Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o’z uslub va vositalarini 
doimiy takomillashtirib kelganlar. So’nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy 
qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, 
missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, 
ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy 
qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni 
moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, 
o’rta maktab o’qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ’iboti 
ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda 
o’ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional 
ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o’tkazishda yuqori samaradorlikka 
erishishi mumkin bo’lsa, e’tiqodini o’zgartirgan kutubxonachida esa «o’lja» 
sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo’ladi. 
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo’lgan va ayni 
paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo’lish bilan bir qatorda hamisha 
ma’naviy-ruhiy ko’makka, qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga 


190 
ham alohida e’tibor bilan qaramoqdalar. Ayollar orasida ish olib borish ular 
uchun ,,bir o’q bilan kamida uch quyonni urish”dir. Birinchisi- ayolning o’zi, 
ikkinchisi -uning farzandlari va uchinchisi - turmush o’rtog’i. Ayollarning 
ulushi baptistlar va pyatidesatniklar cherkovlariga qatnaydiganlar orasida 70, 
adventistlar va ,,Iegovo shohidlari” orasida 80, presviterian cherkovlariga 
qatnaydiganlar tarkibida 90 foizgacha borishi esa missionerlarning ana shu 
maqsadlar yo’lidagi xatti-harakatlarining hayotiy-amaliy natijasidir.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar 
doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko’rsatadi. 
Bugungi kunda missionerlik tashkilotlari yangi ,,o’lja”lar orttirishda tibbiy va 
ta’lim sohalarida faoliyat olib borish, xayriya yordamlari ko’rsatish, uyma-uy 
yurib tashviqot olib borish, mahalliy tillarda xristianlikni targ’ib qiluvchi 
adabiyotlar, gazeta va jurnallar chop qilib, tarqatish, radio teledasturlar 
tayyorlash, kino maxsulotlari ishlab chiqarish hamda internet tarmog’i orqali 
o’z qarashlarini targ’ib qilishga alohida e’tibor bermoqdalar. Ayni damda 
missionerlar o’zlari istiqomat qiladigan mintaqaning milliy xususiyatlari va 
maishiy hayotidan ham foydalanishga harakat qiladilar. 
Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilishining sabablari

Yoshlarning faol 
ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir 
va tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning 
jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan 
va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik Djonstoun talaba yoshlarni 
missionerlik faoliyatining asosiy ob’ekti deb qarab, o’zining «Dunyo operatsiyasi» 
kitobida shunday yozadi: «Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million 
talaba tahsil oladi. Ularning ko’plari 20 yildan so’ng yirik mansablarni 
egallashadi». Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab 
beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko’zlab ish yuritayotganini 
anglash imkoniyatini beradi.
Xayriya yordamlari ko’rsatish ham missionerlikdagi eng qadimiy va samarali 
usullardan biri hisoblanadi. Bunda turli tadbirlar uyushtirilib, ularga asosan yoshlar 
jalb etiladi. Beg’araz deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning yordamga muhtoj 
qatlamlarini aniqlash va so’ngra ular bilan maqsadli ish olib borishni ko’zlaydigan 
bunday harakatlar hatto «Yangi yil», «Navro’z», «Xotira va qadrlash kuni» kabi 
xalqimizda keng nishonlanadigan bayramlar davomida ham g’arazli maqsadlarda 
amalga oshirilishi kuzatilgan. Missionerlar o’zlari ko’rsatayotgan «yordamni» shu 
bayramlar ruhiga moslashtirishga ham harakat qilmoqda. 
 
Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish usulining o’ziga xos xususiyatlari. Bu usul 
missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb masalalari haqida suhbatlashish, 


191 
ularning dardlariga qiziqish bildirish va ushbu muammolardan chiqish yo’llarini 
ko’rsatib berishni taklif qilib, o’z tashkilotlariga jalb qilishga asoslanadi. Bu 
missionerlikni amalga oshirishda eng yaxshi samara beradigan va katta mablag’ 
talab qilmaydigan usullardan biri hisoblanadi. Masalan, ushbu usuldan faol 
foydalayotgan «Iegovo shohidlari» oqimi a’zolari, o’zlarini go’yoki, Iso Masih o’z 
havoriylariga buyurgan yo’ldan foydalanayotganlarini da’vo qilib, muayyan 
hududda «tayanch nuqta»ni shakllantirish va unga suyangan holda yaqin qo’shnilar 
orasida uyma-uy yurib adabiyotlarni tarqatish, maktab o’quvchilari va yoshlar 
orasida targ’ibot ishlarini olib borishga alohida e’tibor bermoqda. Bunday 
maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan yilga ortib bormoqda va 
bugungi kunda dunyo bo’yicha qariyb 7 millionni tashkil etmoqda.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi missionerlikdan ko’zlangan maqsadlar. Ta’lim tizimi 
bosqichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tufayli g’oya va qarashlarni singdirishdagi 
tadrijiylik ta’minlanadi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida amalga oshirilgan 
targ’ibot natijalarini bevosita tekshirib ko’rish va uni takomillashtirib borish 
imkoniyati ham mavjud. Bu kabi xususiyatlar missionerlarning ta’lim tizimiga 
alohida e’tibor bilan qarashini keltirib chiqarmoqda. Adventistlarning dunyo 
bo’yicha 5000 dan ortiq o’quv markazlariga, pyatidesyatniklikning eng yirik 
oqimlaridan biri – «Xudo assambleyalari» cherkovlari bir necha kollej va Bibliya 
maktablariga egalik qilayotgani ham aynan shu bilan izohlanadi. 
Jumladan, O’zbekiston istiqlolining dastlabki yillarida missionerlar turli volantyor 
tashkilotlar niqobi ostida mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib olishga uringanlari 
kuzatilgan. Ular yurtimizdagi mavjud ta’lim muassasalarida turli til, kompyuter, 
sport to’garaklari tashkil etish niqobi ostida talaba va o’quvchilar orasida o’z 
dinlarini targ’ib qilishga harakat qilgan.
Shuningdek, missionerlik tashkilotlari o’z dinlarini targ’ib qilishda audio, video va 
elektron mahsulotlar, gazeta va jurnallar, teledasturlar, internetda onlayn o’quv 
kurslari tashkil etish yo’llaridan ham foydalanmoqda. Ommaviylik, davriylik, 
o’quvchilar auditoriyasining kengligi tufayli gazeta va jurnallar missionerlar 
tomonidan o’z qarash va g’oyalarini singdirish quroli sifatida qo’llanilmoqda.

Download 1,74 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish