• Xizb-ut-tahrir
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    vahhobiylik 
    harakatidir. Vahhobiylar 
    islomni Muhammad (s.a.v.) davridagi asl holiga keltirishga, arablarni chinakam 
    islom bayrog’i ostida birlashtirishga harakat qilganlar. Harakatning asoschisi 
    Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Sulaymon bo’lib, 1703 yilda Arabistondagi 
    Nadj viloyatining Ayyana shahrida tug’ilgan. Vahhobiylik muqaddas joylarni 
    ziyorat qilishni, avliyo va mozorlarga sig’inishni, zohidlikni qoralaydi. 
    XVIII asrning o’rtalarida Markaziy Arabistonda yuzaga kelgan vahhobiylik 
    oqimi islom dinini «asl holatiga qaytarish» da’vati ostida bosqinchiliq, 
    talonchilik va begunoh insonlarning qonini to’kish kabi terrorchilik ishlari 
    tufayli tarixning qora sahifalaridan o’rin oldi. Jumladan, bu oqim vakillari 
    marhumlarni xotirlash, ularning ruhiga Qur’on tilovatini qilib, qabrlarini ziyorat 
    etishni kechirilmas gunoh hisoblaydilar. Ular har qanday yangilikni islomga zid 
    deb bilib, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishni qat’iy qoralab, 
    musiqa, teatr va tasviriy san’at bilan shug’ullanishni rad etadilar. Bir so’z bilan 
    aytganda, o’zlari yashab turgan jamiyatni Muhammad (s.a.v.) davrlaridagi sodda 
    hayot tarziga qaytarishga intiladilar. Bunga qarshi chiqqanlarni esa islom 
    dushmanlari deb atab, ularga nisbatan siyosiy va qurolli kurash olib boradilar. 
    Yurtimizga suqilib kirib olgan vahhobiylar hokimiyatni qo’lga kiritish yo’lida har 
    qanday buzg’unchilik, xunrezlik, suiqasd uyushtirishdan qaytmasliklarini 1999 yil 
    16-fevralida mamlakatimiz Prezidenti va hukumat a’zolariga qarshi uyushtirgan 
    jinoyatkorona harakatlari bilan isbotladilar. Biroq hukumatimizning izchil va qat’iy 
    siyosati bu oqimning keng yoyilishining oldini oldi. 
    Diniy terroristik tashkilotlardan yana biri «
    Xizb-ut-tahrir
    » (Ozodlik 
    partiyasi)dir. Bu tashkilot mohiyatan g’oyaviy-siyosiy tashkilotdir. To’liq nomi 
    «Xizb-ut-tahrir al-Islomiy» bo’lgan bu norasmiy diniy-siyosiy partiya 1952 yilda 
    Quddus shahrida falastinlik huquqshunos Taqiyuddin Nabaxoniy (1909—1979) 
    tomonidan tashkil etilgan. Xozirda bu diniy-siyosiy partiyani falastinlik 
    Abulqadim Zallum boshqarib kelmoqda. Asosiy maqsadlari musulmonlar 
    yashovchi mavjud yigirma ikkita arab, jami 55 ta musulmon mamlakatlarini 
    birlashtirib, yagona islom davlati — xalifalikni yaratishdir.


    202 
    «Hizb-ut-tahrir»ning siyosiy strategiyasi mafkuraviy ta’sir vositasida aholining 
    ko’pchiligini qamrab olish, agar bunga imkon bo’lmasa noqonuniy yo’l bilan 
    davlat to’ntarishini amalga oshirish va konstitutsiyaviy hokimiyatni ag’darib 
    tashlashni ko’zda tutadi. Dastlab xayr-ehson va ma’rifatchilik ko’rinishida o’z 
    faoliyatini shakllantirishga harakat qilib, tarafdorlar orttirgach, o’z maqsadlariga 
    erishish uchun terror usulini qo’llovchi hizbchilar «Xudo bizning ideal, 
    Payg’ambar bizning dohiy, Qur’on bizning konstitutsiya, jihod bizning vosita, 
    din va Xudo yo’lida qurbon bo’lish bizning ezgu niyatimiz» kabi soxta iboralarni 
    shior qilib olishgan. 
    Vahhobiylar hukumatni qo’lga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yo’lini 
    tutsalar, «hizbchilar» g’oyaviy, mafkuraviy kurash usulini qo’llaydilar. Hizbchilar 
    demokratiyani butkul inkor etadilar. Mazkur diniy tashkilot 1992 yildan 
    O’zbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshlagan. O’z maqsadlari halifalikni tiklash 
    yo’lida mamlakatimizdagi tinch, osoyishta hayotni izdan chiqarib, fuqarolar 
    urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatiga putur yetkazish, millatlararo va 
    dinlararo nizolarni keltirib chiqarishga uringanliklari sir emas. 
    Ular o’z faoliyatlarini asosan uch bosqichda olib borishga yo’naltirganlar: 
    - Tushuntirish ishlari. Ongi to’liq shakllanmagan yoshlarni din niqobi ostida o’z 
    tuzog’iga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, 
    hokimiyatlardagi mas’ul shaxslarni o’z tarafiga og’dirish; 
    - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali «ummatning oyoqqa turishi, fikriy 
    ongliligi» yo’lida fikriy inqilobga etishish. Ya’ni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan 
    kishilarni hizbchilarning yovuz niyatli inqilobiga tayyor holga keltirish; 
    - inqilob-to’ntarish, hukumatni ummat orqali qo’lga kiritib, «Halifalik» davlatini 
    tuzish. 
    Islomdagi eng ta’sirchan diniy ekstremistik guruhlardan yana biri 1928 yilda 
    Misrda tashkil topgan «

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish