigan yaxshilik yoki yomonlik Alloh tarafidan 
bo‘lishiga – 
taqdirga imon keltirish
. Batafsil qilib aytganda, taqdir – insonga 
keladigan barcha yaxshilik va yomonlik, borliqdagi har bir hodisa va voqealar yoki 
oxiratda bo‘ladigan hamma ish Allohning taqdiri, ilmi, irodasi va beligilab 
qo‘ygani bo‘yicha sodir bo‘lishiga imon keltirish hisoblanadi. Xursandchilik va 
xafalik, hayot va o‘lim, boylik va kambag‘allik, kasallik va sog‘lomlik va boshqa 
barchasi Allohdan deb bilishdir. Taqdir masalasini Allohdan boshqa hech kim 
bilmaydi, hatto payg‘ambarlar ham va farishtalar ham bu sirdan voqif emas. 
Qadar masalasida chuqur ketib bahs qilish xato deb bilinadi. Alloh 
qiyomatgacha nima bo‘lishini biladi. Agar ularni bilmasa, Uning komil sifati 
nuqsonli bo‘lib qoladi. Mazkur ilohiy ilm «qazoi-qadar» deb ataladi. 
Qazo – Allohning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan 
bilishi. Qadar esa, o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda 
vujudga kelishiga aytiladi. 
6.
O‘lgandan keyin 
qayta tirilishga ishonish
ham imon shartlaridan biridir. 
Qiyomat kuni bo‘lganda, barcha insonlar qayta tirilib, mahshargohga yig‘iladilar. 
U kunda yaxshi ishlarning mukofoti (jannat), yomon ishlarning jazosi (do‘zax) 
beriladi. Barcha ishlar Xudoning huzurida ko‘riladi. Banda amallari hisob-kitob 
qilinadi. Har bir kishining qilgan ishlari kitobi – nomai a’moli o‘qiladi. Yaxshi 
amallar va yomon ishlar hammasi o‘lchanadi.
Qiyomat tik turish ma’nosini bildiradi. O‘sha kunda hamma qabridan tik 
turib tirilishiga shu nom berilgan. Qiyomat – hisob kuni, oxirat kuni, mahshar kuni 
kabi bir qancha nomlar bilan ham yuritiladi. Qiyomatning qachon bo‘lishini 
Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Hatto payg‘ambar va farishtalar ham. Faqat 
uning alomlatlari bildirilgan. 
Islom ta’limotiga ko‘ra qiyomatda insonlar savol-javobdan o‘tadigan joy – 
mahsharga yig‘iladilar. Mahsharda savol-javobdan keyin insonlarga do‘zax 


119 
ustidagi sirot nomli ko‘prikdan o‘tishlari aytiladi. Qiyomatdan o‘tgan inson jannat 
(bog‘, bo‘ston) yoki do‘zaxdagi joyiga boradi. Alloh jannatni ham, do‘zaxni ham 
yaratib qo‘ygan. Ular inson yetib boradigan so‘ngi manzil hisoblanadi. 
Diniy aqida bo‘yicha, jannat imon keltirgan, taqvodor, yaxshi insonlar uchun 
tayyorlab qo‘yilgan. Ular u yerda rohat va farog‘atda yashaydilar. Qiyinchilik, 
kasal, qarilik va o‘lim yo‘q. Istagan narslari muhayyo bo‘ladi. Bularning barchasi 
bu dunyoda qilib o‘tgan amallari tufayli beriladi. U yerdagi narsalar tugamaydi, 
insonlarga man qilib qo‘yilmaydi. Jannatdagi eng oliy ne’mat, bu Allohning 
diydorini ko‘rishlik hisoblanadi. 
Do‘zax esa, jannatning aksi kofir, munofiq va gunohkor – diniy talablarni 
bajarmaganlar uchun tayyorlab qo‘yilgan va ularga turli azob-uqubat beriladigan 
jazolash joyi. U yerda azob uchun olov, qaynab turgan buloq bo‘ladi. Yeydigan va 
ichadigan narsalari ham ularni azoblash uchun bo‘ladi. Do‘zax ham abadiy 
qoluvchi hisoblanadi. Ulardagi azoblar yengillatilmas va vaqtinchalik bo‘lmaydi. 
U bir necha tabaqa chuqurlikdan iborat, gunohlari darajasiga qarab jazolanadilar.
Jannatdagi rohatlar va do‘zaxdagi uqubatlar ham jasad va ham ruh uchun 
bo‘ladi. Qiyomat, jannat va do‘zaxning vasfi haqida Qur’onning ko‘p oyatlarida 
ma’lumotlar berilgan.

Download 1,74 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish