• «xorijiylar»
  • Masala bayoni. Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Masala bayoni. Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari. 
    Islom 
    niqobi ostidagi ekstremistik harakatlarrning ildizlari uzoq o’tmishga, hatto islom 
    tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko’rish mumkin. Uning ilk vakillaridan 
    biri sifatida 657 yili xalifa Ali (r.a.) askarlaridan ajralib chiqqan, o’zlarini haqiqiy 
    musulmon, saflariga qo’shilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga 
    qarshi murosasiz kurash olib borgan 
    «xorijiylar»
    (arabcha–ajralib chiqqanlar, 
    isyonchilar) diniy-siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo’la oladi.
    Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya (r.a.) o’rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida 
    turgan 12 ming kishidan iborat qo’shinning bir qismi norozi bo’ldi. Ular «hukm 
    chiqarish faqat Allohning iznidadir», degan shior bilan qo’shinni tark etib, Kufa 
    yaqinidagi Harura qishlog’iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xypyj» 
    (bo’ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini 
    olishlariga sabab bo’ldi. Bu voqea Harura qishlog’ida yuz berganligi bois avvaliga 
    ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular o’zlarini «Shurot» (Jonlarini Alloh 
    yo’lida tikkan kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm 
    Allohning iznida» deguvchilar) degan nomlari ham bo’lgan. 


    200 
    Xorijiylar o’zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali (r.a.) va 
    Muoviya (r.a.)ni yo’q qilish payiga tushdilar. Xalifa Ali (r.a.)ni 661 yilda xorijiy 
    Abdurrahmon ibn Muljam o’ldirgach, xorijiylar ikki firqaga bo’linib, biri Iroqda 
    qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xorijiylarga 
    qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf 
    solardilar. 
    Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo’liga o’tganidan keyin 
    ham bu toifa bir muddat o’z kuchini yo’qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt 
    ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so’nggina xorijiylar inqirozga yuz 
    tutdi. 
    Demak, islomda dastlab paydo bo’lgan firqa «xorijiylar»dir. «Xorijiylar» o’z 
    talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori edi. Aynan ular 
    o’z qarashlari va faoliyatiga qo’shilmaganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi 
    «jihod» olib borish haqidagi g’oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo’llash orqali 
    hukmdorlarni jismonan yo’q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Bunday 
    g’oyalar kelib chiqishiga ko’ra hokimiyat uchun kurashning zo’ravonlikka 
    asoslangan usullaridan bo’lib, minglab kishilarning halok bo’lishiga olib kelgan.
    VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlarining ismi bilan ataladigan 
    bir necha firqalar paydo bo’ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng 
    murosasiz va shafqatsiz jamoa nomini olgan Nofi’ ibn Azraq (v.685y.) 
    boshchiligidagi 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masala bayoni. Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish