Masala bayoni. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Masala bayoni. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning 
ma’naviy-ma’rifiy asoslari
. Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi 
kuchli omil bo’lib kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqalar va millatlarni 
qamrab olishi natijasida, bugungi kunda islom o’z rivojlanishida katta 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama-
qarshiliklar oqibatida jangari millatchilik va diniy ekstremizmga asoslangan 
siyosiy kuchlar va ittifoqlar paydo bo’lmoqda. 
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib borishda kompleks va tizimli, 
shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy chora-tadbirlarni qo’llash muhim 
ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora-tadbirlarni qo’llash katta vaqt, tegishli reja 
va yirik mablag’lar talab qiladi.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta 
ahamiyatga ega. Xususan, o’z hududida diniy ekstremistlar va terrorchilar 
faoliyatiga yo’l ochib bermaslik, ularga yordam ko’rsatmaslik va siyosiy boshpana 
bermaslik hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. 


205 
Arab – musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi birinchi bo’lib 
terrorizm muammosiga 1940-yillarda, «Musulmon birodarlar»ning o’z faoliyatida 
ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka – davlat, politsiya va armiyaning 
ko’zga ko’ringan arboblarini jismonan yo’q qilish yo’liga o’tishi natijasida duch 
keldi. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir necha o’n yillik 
tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bilan qarash, ularni pinhona 
rag’batlantirish ekstremistik harakatlarning yanada faollashuviga, yangilarining 
paydo bo’lishiga imkon yaratishini ko’rsatadi.
Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi 
umuman olganda, har bir davlatning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor 
yo’nalishlaridan qat’i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik ko’rsatish usullarini o’z 
ichiga oladi. 
Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo’ravonlikka 
qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam 
beradigan dasturlarni kiritish mumkin. 
Bevosita qarshilik ko’rsatish o’z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari 
tomonidan ko’riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qilish, 
ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. SHu o’rinda, masalan, Misr 
qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. 
Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo’ravonlikni 
targ’ib etuvchilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchilarga nisbatan 
qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo’llashini ham qayd etish lozim.
1990-yillarda zo’rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa Misr hukumatini 
«Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonun kabi, bir qator yangi huquqiy 
hujjatlarni qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus Qonunning qabul qilinishi 
xavfsizlik idoralariga ko’proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning 
samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq edi.
Musulmon mamlakatlari diniy ekstremizm va zo’ravonlik muammolarini ilmiy va 
keng qamrovda yechish bo’yicha amaliy ishlarni tashkil etmoqda. Jumladan, ilmiy-
tekshirish institutlari va strategik markazlarda bu muammoning ilmiy-tizimli 
tahliliga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatda muayyan 
o’ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. Masalan, Indoneziyada ekstremizmga 
qarshi olib borilayotgan kurashda ekstremistlarning yirik vakillari, jumladan, 
qamoqda bo’lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan «islom 
maktablari»ni yopish choralari ko’rilayotgani bunga misol bo’la oladi. 
Shuningdek, 2002 yilda Bali orolida sodir etilgan va 200 dan ortiq kishining 
umrini xazon qilgan portlashlarning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra 


206 
tomonidan yozilgan va jangarilik g’oyalariga boy bo’lgan kitoblarni bosish va 
tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur. 
Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning diniy ekstremizmga qarshi 
birgalikda olib borayotgan ishlarining bir qismi sifatida qaralmoqda. Umuman 
olganda, Indoneziyada «Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon ulamolarining 
faol ishtirokida mafkuraga tayanib ish olib borish – ekstremizmga qarshi 
kurashning ikki fronti» sifatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal 
qarashlarga qarshi kurash bo’yicha yetakchi musulmon ulamolari ishtirokida guruh 
shakllantirilgani ham bu yo’lda amaliy ishlarga o’tilganining isboti bo’la oladi. 
Diniy ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kelayotgan musulmon 
mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko’tarish bilan dunyo 
jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal 
kayfiyatdagi mutaassiblar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida 
hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo’yicha ikki tomonlama 
kelishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston tanlagan dunyoviy, demokratik taraqqiyot yo’li, mamlakatdagi 
huquqiy tartib hizbchi va boshqa diniy aqidaparast kuchlarga yoqmaydi. Ular 
bugungi o’tish davriga xos bo’lgan turli qiyinchiliklardan ustamonlik bilan 
foydalanib, hokimiyatni terror orqali egallashga intiladilar. Biroq O’zbekistonda 
o’rnatilgan huquqiy tartib, terrorizmning har qanday ko’rinishini oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar bunga yo’l qo’ymaydi. 
O’zbekiston Respublikasi JKning 155-moddasida terrorizm portlatishlar, o’t 
qo’yishlar yoki odamlarning halok bo’lishi, katta mulkiy zarar keltirish yoxud 
ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelish xavfini tug’diruvchi boshqa harakatlar 
sodir etishdan iborat bo’lgan va jamoatchilik xavfsizligiga qarshi qaratilgan 
jinoyat sifatida qayd etilgan. 
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurashning asosiy 
printsiplari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativ- huquqiy hujjatlarda o’z 
ifodasini topgan bo’lib, bu hujjatlarning asosiylari quyidagilardir: 
1.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi (2001 yil 18 
oktyabrdagi o’zgartish va qo’shimchalar bilan). 
2.
O’zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi 
qonuni (2000 yil 15 dekabro). 
3.
O’zbekiston Respublikasining «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodeksi va 
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida»gi qonuni (2001 yil 29 avgust). 
4.
O’zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida»gi 


207 
qonuni (2004 yil). 
Mamlakatimizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tizimli, tadrijiy, qat’iy 
siyosatni quyidagi yo’nalishlarda izchil olib borilmoqda: 

Xalqaro shartnomalarda ishtirok etish;

Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash;

Terrorizmga qarshi kurash bo’yicha mintaqaviy tashkilotlarda ishtirok etish;

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar – jamiyat barqaror 
rivojlanishining asosiy omili;

Demakratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish;

Din sohasida ilmiy asoslangan siyosat olib borish;

Fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunetetni 
shakllantirish.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik 
jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga 
qaratilgan ko’p qirrali siyosatni amalga oshirishda o’zaro hamkorlik va sobitlikni 
talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashmagan 
davlatlar zaiflashib, o’z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini 
xavf ostida qoldiradi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoni. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish