• 1 –masala bayoni. Din masalasida mavjud xalqaro me’yor (norma)lar.
  • - Mavzu: O’zbekistonda vijdon erkinligi




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

     
    8- Mavzu: O’zbekistonda vijdon erkinligi. 
    Ma’ruza rejasi: 
    6.Din masalasida mavjud xalqaro me’yoriy hujjatlar 
    7.Vijdon erkinligi diniy e’tiqod erkinligidir. Mustaqil O’zbekistonda vijdon 
    erkinligining Konstitutsion kafolatlanishi. 
    8.Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun 
    9.Missionerlik va prozelitizmga qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. 
    1 –masala bayoni. Din masalasida mavjud xalqaro me’yor (norma)lar. 
    Vijdon erkinligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u quyidagilarni bildiradi; Har 
    kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni 
    buzmagan holda vijdoni buyurganicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga 
    munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan esa unga 
    demokratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan vijdon 
    erkinligi insonning asosiy shaxsiy xuquqlari sirasiga kiradi va demokratik 
    erkinliklardan biri hisoblanadi
    56
    . Ko‘rinadiki vijdon erkinligi zamirida shaxsning 
    xuquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy-siyosiy, 
    xuquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Xozirgi vaqtda vijdon erkinligi 
    demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Biz bu o‘rinda vijdon 
    erkinligini fuqarolarning din erkinligi nuqtai nazaridan izohlashni maqsad qilib 
    qo‘yganmiz. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi barcha davlatlarning 
    56
    Qarang. Islom: ensiklopediya. 63-bet.


    179 
    ijtimoiy hayotida muhim va shu bilan birga murakkab masalalaridan biri bo‘lib 
    kelgan. 
    Bu masalada xalqaro me’yorlarga kelsak, BMTning Ustavidan tortib, barcha 
    xalqaro hujjat va shartnomalarda, dunyoviy davlatlarning Konstitutsiya va 
    qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. 1948 yil 10 dekabarda 
    qabul qilingan «Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasi»ga muvofiq har bir inson 
    erkin fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini va 
    e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, diniy ibodatlarni bajarishda va diniy 
    marosimlarda yakka tartibda va odamlar bilan birgalikda qatnashish erkinligini o‘z 
    ichiga oladi. 
    Din va vijdon erkinligi to‘g‘risida xalqaro hujjatlardagi yana bir muhim masala
    turli dunyoqarash va e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat, din, diniy 
    tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda xuquqiy 
    ta’minlanishini ham nazarda tutadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli moddalarida aks etgan Vijdon 
    erkinligi, shuningdek «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qabul 
    qilingan qonun xalqaro hujjatlardagi talablarga mos holda tuzilgandir. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu: O’zbekistonda vijdon erkinligi

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish