O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

2-
 
Masala bayoni .”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi 
Qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq beshinchi sessiyasida 
(1998) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunning yangi 
tahriri qabul qilindi. Shu nomda qabul qilingan avvalgi qonun (1991 va 1993 y.) 
Konstitutsiya 
mazmunini 
to‘liq 
aks 
ettirolmas, 
respublika 
hayotidagi 
o‘zgarishlardan orqada qolgan edi. Bundan tashqari, diniy tashkilotlarning 
faoliyatini qonunga muvofiqlashtirish, davlat organlari bilan munosabatlarini 
tartibga keltirish zarurati ham paydo bo‘lgandi. Shu mulohazalarga ko‘ra, 
qonunning yangi tahriri ancha to‘ldirildi, kengaydi va uning moddalari batafsil va 
tushunarli qilib bayon etildi. 
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun 23 
moddadan iborat bo‘lib, ularda vijdon erkinligi huquqi, dinga munosabat va 
fuqarolik huquqlari tengligi, davlatning dindan ajratilgani, davlat, davlat 
organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diniy 
tashkilotlar bilan munosabati, din va ta’lim, diniy tashkilotlarning ta’rifi va 
huquqlari, diniy o‘quv yurtlari, diniy tashkilotlarni ro‘yhatga olish tartibi, diniy 
urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning mulki, davlat mol-mulkidan 
foydalanish yo‘llari nashr ishlari va diniy adabiyotlarni tarqatish, diniy 
missionerlik, murtadlik (prozelitizm) kabi masalalarga munosabat o‘z ifodasini 
topgan. Ushbu moddalar faqat davlatning dinga munosabatini ham ifodalaydi. 
Zero, qonun diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi barobarida, ayrim 
noqonuniy guruhlar, chunonchi, jamiyat osoyishtaligiga xavf soladigan, 
mamlakatimiz milliy manfaatlariga zid keladigan xatti-harakatlarni cheklashni ham 
nazarda tutadi. Ushbu qonunga ko‘ra, konstitutsion tuzumni ag‘darishga 
chog‘langan hamda jamiyat tinchligini xavf ostida qoldirishga intiluvchi yashirin 
diniy tashkilotlar man etiladi, “dindan davlatga va Konstitsiyaga qarshi targ‘ibot 
olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni 
va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi 
uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, 
jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi”. 
Shu kabi terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan 
diniy harakatlar va jamoalar faoliyati taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 57-modda.


184 
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, 
respublikaning 
suvereniteti, 
yaxlitligi 
va 
xavfsizligiga, 
fuqarolarning 
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, 
irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan 
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat 
birlashmalarning tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. 
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzilishi taqiqlanadi. 
Dinga bo‘lgan munosabatdagi muhim jihatlardan biri missionerlik va 
prozelitizmdir. Missionerlik (da’vatchilik) “qayta qurish” yillari va o‘tgan asrning 
90-yillari boshida avj olgan edi. Bir tomondan, xorijiy Sharq mamlakatlaridan 
kelgan islom da’vatchilari faoliyati, vahhobiylik oqimi tarafdorlari faollashgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, boshqa dinlarning da’vatchilari ham mahalliy aholining 
turli qatlamlari orasida tashviqot ishlarini kuchaytirgan edi. Bu tashviqotchi – 
da’vatchilarning har biri o‘z dinni haq din emas, deyish orqali tarafdor qidiradi. 
Ikkinchidan, xorijdan kelgan musulmon da’vatchilari bizning an’anaviy dindorlik 
rasm-rusumlar, milliy odatlarni nazar-pisand qilmasdan, o‘zlarida shakllangan 
odatlar, mazhablarni o‘rnatishga intilardi. Ular nazarida, Markaziy Osiyoda sho‘ro 
zamonida yoppasiga hamma “dahriy”, “kofir” bo‘lib ketgan emish. Holbuki, xalq 
o‘sha dahriylik mafkurasi hukm surgan sharoitda ham o‘z imon-e’tiqodini saqlab 
qolgan, ajdodlari an’analarini saqlab kelmoqda edi. Shu bois bunday “da’vatchilik” 
harakati aholining haqli noroziligiga uchradi va tezda yo‘qotildi. 
Shularni hisobga olgan holda zikr etilgan Qonunning 5-moddasida bunday deb 
yoziladi: “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan 
xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik 
faoliyati man etiladi”. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish