• 2-masala bayoni. Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari
  • Gumata –  yaxshi, ezgu fikr,  Gugta




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Gumata
    – 
    yaxshi, ezgu fikr, 
    Gugta
    – yaxshi, ezgu so‘z, 
    Gvarshta
    – yaxshi, ezgu ishda 
    ifodalanadi.
    «Avesto» da tozalik, poklikka alohida eotibor qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, 
    iflos ko‘zada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan 
    xonada yuvinish, poklanish qoralangan. 
    Zardo‘shtiylikda naslning pokligi, tozaligiga ham alohida eotibor berilgan, qattiq 
    nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-uka, opa-singilning quda-anda bo‘lishi 
    qoralangan. «Avesto» da Navro‘z – Yangi kun, Yangi yilning boshlanishi, 
    tabiatning uyg‘onishi, hayotning boshlanishi, deb tasvirlanadi.
    Ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda Zardo‘shtiylik dini va taolimotiga 
    eotiqod qiluvchilar asosan Xindiston va Eronda mavjud. Chunonchi Eronning 
    Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 ming, Xindistonning Maxarashtra va 
    Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil etadi.
    18
     
    2-masala 
    bayoni. 
    Musulmon 
    Renessansi 
    –Sharq 
    uyg‘onish 
    davri 
    ma’naviyatining xususiyatlari 
     
    O‘rta Osiyo tarixiy voqealarga g‘oyat boy o‘lka bo‘lishi bilan birga azaldan ilm –
    fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka 
    dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab 
    jahonmushul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat 
    ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, 
    uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyo madaniy 
    merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. 
    Birinchi prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” 
    kitobida ta’kidlaganidek: “Bu tabarruk zamindan ne –ne buyuk zotlar, olimu 
    ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani , umumbashariy sivilizatsiya 
    va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, 
    ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichda 
    ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning 
    xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi
    39
    ”. 
    Mustaqillik tufayli o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘ldik, ona zaminimiz 
    ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish bizning muqaddas vazifamizdir.
    IX –XV asrlarni Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda “Renesssans” 
    (uyg‘onish) davri deb ataladi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab –yashnashi 
    bu davr uchun harakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari,ajoyib shoirlar, 
    buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda 
    18
    Қаранг. Ўзбек миллий энциклопедияси. 3-жилд, 683-бет. 
    39
    Ислом Каримов “Юксак маънавият –енгилмас куч” Т – “ Маънавият” 2008 -30 бет 


    150 
    taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etadi. Bu jarayon, ayniqsa, halifa 
    Ma’mun davrida (813 -833). Bag‘dodda “Bayt –ul hikma”(donolar uyi) tashkil 
    etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va taboati, hind hisobi, al –himiya va ilmi 
    nujumga asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan 
    mutafakkirlar al –Xorizmiy, al –Farg‘oniy, al –Farobiy, Ibn Sino, al –Beruniy, kabi 
    mutafakkirlar ham katta rol o‘ynaydilar. 
    Renessans –uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyati –
    e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga 
    murojaat qilish, bamisoli uning “qayta uyg‘onishi” (nomi ham shundan) ni 
    anglatadi. Uyg‘onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz 
    imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql –idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi. 
    Sharq va G‘arb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat 
    qilish, uni “ qayta tirilish” , tabiiy fanlar rivoji, fanda unversallik (qomusiylik)ni 
    gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
    Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

    Madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;

    yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 

    Astronomiya, matematika, minerologiya, jo‘g‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy 
    fanlar rivoji; 

    Uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 

    Insoniy do‘stlik,yuksak ahloqiylikning targ‘ibot etilishi ; 

    Falsafaning keng darajada rivoj topishi;

    Adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi; 

    Bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi; 
    Bu davrga kelib, avvalo O‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va 
    madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy 
    markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, 
    Imom al –Buxoriy, Imom Iso at – Termiziy, Hakim at –Termiziy kabi O‘rta 
    Osiyolik olimlar va ulamolarning dong‘i yetti iqlimga tarqalgan edi. O‘rta 
    Osiyoning qadimiy, ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro, Xiva , Samarqand kabi 
    shaharlari qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo‘lib kelganligi 
    bilan ajralib turadi. 
    O‘rta Osiyo tabiiiy –ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk alloma Ahmad al 
    –Farg‘oniy va Muso Muhammad al –Xorazmiylarning nomi bilan bog‘liqdir. 
    Ularning har ikkisi ham Bag‘doddagi “Bayt ul –hukma” ning yetakchi ilm 
    sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda Ahmad al –Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi 
    yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakiyotshunos 
    olim. Uning asosiy asarlari “Astronomiya va astrolyabiyaga kirish”, “ Falakdan 
    bo‘ladigan sabablar” , “Astrolyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va 


    151 
    yulduzlar ilmi” va boshqalar sanaladi. Ahmad al –Farg‘oniyning “Astronomiya 
    asoslari “ kitobi o‘sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi 
    bo‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon 
    qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‘p asrlar davomida 
    Yevropada astronomiya bo‘yicha qo‘llanma, darslik, sifatida hizmat qilib kelgan. “ 
    Yevropada Al – Fraganus nomi bilan mashxur bo‘lgan bu allomaning ilm fan 
    rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki,uning ismi sharifi yer kurrasidagina emas, 
    balki samoda xam shuxrat topdi. O‘n oltinchi asrda oydagi kraterlardan biriga 
    uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi”
    40

    Muhammad Muso al –Xorazmiy (780 -850) Sharqning buyuk mutafakkiri 
    qomusiy olimidir.Uning ilmi hujum, geodeziya ju’g‘rofiya, ayniqsa, riyoziyot 
    sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind,lotin, yunon,fors tilllarini bilgan . 
    Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarnig muallifidir. Bulardan eng mashhuri 
    aljabr faniga oid “Kitob al jabr va al –muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda 
    yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. U tenglamalarni 
    yechishming ikki usulini – al jabr, ya’ni qarama – qarshi ishoralarni yagon amusbat 
    ishorga keltitish va al –muqobala, ya’ni bir xil xadlarni qarama - qarshi qo‘yishni 
    kashf etadi. 
    Xorazmiy “Sind hind” , “ Ziji Xorazmiy “ Astrologiya bo‘yicha risola” , “Quyosh 
    saoti haqida risola” , Yerning shakli haqida kitob”, “Trigometrik jadvallar”, 
    “Musiqa bo‘yicha xulosa”, “Tarix haqida” va boshq asarlarning muallifi. Uning 
    buyuk hizmatlaridan biri Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning 
    o‘nlik tizimi bilan tanishtirdi. Uchi Yevropada “Algaritmus” deb yuritganlar. 
    Algoritm esa uning lotinlashtirilgan nomidir. 
    Sharq falsafiy, ijtimoiy, ahloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiy (873 950 
    )siz tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli” , “Ikkinchi muallim” degan unvonga 
    sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng 
    mashxur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko‘p tillarni 
    bilgan qomusiy olim. U yaratgan narsalarni umumiy soni 160 ta bo‘lib, uni 20ta 
    guruhga ajratish mumkin : 
    a)
    Qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari –Aristotel, Platon, Yevklid, 
    Galen va boshqalarning ilmiy meroslarini tarjima qilish, sharxlash, targ‘ib qilish va 
    o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 
    b)
    O‘rta asr fanining tabiiiy, ijtimoiy –falsafiy sohalariga oid risolalar;
    Jumladan, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh” , “Aristotelning 
    “Etika” kitobiga sharx” , “Sunstansiya haqida so‘z” , “Masalalar manbai” , 
    “Qonunlar haqida kitob”, “Bo‘shliq haqida kitob” , “Musiqa haqida so‘z” , “Fozil 
    40
    Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -42 bet


    152 
    shahar aholisining qarashlari” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Farobiyning 
    fikricha, insonning va jamoatning g‘alabaga erishuvchi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, 
    ahloqiy va aqliy mukammallikka ko‘tarilishi inson va jamoatning o‘z qo‘lidadir. 
    U davlatni fozil va johil davlatlarga bo‘ladi. Fazilatli shaharlarda ilm, falsafa, 
    ahloq -ma’rifat birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat 
    yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‘i bilimni, haqiqatni sevuvchi, 
    yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxwi ko‘ruvchi va adolat 
    uchun kurashuvchi bo‘lishi kerakdeb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun 
    hizmat qilgan, hayr –ehsonli ishlar, go‘zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb 
    hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi 
    yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb –hunarga ega bo‘lmaslik kabi 
    nuqsonlarni yomonlik, deb kishilarni undan ogohlantiradi.
    Farobiy hayotining oliy maqsadi baxt –saodatga erishuvdan iborat, kishilar 
    bunga olamni o‘rganish, kasb –hunar va ilmlarni o‘zlashtirish –ma’rifatli bo‘lish 
    orqali erishadi deb qaraydi.
    Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973 1048) jahon fani tarixida 
    eng mashxur siymolar qatoridan joy olgan, o‘z davridagi deyarli hamma fanlarga 
    katta hissa qo‘shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va 
    faylasufdir. U o‘z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng 
    mashhurlari “ Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” , “Ma’sud qonuni” , 
    “Hindiston” , “ Geoddziya” , “ Mineralogiya” , “Saydana” va boshqalardir. Garchi 
    Beruniy falsafiy –ahloqiy masalalarga oid maxsus asar yozmagan bo‘lsada, ammo 
    ko‘pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
    Beruniy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak 
    qadrlaydi. Ularni eng insoniy ahloqiy sifat deb maqtab, amalda o‘zi ko‘rsatdi. Bir 
    necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind –sanskrit tilini 
    o‘rganib, bu tilga Evklidning “Elementlar” , Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini 
    tarjma qildi va hind olimlarini yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O‘zi esa 
    hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va ahloqini o‘rgandi. Bu haqda Beruniyning 
    o‘zi shunday deb yozadi: “ O‘zimni …. Ularning munajjimlari huzurida , ustoz 
    huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim…..So‘ng hisob ilmining 
    haqiqiy yo‘llarini ularga ravshanlantiradigan bo‘ldim…. Ularning kattalari meni 
    o‘z tillari bilan “ Daryo” deb maqtar edilar”.
    Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi 
    yaxshilik va qoralanuvchi –yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo‘lib, 
    ularning tayanchi poklik va to‘g‘rilik deb ko‘rsatadi. 
    Beruniy o‘z davrining eng ko‘zga ko‘ringan ilm –fan homiysi edi. U mamlakat 
    ravnaqini fan, ma’rifat rivojida ko‘rgan. Ilm –fan , ma’rifat sahovatlihizmatni 
    o‘tashi deb hisobladi. U shunday yozadi: “Mening butun fikri –yodim, qalbim –


    153 
    bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan 
    bahramand bo‘ldim. Buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman”.
    Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag‘allar haqida 
    g‘amxorlik qilishdani iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do‘st, inoq, ittifoq 
    bo‘lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga 
    qirg‘in kelturuvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm –
    ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir. Beruniy o‘rta asr 
    sharoitida haqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy 
    tafakkurni boshlab beruvchilardandir , haqli ravishda “Amerikalik fan tarixchisi 
    Sarton XI asrning “Beruniy asri” deb ta’riflaydi”
    41
    .
    Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa, Sharq va yevropada “Shayx –ur
    rais olimlar boshlig‘i” unvoniga ega bo‘lgan alloma Abu Ali ibn Sino (980 -
    1037)ning ilmiy merosi biz uchun bebaho hazinadir. U o‘z umri davomida 450 dan 
    ortiq asarlar yaratgan. Uning” Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar 
    davomida Sharq va Yevropada meditsina bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat 
    qilib kelmoqda. “ Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida 
    Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri 
    sifatida o‘qitib kelindi”
    42

    Ibn Sino yoshligida zo‘r mehnat, izlanish, g‘ayrat bilan ilmlarni o‘rganishga 
    kirishgan. U bu haqda shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o‘ngimdagi 
    masalalarni ko‘rardim. Shu holatda ko‘p masalalar tushimda menga ayyon 
    bo‘lardi… shu zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallay oldim. Insonning 
    imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “ 
    Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o‘qidim”. U menga hatto yod bo‘lib ham 
    qoldi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, men uning maqsadlarini tushuna 
    olmasdim” , -deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning 
    Aristotel “Metafizika” siga yozgan sharhini o‘qib hal etadi.
    Ibn Sino umrining ko‘p qismini sarsonlikda o‘tkazishga qaramay –
    matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmokologiya, psixologiya, 
    filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning 
    asarlaridan 100 tachasi bizgacha yetib kelgan, xolos. Ularning qatoriga o‘rta asr 
    ilmining barcha muhim sohalarini o‘z ichiga olgan , xususan –mantiq, fizika, 
    matematika, metafizikani to‘liq qamrab olgan “Kitob ash –shifo” , 20 tomdan 
    iborat “ Kitob ul –insof “ , “Donishnoma” , “Lisonut –tayr(Qushlar tili)” , 
    “Solomon va Ibsol” , “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o‘zining falsafiy – 
    ahloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning 
    talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni 
    41
    Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -42 bet
    42
    Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -43 bet


    154 
    inson hatti –harakatining eng yaxshi bezagi deb ko‘rsatadi. Uning fikricha, yaxshili 
    donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo‘lga kiritiladi. Bilim , ma’rifat 
    inson hayotining ajralmas tomonidir. U shunday yozadi: 
    Jon agar bir shish bo‘lsa, ilm huddi lampadir,
    Hikmati insonni bilgil, ul chirog‘da lampayog‘. 
    Ibn Sino”Solomon va Ibsol” qissasisa rostgo‘ylik, sadoqat, pok muhabbat, 
    irodaning makr ustidan g‘alabasini tasvirlaydi. 
    Mutafakkir kishilarni do‘stlik va haqiqatga, do‘stlikning qadriga yetishga 
    chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi. 
    Shunday qilib ,Ibn Sino O‘rta asr Sharq va Yevropa madaniyati va ma’rifati 
    taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.
    IX –XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko‘zga ko‘ringan 
    shoiri Yusuf Xos Xojib ham katta o‘rin tutadi. Yusuf Xos Xojib o‘zining yagona 
    dostoni bo‘lmish “Qutadg‘u bilig” (“Baxtga elutuvchi bilim”) bilan mashhurdir. 
    Bu asar 1069 yilda yozilgan bo‘lib, uni shoir Qashqar hokimi Sulaymon Arslon 
    Qoraxonga bag‘ishlangan. Shu asari uchun unga Xos Xojib, ya’ni buyuk xonning 
    maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahromonlari –hokim Kuntug‘di 
    adolat ramzi, vazir Oyto‘ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o‘g‘li O‘gdulmish aql 
    ramzi sifatida tasvirlanadi. 
    Mutaffakir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali 
    mehnatda chinakam kamolga yetadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Insonga foyda 
    keltirmaydigan inson –o‘likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli –dehqonlar, 
    chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi, deb uqtiradi. Shuning 
    uchun, Yusuf Xos Xojib hokimga adolatli bo‘lish, o‘zboshimchalik va 
    qonunsizlikka yo‘l qo‘ymaslikni maslahat beradi. 
    Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inson bo‘lishi lozim, chunki 
    dunyoda faqat insoniylikkina abadul –abad qoladi. Shu sababli o‘z nomini hamisha 
    yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday 
    yozadi: “Kimning odobi yaxshi va ahloqi to‘g‘ri bo‘lsa, u kishi maqsadiga yetadi 
    va baxt unga kulib boqadi” , chunki “ yaxshi ahloq jamiki yaxshiliklarning 
    zaminidir”
    Yusuf Xos Xojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab –
    yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashga da’vat etadi. U kishini 
    zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alaga 
    o‘xshatadi. Shoir kishilarni so‘zlaganda o‘ylab gapirishga chaqiradi. So‘zingga
    ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin. Tilinga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. Ma’nodor 
    so‘z donolik alomatidir. Shu boisdan odam ko‘proq quloq solib, kam gapirishi 
    kerak, deb aytadi. 


    155 
    Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy 
    dunyosiga mos bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg‘onchi, munofiq 
    kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo‘lish kerak, deydi. 
    Shunday qilib, XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Xojib “ Qutadg‘u 
    bilig” asarida ma’rifatparvarlik, yuksak ahloqiylik g‘oyalarini ilgari suradi. Bu 
    asar katta ma’naviy –ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyat ega. 
    Biz o‘rganayotgan davrda ahloqiy –didaktik mavzuda asar yaratgan va shuxrat 
    qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi 
    yarmida yashab ijod qilgan. Undan bizgacha “ Hibbatul –haqoyiq” dostoni yetib 
    kelgan. U o‘z dostonida dunyoning bevafoligi, o‘tkinchiligi haqida gapirib : dunyo 
    go‘yo karvon faqat ozgina fursat to‘xtab o‘tiladigan rabot (karvonsaroy). Shu 
    sababli, deb ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat –farog‘atga intilish befoyda, uni deb 
    azob –uqubat chekishga arzimaydi, chunki “ sen bugun ko‘rib turgan boylik ertaga 
    g‘oyib bo‘ladi, sen o‘zimizniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi. 
    Shuning uchun faqat yashilik urug‘ini sepish uchungina yashash kerak deb 
    uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni yetuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan 
    bilimni ajratib bo‘lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkinligini 
    ta’kidlaydi: 
    Olim odam –qimmatbaho dinordir, 
    Nodon, johil odam –qimmatsiz soxta puldir. 
    Uning fikricha, inson olim bo‘lgandan keyingina ulug‘lik darajasiga ko‘tariladi va 
    yaxshi nom qoldiradi. Bilimsiz kishi sog‘lom bo‘lsa ham, u o‘likdir deb ko‘rsatadi. 
    Bilim inson uchun bitmas – tuganmas mulkdir, deb t’kidlaydi. Shoir ahloq –
    odobdagi asosiy narsa tildir. Til baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir, deb 
    uqtiradi. Shu bilan birga, olim halollik va haqgo‘ylik, saxiylik inson uchun fazilat, 
    unga intilish kerak deya, xasislik va badfe’llikni qoralaydi. Kamsuqumlik va 
    kamtarinlik insonni ulug‘laydi, deb ko‘rsatadi. 
    Kishilarga faqat yaxshi kishilardan do‘st orttirishni maslahat beradi.Faqat 
    yaxshi ishlar kutibgina yaxshi natijalar kutish mumkin, chunki “….. tikan ekib, 
    hosiliga uzum olmaysan” , deb aytadi. 
    Yuqoridagilardan ko‘rinib turubdiki, IX –XII asrlar davomida Markaziy 
    Osiyoda ilm, fan va ma’rifat yuqori darajada rivojlangan. Ularning zaminida avlod, 
    ajdodlarimizning yuksak darajadagi ma’naviyatga ega ekanligi turadi. Chunki 
    ma’naviy qashshoq inson hech qachon ilm , fan, ma’rifat va madaniyatni 
    rivojlantira olmaydi. Uning ulkan salohiyatidan bahra ola olmaydi. 
    Buyuk avlod ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar jahon 
    sivilizatsiyasining yutug‘i sifatida barcha xalqlarga xizmat qilib kelmoqda. Bu o‘z 
    navbatida har bir o‘zbek farzandida g‘urur uyg‘otadi ba bu ma’naviy boyliklarni 
    chuqur o‘zlashtirishga intilishini kuchaytirib boraveradi.


    156 
    Uyg‘onish davrida islom madaniyati o‘zining yuksak taraqqiyotiga erishdi. Islom 
    Arabistonda vujudga kelgan bo‘lsa ham, islom ilm fani Movarounnahrda ravnaq 
    topdi. Bu diyor allomalari o‘z durdona asarlari bilan o‘rta asrlarda Qur’on tafsiri, 
    hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), kalom (islom 
    falsafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar. 
    Qur’onni tafsir qiluvchilarning aksariyati “ Imom al –Moturudiy, Imom Abu Lays 
    as –Samarqandiy, Imom az Zamahshariy, Imom an –Nasafiy” ushbu diyor vakillari 
    edi. 
    Xadislar to‘plami sunna deb nom olgan bo‘lib, islom dunyosida eng nufuzli deb 
    e’tirof etilgan oltita ishonchli hadislar to‘polami mualliflarining aksariyati O‘rta 
    Osiyolikdir. Ular ichida buyuk muhaddis Imom al –Buxoriyning “Sahihi Buxoriy “ 
    to‘plami eng mo‘tabar hisoblanadi. “ Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish 
    eng ishonchli hadislar to‘plami – “ Al - jome’ as –sahih” kitobi islom dinida 
    Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga 
    ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi”
    43
    .  
    Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72 –
    sessiyasidagi ma’ruzasida Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin 
    nomoyondalari, ularning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi 
    haqida so‘z yuritib Imom Buxoriy faoliyatiga alohida urg‘u berdi. “ Al –Jomi’ as –
    Sahih asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 
    7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat”
    44
    .  
    Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi –shariat rivoj topgan bo‘lib, bu sohada 
    ham Movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa Burhoniddin al 
    –Marg‘inoniyning “Al – hidoya” asari islom olamida mashxur bo‘ldi. 
    “Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” –
    “To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida 
    eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani albatta 
    bejiz emas”
    45

    Musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta’limot –tasavvuf jamiyat ma’naviy 
    hayotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘rta Osiyoda Yassaviya, 
    Kubraviya va Naqshbandiya tasavvuf tariqatlari shakllanib, keng tarqaldi. 
    Bahouddin Naqshbandning “Diling ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan 
    hayotbahsh hikmati islom dinining ma’no mohiyatini yorqin ifodalab beradi.
     
    43
    Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -38 bet
    44
    Sh.M. Mirziyoev. BMT Bosh Assambleyasining 72 –sessiyasidagi nutqi 2017 yil 19 sentabr
    45
    Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -40 bet


    157 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish