• Mustaqil O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi.
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    1-
     
    Masala bayoni. Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligidir. 
    Din erkinligi nuqtai nazaridan vijdon erkinligi - bu fuqarolarning u yoki bu dinga 
    e’tiqod qilish yohud hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida qayd etilganidek, «Hamma uchun 
    vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki 
    heya qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
    singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi»
    57
    . Mazkur qonuniy kafolatga muvofiq, biron bir 
    kishi boshqa odamlarga sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan. Sening biror 
    dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, Sen bedinsan deb ayta olmaydi. Ayni paytda u 
    yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Hech kim dindor kishini «Diniy 
    e’tiqodingizdan qayting» deb majbur ham qilolmaydi. Bunday xolatlarga qonun 
    yo‘l bermaydi. Dindor yoki daxriy bo‘lish, o‘zi hoxlagan dinga ishonish yoki hech 
    qaysi dinga ishonmaslik har kimning shaxsiy ishi. Bu xuquq O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasining 
    31-moddasida 
    qonun 
    bilan 
    mustahkamlangan. 
    Mustaqil 
    O‘zbekistonda 
    vijdon 
    erkinligining 
    konstitutsion 
    kafolatlanishi.
    Vijdon erkinligining kafolatlari ko‘p qirralidir. Bu – avvalo 
    dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; barcha fuqarolar 
    uchun ularning dinga e’tiqod qilish yoki qilmasligidan qat’i nazar maorif va 
    madaniyat maskanlari eshiklarining ochiqligi; maktabning dindan va diniy 
    57
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, «O‘zbekiston»; 2003. 8-bet. 


    180 
    tashkilotlardan ajratilganligi; dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun 
    zarur bo‘lgan sharoitlarning yaratib berilganligi va boshqalardan iborat. 
    Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yangi sharoitda dinning va diniy 
    tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini yana bir karra aniqlab olish ehtiyoji tug‘ildi. 
    Bunga sabab ayrim kimsalarning o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirish uchun 
    dindan va diniy tashkilotlardan foydalanishga urinib kelayotganliklaridir. 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va 
    diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilgan. Oradan yetti yil o‘tib 1998 
    yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining o‘n 
    birinchi sessiyasida bu qonunning yangi taxrirdagi matni qabul qilindi. 
    Mazkur qonun, avvalo har bir fuqaroga mustaqil ravishda, biron-bir tarzda 
    majburlashsiz o‘zining dinga munosabatini belgilash, dushmanlik va adovat 
    uyg‘otish, ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi munosabati bilan bog‘liq xis-
    tuyg‘ularni haqorat qilish mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, 
    muqaddas qadamjoh hisoblangan diniy inshoatlar – masjid, madrasa, maqbaralarni 
    oyoqosti qilish qonunga muvofiq jazolanishi, hech kimning o‘zining diniy 
    e’tiqodiga ko‘ra, qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi 
    mumkin emasligi tayin etilgan. 
    Qonunning 5-moddasi «Dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilishi» 
    deb yuritiladi. Bu qanday ma’noni anglatadi? Bu degani – mamlakatimizda dinlar 
    va diniy tashkilotlar davlat ishiga aralashmaydi, ayni paytda esa davlat diniy 
    tashkilotlarning va dindorlarning qonunlarga zid bo‘lmagan faoliyatiga 
    aralashmaydi, davlat o‘z vazifasini va din ham o‘z vazifasini bajarishi lozim. 
    Davlat dindor fuqarolarning diniy e’tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat 
    qilsa, dindorlar ham davlat qonunlarini va siyosatini shunchalik hurmat-extirom 
    qilishlari ham shart. Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, ammo ular 
    jamiyatdan ajratilmagan. Binobarin, dindorlar va diniy tashkilotlar jamiyatning 
    ijtimoiy-siyosiy hayotida qatnashish xuquqiga egadirlar. 
    Shu o‘rinda diniy tashkilot nima, uning maqomlari qandayligini bilib olish ham 
    foydadan holi emas. Diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki 
    qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish 
    asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. 
    U ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri 
    sanaladi. Diniy tashkilotlarning eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini 
    boshqarishidir, ya’ni ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. 
    Diniy tashkilotlar o‘z Nizomlariga asosan mustaqil ish olib boradilar. 
    Yangi taxrirdagi qonunga binoan diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining 18 
    yoshga to‘lgan va respublika xududida doimiy yashayotgan 100 kishidan kam 
    bo‘lmagan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Tuzilgan uyushma va 


    181 
    tashkilotlar Respublika Adliya vazirligi tomonidan, joylarda tegishli viloyat, 
    tuman, shahar, qishloq xududida bo‘lgan adliya boshqarmalari tomonidan 
    ro‘yhatga olinadi. 
    Qonunga muvofiq, diniy tashkilotlar biron bir siyosiy partiyalar faoliyatida 
    qatnashish, siyosiy partiyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish huquqiga ega emas. 
    Shuningdek diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan. 
    Diniy tashkilotlar, dindorlar va boshqa fuqarolarning dindan davlatga, 
    Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishiga, dindan o‘z siyosiy maqsadlarini 
    amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalanishga davlat yo‘l qo‘ymaydi. 
    «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonunda belgilangan tartiblarni 
    buzganlar qonunga binoan javobgarlikka tortiladi. 
    Qonunning yana bir muhim moddasi «Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan 
    ajratish» deb ataladi. Buni qqqanday tushunmoq va izohlamoq kerak? 
    Mamlakatimizda davlat bilim yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi bilim yurtlaridir. 
    Umumiy ta’lim, kollejlar, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga 
    diniy bilim berish dars sifatida kiritilmaydi. Biroq, bu fuqarolar diniy ta’lim olish 
    huquqiga ega emas, degan gap emas. 
    Mamlakatimizda diniy ta’lim qanday tarzda amalga oshiriladi. Buni ham bilib 
    qo‘yish muhimdir. Qonunning 3-moddasi 2-qismida ko‘rsatilganidek «Voyaga 
    yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, 
    ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga 
    o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi». Mazkur qonunga zid ravishda voyaga yetmagan 
    bolalarni dinga o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 145-
    moddasiga muvofiq – eng kam ish haqining ellik barobaridan yetmish besh 
    baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud uch 
    yilgacha ozodlikdan maxrum etish bilan jazolanadi. Qonunga binoan diniy ta’lim 
    maxsus diniy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning markaziy 
    boshqaruv organlari ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlar 
    tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tashkil etishga haqlidirlar. 
    Dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o‘qitish 
    haqidagi maxsus ruhsatnomaga ega bo‘lishlari shart. 
    Qonunda xususiy tartibda, ya’ni uyda diniy ta’lim berish man etilgan. 
    Xozirda O‘zbekistonda 16 ta diniy o‘quv yutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular 
    Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomli Islom instituti, Toshkent Islom universiteti, 
    «Ko‘kaldosh», Buxorodagi «Mir Arab» madrasalari; shuningdek, Toshkentdagi 
    «Xadichai Kubro», Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar islom o‘rta maxsus 
    bilim yurtlari; Namangandagi «Mulla Qirg‘iz», Urganchdagi «Faxriddin ar-
    Roziy», Andijondagi «Said Muxyiddin Maxdum» islom o‘rta maxsus bilim yurtlari 


    182 
    va boshqalar. O‘zbekistonda din davlatidan ajratilgani uchun diniy o‘quv yurtlari 
    davlat xalq ta’limi tizimiga kirmaydi. 
    Endi ana shu diniy bilim yurtlarining ba’zilari haqida ma’lumot beramiz. 
    Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti oliy diniy o‘quv yurti bo‘lib 
    1970 yilda tashkil etilgan va 1971 yil oktyabridan faoliyatini boshlagan. 
    O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. U dinlar tarixi va nazariyasini 
    chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, arab tilida so‘zlasha oladigan 
    mutaxassislar, imom xatiblar tayyorlaydi. O‘qish muddati 4 yil. Toshkent Islom 
    instituti O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida 
    o‘rta umum ta’lim hamda o‘rta maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lgan 35 
    yoshgacha yoshlarni qabul qiladi. Bu yerda 130 talaba taxsil oladi. Bu ta’lim 
    maskani mustaqilligimizga qadar sobiq Ittifoqda yagona oliy islom o‘quv yurti 
    bo‘lgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom 
    universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi 
    Farmoniga binoan tashkil etilgan. 
    Farmonda ta’kidlashicha bunday nufuzli ilm o‘chog‘ini tashkil etishdan maqsad: 
    «Xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy 
    merosimizni asrab-avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning 
    ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish, tahlil etish va 
    zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, 
    zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, 
    ularga lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan 
    noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan ma’lumotlar bilan xalqimizning diniy 
    savodxonligini oshirish…»
    58
    ekanligi ta’kidlangan. Mazkur universitetda xozirgi 
    kunda 500 dan ziyod talaba dinshunoslik, islomshunoslik, islom falsafasi, islom 
    huquqi, sharq va g‘arb tillari, jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish va boshqa fanlarni 
    chuqur o‘rganmoqda. O‘niversitet tarkibida tashkil etilgan Islomshunoslik ilmiy-
    tadqikot markazida: Qur’on, tafsirlarni o‘rganish, islom tarixi va falsafasi, shariat, 
    manbashunoslik, qo‘lyozmalarni o‘rganish kabi bo‘limlar samarali faoliyat 
    ko‘rsatmoqda. 
    Mamlakatimizda malakali diniy mutaxassislar tayyorlaydigan bilim yurtlaridan 
    yana biri Buxorodagi Mir Arab madrasasi sanaladi. U 1530-1536 yillarda qurilgan. 
    Sobiq Sho‘rolar davrida uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va 1945 yilda yana 
    qayta tiklangan. O‘quv yurtiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz 
    o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. 
    58
    «Xalq so‘zi» gazetasi, 1999 yil 8 aprel. 


    183 
    Dunyoviy umumta’lim maktablarida va boshqa bilim yurtlarida dinlar tarixi, 
    jumladan Islom dini tarixi – dinshunoslik sifatida o‘rganiladi. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish