Islom xuquqshunosligi – shariatning mohiyati




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

 Islom xuquqshunosligi – shariatning mohiyati.
Shariat musulmonchilikda 
qonunchilik ma’nosida ishlatiladi. Shariat avvalo Alloh joriy qilgan amaliy 
hukmlar majmuasini o‘z ichiga oladi, ana shu ma’noda Shariat fiqh ma’nosida 
tushuniladi. Kundalik hayotimizda shariat deganda mo‘min musulmonlarning 
hatti-harakatlarini tartibga solib turuvchi amaliy me’yorlar majmuasini 
tushunamiz. Shariat hukmlari Qur’on, sunnat, ijmo’ va qiyosdan olinadi. Shariat 
XI-XII asrlarda tugal shakllanib bo‘lgan. 
34
Qarang. O‘sha kitob. 11-bet.


134 
Shariatning maqsadlari dinni, jonni, aqlni, naslni, molni va boshqalarni asrash va 
muhofaza qilishga qaratilgan. Shariat hukmlari zaruriy, hojatlik va yaxshilash 
qismlarga bo‘linadi. Din va dunyo uchun zarur bo‘lgan maqsadlar zaruriy 
maqsadlar deyilib, ular yo‘q bo‘lsa, ularga amal qilinmasa dunyoning ishlari 
buziladi va oxiratda azobga qolinadi. Shariatning hojatlik hukmlari, kishilarga 
osonlik tug‘dirishga qaratilgan. Bunga musofir va bemorlarga diniy ibodatlarni 
bajarishda yengillik berish, chunonchi namozni qasr qilib o‘qish, ro‘zani o‘z 
vaqtida tutmaslik yoki ochib yuborishga berilgan ruhsatlar va boshqa shar’iy 
hukmlar kiradi. Shariatning yaxshilash hukmlari jamiyatda kishilarning bir-biriga 
mehr-muruvvat ko‘rsatishi, yaxshi odat va odobli bo‘lishi, ozodalik, pokizalik, 
yeb-ichish odoblari va boshqalar haqidagi shar’iy hukmlar kiradi. 
Shunday qilib shariatda davlat xuquqi me’yorlari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo, 
oila-nikoh xuquqlari, sud yuritish, vasiylik ko‘rsatmalari, tahorat, namoz, dafn, 
zakot, ro‘za, haj, kiyinish, ovqatlanish kabi inson hayoti va xatti-harakatining 
barcha qirralari shar’iy hukmlar orqali belgilab qo‘yilgan va mo‘minlardan ularga 
og‘ishmay amal qilishlari talab etiladi. 
Xozirda musulmon dunyosida to‘rtta fiqhiy mazhab mavjud. Bular Xanafiy, 
Molikiy, Shof’iy va Xanbaliy fiqhlaridir. Mazkur mazhab fiqhlari islomning 
asoslarini, mohiyatini tushunishda birdir. Ba’zi ikkinchi darajali masalalarni 
tushunishda ular o‘rtasida har xillik mavjud. Masalan, Imom A’zam – ya’ni 
Xanafiylik mazhabida musulmon kishi hoh katta, hoh kichik gunoh ish qilib qo‘ysa 
gunohkor bo‘ladi, lekin kofir bo‘lib qolmaydi deyiladi. 
Ammo, boshqa mazhablarning ulamolari, buning aksi o‘laroq musulmon odam 
gunoh ish qilib qo‘ysa, imondan chiqib, kofir bo‘ladi, deydilar. 
Ayolning jamiyatdagi o‘rni va turmushga chiqishi masalalarini hal etishda ham 
shunday har xillikni ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, Molikiylikda ayol faqat 
uning xomiy yoki vasiysi roziligi va ishtirokida turmush qurishi mumkin deb 
qaraydi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra esa xomiy faqat voyaga yetmagan bokira qiz 
uchun zarur. Voyaga yetgach esa, u o‘z xohishiga qarshi turmushga chiqishni rad 
etishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, molikiylik mazhabida ota yoki otaning otasi 
(buvasi) ga o‘z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa 
uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan. Xanafiy mazhabi 
esa bunday holatga yo‘l bermagan va boshqalar. 
Shariatda namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot, haj va boshqalar haqida batafsil 
ko‘rsatmalar berilgan. Unda mo‘minlarning barcha hatti-harakatlari ikki turga – 
halol va haromga ajratilgan. Bular farz – bajarilishi majburiy hisoblangan hatti-
harakatlardir; yana sunnat – mandub – bajarilishi majburiy emas, lekin ma’qul, 
lozim hisoblangan amallar; muboh – ixtiyoriy amal va me’yorlar; makruh – 


135 
noma’lum amal va me’yorlar; harom – shariatda hech qanday shak shubhasiz, 
ochiq-oydin ravishda man qilingan, taqiqlangan narsa, amal va me’yorlardir. 
Shariatga muvofiq Alloh tomonidan ruhsat etilgan yemishlar va amallar halol 
deyiladi. 
Haloldan uzoqroq, haromga yaqinroq narsalarni, ovqatlarni va amallarni makruh 
deyiladi. 
Bu o‘rinda halol va harom qilingan narsa va amallarni bilib qo‘yish hammamiz 
uchun foydalidir. Shariatda suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva, 
poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan hayvonlar go‘shtlari kabi taomlar, 
ruhsat berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar va boshqalar halol deb 
ko‘rsatilgan. Ushbu narsalarga ega bo‘lish ishonchli, shariatda ruhsat berilgan yo‘l 
bilan bo‘lishi kerak. Halol narsaga halol yo‘l bilan ega bo‘lish lozim. Halol 
mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat tufayli qo‘lga 
kiritilgan mulk halol bo‘ladi. Musulmon odam uchun halol narsani talab qilish, 
halol yo‘l bilan molu-mulk topish shariat bo‘yicha farz qilib belgilangan. Shariatda 
halol hisoblangan narsani harom deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. 
Harom – shariat bo‘yicha man qilingan va ta’qiqlangan narsa va amallardir. Bular 
– cho‘chqa, qon, o‘laksa (harom o‘lgan hayvon), Allohdan o‘zgaga atab qurbonlik 
uchun so‘yilgan hayvon go‘shti, it, eshak, vahshiy hayvonlar, qarg‘a, yirtqich 
qushlarning go‘shti, mast qiluvchi ichimlik va giyohlar, zinokorlik, ota-onaga oq 
bo‘lish, sudho‘rlik, o‘g‘rilik, qotillik, poraxo‘rlik, g‘iybat, tuxmat, bo‘xton, 
josuslik, chaqimchilik, yolg‘onchilik, birovning haqi va omonatiga hiyonat qilish, 
savdoda g‘irromlik, tarozi va o‘lchovdan urish, sehru-jodu, sog‘ bo‘laturib mehnat 
qilmaslik va boshqalar shar’an harom hisoblanadi. Haromning turlari ko‘p. Ba’zi 
zarur hollarda harom narsalar vaqtincha halol sifatida qabul qilinadi. Bunga 
shariatda izn beriladi. Masalan, hayotni saqlab qolish uchun yegulik bo‘lmagan 
vaqtda va bemorga dorilik, shifo beruvchilik uchun xarom qilingan narsalardan 
foydalanishga ruhsat beriladi. Chunki, tanamiz, jonimiz Allohnikidir. Uning 
omonatini saqlashga majburmiz. 
Shu bilan birga halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan harom yo‘l bilan 
ega bo‘lsa, ular ham haromga aylanib qoladi. Masalan, zulm, o‘g‘rilik, 
aldamchilik, poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok, halol 
bo‘lsa ham, uni topuvchiga haromdir. Musulmon odam uchun haromdan hazar 
qilish farzdir. Shariatda bir luqma harom taom yegan odamning necha kunlab 
duosi va ibodati qabul bo‘lmasligi ta’kidlangan. Musulmon inson harom yo‘l bilan 
molu dunyo topishdan, xuddi cho‘chqaning go‘shtini yeyishdan hazar qilgandek, 
hazar qilishi kerak. Harom yo‘l bilan molu dunyo topgan odam ikki dunyoda 
sharmanda bo‘ladi. Bunday kishilar yorug‘ dunyoda azob-uqubat, turli ofatlarga 
yo‘liqib, u dunyoda jahannam azobiga duchor bo‘ladi. Shariatda harom 


136 
hisoblangan narsani halol deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. Mast qiluvchi 
ichimlik va giyohlarning hammasi islom shariatida harom qilingan. Bulardan 
tashqari erkaklarga tilla narsa taqish, ayollarga erkakcha kiyinish, xozirda avj olib 
borayotgan kindikni, avrat joylarni ochib yurish ham harom amallardan 
hisoblanadi. Foydalanishi harom etilgan va iste’mol qilgan kishiga faqat zarar 
beradigan o‘simliklarni – nasha, ko‘knori, tamaki va boshqalarni ekish, parvarish 
qilish ham shariatda harom hisoblanadi. Musulmon kishi g‘ayridindagi kishilarga 
sotish niyatida xarom narsani ekishi va undan moddiy foyda ko‘rishi ham harom 
hisoblanadi va boshqalar
35

Xullas, Bahouddin Naqshband aytganlaridek, insondagi yaxshi fe’llar va amallar 
halol luqmondandir. Hammamiz shunga amal qilishimiz hayotimiz mazmuni bo‘lib 
qolishi islom shariati talabidir. 
Shu o‘rinda islom xuquqshunosligida musulmonlarning san’atga munosabati 
qanday bo‘lganligini bilib olish ham muhimdir. Avvalo shuni qayd etish joizki, 
islom dini musulmon mamlakatlari san’ati rivojida o‘z izini qoldirdi. Ayniqsa, 
me’morchilik sohasida yangi imorat turlari-masjid, minora, xonaqoh, madrasa va 
boshqalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Ammo islom dini paydo 
bo‘lgan davrida avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida 
Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu asosda Islomning 
yirik xuquqshunoslari ham tasviriy san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga 
qo‘shganlar. Bu shariatda ham o‘z ifodasini topgan. Bundan ular amaliy san’at 
turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o‘simliklar suratini istisno 
qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning 
taqiqlanishiga asosiy sabab-payg‘ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib 
yoki hakallarini yasab, ularga sig‘inib ketish xavfini oldini olish bo‘lgan. 15-asrga 
kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar mutafakkirlar musulmonlar qalbida 
Allohga bo‘lgan imon va e’tiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo 
moyillik qolmaganini e’tiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruhsat 
berishlikni lozim topganlar. Bu esa Xirot va Buxoro miniatyura maktablarining 
yuzaga kelishi va rivojiga olib kelgan. Endilikda ulamolarning bergan fatvolariga 
binoan, musulmonlarga faxsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam, 
tasviridan boshqa tasviriy san’at turlari taqiqlanmaydi. 
Shunday qilib shariatni – barcha mo‘min-musulmonlar to‘la rioya qilishi lozim 
bo‘lgan qonunchilik desak bo‘ladi. 
Shariat Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng to‘rt halifa davrida, ummaviylar, 
abbosiylar va usmoniylar davlatlari vaqtida ham davlatning qonuni bo‘lib kelgan. 
Vaqt o‘tishi va dunyo xalqlari hayotida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar 
35
Қаранг. Ислом: энциклопедия. 306-308-309-бетлар. 


137 
natijasida musulmonlar shariat xukmlaridan uzoqlashib borganlar. 20 asrning 
boshlariga kelib Shariatga amal qilish ba’zi Islom davlatlarida rasman bekor 
qilingan. Xozirga kelib bir qator musulmon davlatlari jumladan Arabiston davlati 
shariatga amal qilgan holda o‘z siyosatini yurgizayotganini ko‘rishimiz mumkin. 
Shu bilan birga boshqa islom davlatlarida faqat oilaviy – nikoh, taloq, nafaqa, 
meros kabi masalalarda shariatga to‘liq yoki qisman amal qilinib kelinayotir. 
O‘zbekiston xududida ham qadimda barcha musulmon o‘lkalari bilan bir qatorda 
shariat tatbiq qilingan. Bolsheviklarning 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishidan so‘ng 
yurtimizda shariat umuman man qilingan. 
Mustaqillik tufayli fuqarolarimiz namoz, ro‘za, haj kabi shar’iy amallarni erkin 
bajarish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom xuquqshunosligi – shariatning mohiyati

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish