Masala bayoniTerrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Masala bayoniTerrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Terrorizm (lotincha – «qo’rqitish», «vahimaga solish», “daxshat”) – aholining 


197 
keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib 
chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy 
faoliyatdir. 
Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda 
zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, 
«terror» dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, hatto uni jismonan 
yo’q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. 
XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi 
hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo’nalishi turlicha bo’lgan 
terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko’rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning 
natijasida, terrorchilik harakatining ko’lamigina emas, balki metodlari ham 
o’zgardi. Uning eng dahshatli ko’rinishlaridan biri – o’zini avvaldan o’limga 
tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni 
keltirish mumkin.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun 
aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida 
diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida 
terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro 
terrorizm shaklini oldi. 
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va 
harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini 
ifodalaydi. U og’ir jinoyatlardan bo’lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi 
hisoblanadi

Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni 
xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishi 
o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat 
terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi 
Konventsiyani imzoladi.
Terrorizmni turlarga bo’lishda terakt jarayonida ishlatiladigan vositalarga asosiy 
mezon sifatida qaraladi. Shunga ko’ra terrorizm ikki turga: an’anaviy va zamonaviy 
(texnologik) terrorizmga ajratiladi. Odamlarni xalok qiluvchi azaldan ma’lum vositalar 
(sovuq qurol, o’q otuvchi qurol, portlovchi moddalar va hokazolar)dan foydalanib 
siyosiy maqsadlar yo’lida amalga oshiriladigan terror an’anaviy terrorizmga xos 
xususiyatdir. 
Zamonaviy (texnologik) terrorizm esa radioaktiv materiallar, o’ta zaharli gazlar, 
kimyoviy va biologik moddalar kabi vayron qilishning yangi vostalarini qo’llashni 
afzal ko’radi, nisbatan katta hududni qamrab olishi va ko’plab aholining qurbon 
bo’lishiga olib kelishi jihatidan o’ta xavfli jinoyat turiga kiradi. 


198 
Zamonaviy (texnologik) terrorizmning ko’rinishlari:

Yadroviy terrorizm
- yadroviy portlovchi qurilmalarni portlatish yoki portlatish 
tahdidi, radioaktiv materiallar bilan zaharlash, yadroviy ob’ektlarni bosib olish yoki di-
versiya uyushtirishni ifoda etadi. Hozir dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin 
yadroviy sanoat ob’ektlari, yuzlab yadro reaktorlari, o’n minglab yadroviy qurilmalar 
mavjudligi e’tiborga olinsa, terrorizmning bu ko’rinishi insoniyatga nisbatan qanchalik 
katta tahdidga aylanganini tasavvur qilish mumkin. 

Xaydjeking
- yirik transport vositalari: samolyot, poezd, avtomobil va kemalarni 
o’g’irlashni ko’zda tutadi. 2001 yil 11 sentyabrda AQSH hududida mamlakat 
aviakompaniyalariga qarashli uch yirik samolyotning passajirlar bilan birga olib 
qochilganligi, amalga oshirilgan terakt natijasida ko’plab fuqarolarning halok 
bo’lganligi katta fojia bo’lgan edi. 

Kiberterrorizm 
— maxsus xaker dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi 
tarmoqlarini egallab olish, kompyuter viruslari yordamida internet tarmog’ida terakt 
sodir etish, internet tarmog’ini ishdan chiqarishni ko’zda tutadi. 

Bioterrorizm
— shtam, virus, kukun kabi bakteriologik vositalardan foydalangan 
holda terakt sodir etish. 

Kimyoviy terrorizm
- zarin, neprin kabi zaharlovchi va bo’g’uvchi gazlardan 
terroristik maqsadlarda foydalanish. 

Ekoterrorizm 
— terakt ob’ekti sifatida flora (o’simlik dunyosi) va fauna 
(hayvonot dunyosi)ning tanlanishi. 

Infoterrorizm (axborot terrori)
— terakt sodir etishga olib kelishi mumkin 
bo’lgan ma’lumotning OAV orqali tarqatilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatning o’z texnik imkoniyatlaridan boshqalarning zarari uchun foydalanishini 
anglatadi. Misol uchun biron bir yolg’on xabar ba’zan butun dunyo davlatlarini bir-
biriga qarama-qarshi qilib qo’yadi, millionlab odamlarning ruhiyatini zaharlaydi, 
ularni yo’ldan adashtiradi. Shu bois, jahon ommaviy axborot vositalari orqali, xususan, 
«Internet» tarmog’idan tarqatilayotgan xabarlar noxolis berilar ekan, demak, turli 
zararli oqibatlar ham kelib chiqadi. Bunda zararli axborotlarni «Axborot terrori» deb 
atash mumkin. 
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970-
yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti 
ko’proq uchragan bo’lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va 
poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab tasodifiy kishilarning qurbon 
bo’lishiga olib keladigan qo’poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. 
Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo’lganlardan 
ko’ra, uning guvohlariga qaratilgan. 
So’ngi yillarda turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko’ra, 
Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog’liq 
terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko’rmoqda. Ayniqsa, Suriya davlatining 
iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi. 


199 
Mamlakatning o’nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshoatlar 
poydevorigacha yo’q qilingan, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qolgan. 
BMT ma’lumotlariga ko’ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 milliard AQSH 
dollari lozim bo’ladi. Shundan keyingina 9 yil ichida davlat 2010 yilgi darajaga 
chiqishi mumkin. 2010 yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard AQSH 
dollariga teng bo’lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so’ng yalpi ichki mahsuloti 27 
milliard AQSH dollariga tushib ketgan. Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining 
o’zi 90% vayron qilingan. Turar-joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan. 
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari: 

xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani; 

davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi; 

a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma 
shaxslar bo’lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi; 

ekstremistik guruhlar tarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik 
yo’riqchilarning qatnashishi; 

ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan 
maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi; 

tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va 
ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog’ 
savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi. 
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u 
yoki bu belgilarning bo’lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib 
chiqib, unga mos choralar ko’rilishiga olib keladi.
3-

Download 1,74 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoniTerrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish