• «hashshoshiylar»
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    «Azraqiylar»
    oqimi alohida o’rin egallaydi. Azraqiylar gunohi 
    kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning 
    ta’limotiga qo’shilmagan kishilarga qarshi jihod e’lon qilish, hattoki, qariya, ayol 
    va bolalarning qonini to’kishni halol, deb bilganlar. 
    IX asr oxirida Janubiy Iroqda yuzaga kelgan 
    qarmatiylar
    namoz, ro’za, zakot, haj 
    kabi amallar farz qilinmagani, Qur’on oyatlarida masjid qurish yoki u erda 
    yig’ilish haqida hukmlar yo’q, degan da’vo bilan masjidlarga borishni man qilish 
    darajasigacha borgan edi. Harakat o’z nomini uning asoschisi Hamdon ibn al-
    Ash’asning laqabi Qarmat so’zidan olgan bo’lib, uning ma’nosi manbalarda 
    turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko’z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Islomdagi 
    mavjud qoida va tartiblarning mohiyatini buzib talqin qilish oqibatida ular hattoki, 
    hajga keluvchilar Ka’baga sig’inib, Allohga shirk keltirishmoqda, degan da’volar 
    ostida 930 yilda Makkaga hujum qilib, uni talon-taroj qilib, hojilarning bir qismini 
    qul qilishgan, bir qismini esa o’ldirishgan. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga 
    bo’lib, Bahraynga olib ketishgan, faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u 
    Makkaga qaytarib berilgan. Qarmatiylar islom tarixida o’chmas dog’ qoldirgan 
    jinoyatlarni sodir etgan.
    XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko’rgan 
    «hashshoshiylar»
    (arabcha – hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa 


    201 
    hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo’lmagan hukmdorlarga suiqasd 
    uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko’plab 
    hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari 
    o’z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to’lov to’lashga majbur bo’lgan. Shu 
    bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng 
    qo’llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol 
    qildirib, o’lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan.
    Islom qadriyatlarini himoya qilish va qayta tiklash niqobi ostida diniy terroristik 
    aktlar sodir etgan va hamon dunyoning ko’pgina nuqtalarida yashirin faoliyat 
    yuritayotgan jinoiy guruhlardan biri 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish