diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish- ning ustuvor




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish- ning ustuvor 
yo‘nalishlari belgilandi.

Ular quyidagilar, “jaholatga qarshi ma’rifat”
ulug‘vor g‘oya asosida 
dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar 
azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-
ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;
55
Mirziyoev Sh.M. - 
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
 
 


171 

islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy 
madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini 
shakllantirish;

dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot 
g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning 
xabardorlik darajasini oshirish;

jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan 
toqatsizlik muhitini shakllantirish;
jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, 
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha 
vakillarining
 
daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;

diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, 
soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini 
kuchaytirish;

globallashuv 
sharoitida 
jamiyatimizdagi 
ijtimoiy-ma’naviy 
muhit 
barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni 
barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni 
kuchaytirish;

diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini 
oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish, maqsad yetib qo‘yildi. 
Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy 
asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ 
vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik 
sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash 
hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga 
yetkazish maqsadida 
2017-yil 8-noyabr kuni Samarqand shaxrida Imom Buxoriy 
ilmiy markazida Xadisshunoslik va Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi 
maktablari ochildi. 10 – noyabr kuni Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi huzurida 
Baxouddin Naqshband tasavvuf ilimiy maktabi va Qashqadaryo viloyatida “Abu 
Mu’in an –Nasafiy” nomidagi aqida ilmi maktabi ochildi. 
13 –noyabr kuni Farg‘onada Islom huquqi maktabi tashkil etildi. Xulosa qilib 
aytganda, ushbu maktablarni tashkil etilishidan maqsad kelgusida chuqur bilimli 
imom –hatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, 
farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod 
ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib hizmat qiladi.


172 

Download 1,74 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish- ning ustuvor

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish