O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Nurchilar
» diniy-siyosiy oqimi g’oyalarining mamlakatimizga kirib kelishi 1992 
yillardan boshlab kuzatilgan. Bu oqim asoschisi turkiyalik Said Nursiy bo’lib, 
maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi o’ta diniy-mutaassib, fanatik 
kishilarni tarbiyalashdan iborat. 
Xozirgi kunda «Nur» harakati Turkiyadagi eng nufuzli diniy-siyosiy oqim 
sanaladi. Uning saflari asosan yoshlardan iborat. «Nur» chilar diniy bilim berish 
yo’li bilan islom aqidaparastligini avj oldirish yo’lini tutadilar. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan 
ekstremistik ruhdagi harakatlardan yana biri «
Tavba
» sanaladi. Unga 
Ozarbayjonda Xoji Abdullo asos solgan. O’zbekistonda bu harakatga namanganlik 
Abduvali Yo’ldoshev va Isxoq Jabborovlar rahbarlik qilgan. 
Islom diniy ekstremizmi turli mamlakatlarda barpo bo’lajak «islomiy tartib» 
o’rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilish zarur deb hisoblaydi. Ular o’z 
maqsadlarini amalga oshirish uchun turli usullardan foydalanmoqdalar. Bular 
asosan quyidagilardan iborat: 


204 
- Zo’ravonlik, ya’ni terroristik harakatlarni amalga oshirish orqali omma ichida 
qo’rquv paydo qilish va o’zlarining kuchlarini ko’rsatish orqali hukumatga bosim-
tazyiq o’tkazish; 
- Mamlakat iqtisodini turli yo’llar bilan: diversiya, sanoat va qishloq xo’jaligi 
manbalarini izdan chiqarish orqali uni tanazzulga uchratishga urinish bilan 
hokimiyatni zaiflashtirish va pirovardida osonlik bilan ag’darib tashlash; 
- Turli tashkilot va ommaviy axborot vositalarining «beg’araz» yordamida go’yo 
«mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi xuquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod 
poymol etilmoqda» kabi soxta, g’arazli qarashlarni tarqatib hukumatni din 
sohasidagi siyosatini buzib ko’rsatish orqali uni obro’sizlantirish va fuqarolarning 
unga bo’lgan ishonchini yo’qotish; 
- Oz sonli diniy tashkilotlarga qarshi xujum uyushtirib, hatto ulardan ba’zilarni 
namoyishkorona jismonan yo’q qilish yo’li bilan dinlararo va millatlararo nizo 
keltirib chiqarishga urinish orqali mamlakatda beqaror vaziyatni vujudga keltirish 
va undan o’z maqsadlari yo’lida foydalanish; 
- Islomiy ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zimdan tashkil etish orqali mamlakatni 
islomlashtirish va soddadil fuqarolar ongiga asta-sekin xorijiy va mahalliy 
doiralarning ekstremistik g’oya va maqsadlarini singdirib borish. Oqibatda tayyor 
bo’lgan ijtimoiy ongni kerakli vaqtda o’z diniy ekstemistik maqsadlarini amalga 
oshirish uchun osonlik bilan yo’naltirib yuboradigan holatga keltirish va boshqalar. 
Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, 
uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga 
kelishdan iborat. 
4-

Download 1,74 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish