• To‘rtinchisi
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Birinchisi
    – Qur’oni karim. Faqih islomda biror 
    narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat 
    qiladi. Unda faqih bilmoqchi bo‘lgan narsa haqida nima hukm bo‘lsa, hech 
    ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
    Ikkinchisi
    – Payg‘ambarimizning sunnatlari 
    bo‘lib, hal etmoqchi, hukmi aniqlanmoqchi bo‘lgan narsa haqidagi hadislar 
    nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarur hisoblanadi. 
    Uchinchisi
    – ijmo’ 
    sanalib, Qur’on va hadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan, hukmi bo‘lmagan 
    xuquqiy masalalarni hal etishda diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish 
    darajasiga yetgan ulamolarning – mujtahidlarning to‘planishib o‘sha huquqiy 
    masalada Qur’on va sunnatga asoslangan holda yagona fikrga kelib azmu qaror 
    33
    Qarang. Zuxriddin Husnitdinov. Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. «UzME» davlat ilmiy nashriyoti. 
    Toshkent – 2000. 10-bet. 


    133 
    qilishlari, hukm chiqarishlari ya’ni fatvo berishlaridir. Bu borada 
    payg‘ambarimizning quyidagi hadislari asos bo‘ladi: «Hazrati Ali Rasulullohdan 
    «Qur’oni karim va hadisi sharifda hukmi bo‘lmagan biron ish sodir bo‘lsa nima 
    qilamiz?» – deb so‘raganlarida Rasululloh aytdilar: «Mo‘minlardan bo‘lgan 
    olimlarni to‘palab, o‘zaro maslahat qilinglar, bunday ishda bir kishining fikri bilan 
    hukm chiqarmanglar»
    34
    .
    To‘rtinchisi
    – Qiyos. Qiyos arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi taqqoslash demakdir. 
    Qiyos – Qur’on va hadisda biror xuquqiy masalaga aniq javob topilmaganda, 
    hukmi bo‘lmasa Qur’on va hadisda shu masalaga o‘xshash bo‘lgan ko‘rsatma, 
    yo‘l-yo‘riqqa qiyoslash yo‘li bilan hukm chiqarilishi, izohlanishi. Masalan, 
    aroqning shayton ishi ekanligi, urush – janjal, adovat chiqarishga sababchi 
    bo‘lganligi uchun Qur’oni karimda man etilgan, harom qilingan oyat bor. Aroqdan 
    boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida hech narsa aytilmagan. Lekin mujtahid 
    ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham aroq kabi salbiy natijalar 
    bo‘lishini hisobga olib, unga (aroqqa) qiyos qilganlar va boshqa mast qiluvchi, 
    kayf beruvchi narsalarni ham harom deb hukm chiqarganlar. 
    Fiqh – Qur’on va sunnaga asoslanadi. Shariat esa Qur’on, sunna bilan birga ijmo’ 
    va qiyosga ham asoslanadi. Ana shu tarzda Islomda fiqhiy xulosalar ishlab 
    chiqarish uslublari shakllana va takomillasha bordi. Ijmo’ va qiyos qilish asosida 
    10-asrlarga kelib kishilar hayot tarzini tartibga solib turuvchi islom 
    xuquqshunosligi – fiqh ilmi mustaqil van sifatida uzil-kesil tarkib topdi. Fiqh 
    (xuquq) shunoslik fani mo‘min musulmonlar hayot tarzini tartibga solib turuvchi 
    me’yorlarni ikkiga bo‘ladi. 1. Musulmonlarning Alloh 
    bilan munosabatini belgilovchi ibodat me’yorlari; 2. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro 
    munosabat, shuningdek musulmon hokimiyati (davlat)ning o‘z fuqarolari, boshqa 
    dinlar va davlatlar bilan munosabatini belgilovchi me’yorlar. Faqih ulamolari 
    asosiy kuch g‘ayratlarini me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga 
    qaratganlar. 
    Sunniylikda fiqhiy masalalarda hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik 
    mazhablari mavjud. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish