• Daraxtlar.
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Qora mol. 
    Qadimgi Avesto matnlarida muqaddas ho‘kiz timsoli tasvirlanib, uning 
    tanasidan har xil boshoqli ekinlar va shifobaxsh giyohlar, urug‘idan esa foydali 
    jonivorlarning barcha turlari tarqalganligi haqida so‘z yuritiladi. G‘arbiy 
    Turkmaniston hududlarida qadimgi zamonlarda yasalgan qora mol haykalchalari 
    uchraydi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlarida bronza va ilk temir davrlarida 
    qoyatoshlarga bitilgan ho‘kiz tasvirlari saqlanib qolgan. 
    Qushlar. 
    Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan o‘g‘iz-
    g‘uzlar yoki turkiy o‘g‘izlar yomonliklardan asrovchi bobolar timsolini qushlarda 
    ko‘rishgan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga 
    baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzod hisoblanib, ularni otish qat’iyan 
    man etilgan. 
    Turklarda suv qushlari koinotning turli qismlari – osmon, yer va suv orasidagi 
    vositachi hisoblangan. Qarg‘alidan topilgan shaman ayolning bosh kiyimini g‘oz 
    va oqqush patlari bezab turgan. Qirg‘izistonda So‘n-ko‘l atrofidagi qoyatoshlarga 
    o‘yib ishlangan suvda suzuvchi qushlar (balkim g‘ozlar) galasi tasviri tushirilgan. 
    Qozoq va qirg‘iz xalqlari asotirlarida muqaddas Umay qush qiyofasida 
    tasvirlanadi.
    O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimdan shu paytgacha ukki, boyo‘g‘li, 
    burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonadilar. Shu sababli kichik 
    yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini 
    qushlar pati bilan bezaydilar. O‘rta Osiyo o‘troq xalqlari orasida qirg‘ovul, tovus, 
    xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan. 
     Daraxtlar. 
    Mahalliy anoanaviy arxitekturadagi gunbaz, qubba, ark kabi o‘z-o‘zini 
    ushlab turuvchi inshootlarning keng tarqalishiga O‘rta Osiyoda daraxtlarning 


    145 
    kamchilligi sabab bo‘lgan. Archa, chinor daraxtlari qadimdan muqaddas deb sanab 
    kelingan. Ba’zan har bir g‘ayri tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan daraxtga sajda qilish 
    hollari uchraydi. 
    Archa va chinor daraxtlari juda qadimdan muqaddas kuchga ega ob’ekt sifatida 
    e’zozlangan. Ana shu daraxtlar islom davrida avliyolar mazoriga aylangan. Ularga 
    qizlar o‘z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga alam bog‘lab, armonlarining 
    ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda 
    chinor daraxti g‘oyat eozozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin 
    sifatida yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar. 
    Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Etti aka-uka» 
    chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt metrli 
    kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Buruchmulla 
    qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyoratga keluvchilarning keti 
    uzilmaydi. 
    Anor daraxtining ramzi baraka, hosildorlikni ifoda etadi. Qadimgi sopol 
    buyumlarda Anaxita ma’budasi ko‘pincha anor mevasi timsolida tasvirlangan. VI-
    VIII asrlarda yaratilgan Afrosiyob naqshlarida ana shu daraxt tasvirlari ko‘plab 
    uchraydi. O‘rta Osiyoning janubiy qismidagi ayrim qishloqlar ahli anor bolaning 
    tug‘ilishida ko‘mak beradi deb hisoblaydi. Popopchi chevar ayollar anor daraxti 
    tasvirini matoga to‘qish jarayonida uning baraka va mo‘l hosil ramzi ekanligini 
    ifoda etmoqchi bo‘ladilar. 
    Na’matakni qadrlash keyingi yillarda Tojikistonning bir qancha tumanlarida qayd 
    qilindi: yangi yil arafasida uy egasi naomatakning bir bog‘ini shipga osib qo‘yadi. 
    Bu orqali ular naomatak kelasi yil don ekinlaridan mo‘l-ko‘l hosil olish imkonini 
    beradi, deb ishonadilar. Shunday qilib, jonivorlar va o‘simliklarga sajda qilishning 
    ildizi ming yilliklarga borib taqaladi. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish