• Tayanch tushunchalar
  •   9-Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O’zbekiston




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

     


    195 
    9-Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O’zbekiston 
    tajribasi. 
    Ma’ruza rejasi
    1.
    Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. 
    2.
    Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. 
    3.
    Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari. 
    4.
    Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. 
    Tayanch tushunchalar: 
    Ekstremizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, 
    terror, terrorizm, xalqaro terrorizm, firqalar.
    1-
    Masala bayoni. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning 
    mazmun-mohiyati. 
    Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari 
    uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot 
    uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm 
    global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga 
    birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish 
    insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi. 
    Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish» “keskin”) 
    jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni 
    anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
    Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va 
    aqidalarni rad etish, ularga zid g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga 
    asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
    Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli 
    oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar papa hokimiyati 
    dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning 
    qurbon bo’lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o’ziga 
    xos ko’rinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi 
    diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani 
    jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. 
    Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy 
    hodisaning dastlabki ko’rinishini anglatadi.
    Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu 
    yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni 
    ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohdaaqidaning o’zgarmasligini himoya 
    qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida 
    belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab 
    qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladi.


    196 
    «Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog’liqdir. Fundamentalizm 
    iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi 
    ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu 
    nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, 
    ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni 
    so’zma-so’z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik 
    Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian 
    fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
    XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so’z islomga nisbatan qo’llanila boshladi. 
    Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni so’zma-so’z talqin 
    etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ’ib qiluvchi diniy-
    konservativ ruhdagi yo’nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon 
    matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb 
    atash ham odat tusiga kirdi. Shunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni 
    faqat muayyan din bilan bog’lash mutlaqo asossiz.
    Hozirgi davrda ko’plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli 
    dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlari ta’limotlaridan 
    foydalanmoqdalar.
    Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga 
    bog’lash») muayyan sharoitda, biron-bir g’oyaga qat’iy ishonib, uni 
    mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni 
    hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash yoki shunga urinishni anglatadi. U 
    muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin 
    namoyon bo’ladi.
    Mutaassiblik (arab. – «g’uluv ketish», «chuqur ketish») o’z fikr-mulohaza va 
    dunyoqarashi to’g’riligiga o’ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz 
    munosabatda bo’lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va 
    yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
    Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning 
    asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g’oyalarning tarqalishiga sabab 
    bo’lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish 
    vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, 
    qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ro’yobga 
    chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
    Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – 
    mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm 
    va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
    2-

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      9-Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O’zbekiston

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish