Mustaqillik: dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning o‘zgarishi




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

 
Mustaqillik: dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning o‘zgarishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat 
tubdan o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyatini va ahamiyatini teran anglab 
yetmoq uchun sobiq Sho‘ro davrida dinga va diniy qadriyatlarga nisbatan bo‘lgan 
salbiy munosabatni bilish bizni o‘ylash va fikr yuritishga, mustaqillikning qadrini 
anglashga yo‘llaydi. 
Sobiq Sho‘ro davrida «Din xalq uchun afyundir», «Din ma’naviy og‘uning bir 
turidir» degan g‘oya asosida dinga ateistik yondoshuv shakllangan edi. Bu esa 
amalda fuqarolarning vijdon erkinligini kamsitish, diniy qadriyatlarga nisbatan 
ma’lum ma’noda salbiy munosabatning shakllanishiga olib kelgan edi. 
Kommunistik mafkuraning yalovbardorlari deyarli 70 yil mobaynida daxriylikka 
asoslangan jamiyatni qurishga harakat qildilar. Oqibatda halqimizning ma’naviy
boyligi bo‘lgan diniy ruhdagi kitoblar xalq ko‘zidan yashirildi, ko‘plari yo‘qotildi. 


185 
Din ravnaqi yo‘lida zahmat chekkan al-Buxoriy, at-Termiziy, Baxouddin 
Naqshband, Motrudiy, Zamaxshariy kabi o‘nlab buyuk bobokolonlarimiz yaratgan 
islom madaniyati reaksion madaniyat deb qoralandi. 
Diniy-ma’muriy obidalar, ulug‘ allomalar mangu uyquga ketgan maqbaralar 
qarovsiz, tashlandiq holga kelib qoldi. Bunga istagancha misol topiladi. 
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston fuqarolari uchun tom ma’nodagi vijdon erkinligi 
ta’minlandi. 
Milliy va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi va tiklanmoqda. Jumladan Ramazon 
va Qurbon xayitlari har yili ommaviy ravishda, emin-erkin bayram sifatida 
nishonlanib kelinmoqda. 
Diniy-ma’rifiy soxada Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, 
Baxouddin 
Naqshband, 
Burxoniddin 
Marg‘inoniy 
kabi 
ulug‘ 
mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi. 
Mustaqillik tufayli respublikamiz fuqarolari Haj safariga borish, muqaddas 
qadamjohlarni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Agar o‘tmishda sobiq Sho‘ro 
bo‘yicha har yili 25-30 kishi hajga borgan bo‘lsa, 1991 yilda O‘zbekistondan 1500 
kishi, 2003 yilda 3800 nafar kishi Haj ibodatini bajarish imkoniga ega bo‘ldi. 
Mustaqillikning o‘tgan o‘n uch yili davomida ja’mi 48000 dan ortiq yurtimiz 
fuqarolari Haj va Umra kabi diniy farzini ado qilish imkoniga ega bo‘ldilar
59

Mustaqillik yillari diniy tashkilotlarning ham soni ortdi. Agar XX asrning 90 
yillarida respublikamizda 119 ta diniy tashkilot mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2003 yilga 
kelib ularning soni 2091 taga yetdi. Mustaqilligimizga qadar bor yo‘g‘i 2 ta diniy 
o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, xozirda ularning soni 16 taga yetdi. Imom 
al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutini 1975-1990 yillar orasida 153 kishi, 
Mir Arab madrasasini 1950-1990 yillarda 272 kishi bitirgan bo‘lsa, 1991-2003 
yillar orasida ularni 4732 kishi bitirib chiqdi. Bu imomlarning diniy ma’lumot 
darajasi keskin oshganligini ko‘rsatadi. Mustaqillik yillari o‘rta maxsus diniy 
ma’lumotga ega bo‘lgan imomlar ulushi 2,6 foizdan 47 foizga, oliy diniy 
ma’lumotga ega bo‘lganlarning ulushi 1,6 dan 23 foizga o‘sdi. 
O‘tgan yillar davomida xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan noyob manbalarni 
tizimli o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Ularning natijasi o‘laroq Imom Buxoriyning 
xadislar to‘plami 4 jildda, Burxoniddin Marg‘inoniyning «Al-Hidoya»si, Imom at-
Termiziyning «Sunan at-Termiziy» asarlari o‘zbek tilida ilk bor nashr etildi. 
Muqaddas Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi 2 marotaba nashr etildi. 
Buyuk diniy ulamo va mutafakkirlarning yubileylari muntazam o‘tkazilib 
kelinmoqda, maqbaralari ta’mirlanib xalqimizning ziyoratgohiga aylantirilmoqda. 
Chunonchi 1993 yilda Baxouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi; 1995 yilda 
59
Qarang. Jo‘raev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. 13-bet. 


186 
Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi; 1998 yilda Imom Buxoriyning 1225 
yillik; 2000 yilda Imom Motrudiyning 1130 yilligi va Burxoniddin 
Marg‘inoniyning 910 yilligi; 2001 yilda «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi; 
2003 yilda Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileylari nishonlangan bo‘lsa, 
2004 yilda Xoja Axror Valiy tavalludining 600 yilliklari nishonlanadi. Mana 
shularning hammasi mustaqillik yillari O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din, diniy 
tashkilotlar va dindorlarga nisbatan davlat siyosatida tub o‘zgarishlar bo‘lganligini 
isbotlovchi dalillardir. 
Mustaqillik yillari dinning jamiyatdagi mavqei tiklandi, barcha diniy 
uyushmalarga, mazhab va jamoalarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat 
imkoniyati yaratildi. 
O‘zbekiston ko‘pmillatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Yurtimizda 130 dan ortiq 
millat va elat vakillari yashab, ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar. Bunday 
sharoitda 
diniy 
bag‘rikenglik 
mamlakatimizda 
qurilayotgan 
demokratik 
jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolayotganligi tabiiy xoldir. 
«Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir 
zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib 
yashashini anglatadi»
60

Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon 
yashab kelgan. Tariximizning eng murakkab, og‘ir damlarida ham ular o‘rtasida 
diniy asosda majoro va ziddiyatlar bo‘lmagan. Xozirda Vatanimizda turli dinlar va 
din 
vakillari 
o‘rtasida 
umumbashariy 
qadriyatlar 
asosida 
birodarlikni 
mustahkamlashga muhim ahamiyat berilmoqda. Bunda respublikamizda mavjud 
bo‘lgan 16 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyati katta ahamiyat kasb etayotir. 
Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi 
uchun hamma sharoitlar yaratilgan. 
Bu boradagi xuquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Diniy 
bag‘rikenglik g‘oyasining amaldagi tasdig‘ini 1995 yilda musulmon va xristian 
ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» mavzuidagi xalqaro xristian-
musulmon konferensiyasi; shuningdek Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta 
Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi hamda Yevangel – Lyuteran jamoasining 100 
yilligi nishonlanganligida; hamda 1998 yildan Toshkent Pravoslav diniy 
seminariyasi, 
Samarqand 
Protestant 
seminariyalari 
faoliyat 
ko‘rsatib 
kelayotganligida ko‘rishimiz mumkin. 
60
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent. 2000 yil.


187 

Download 1,74 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik: dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning o‘zgarishi

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish