O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Musulmon birodarlari
» («Al-ixvon al-muslimun») 
uyushmasidir. Bu uyushma diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, u xayr-ehson va 
ma’rifatchilik faoliyatidan tortib to siyosiy hayotda terror usulini qo’llashgacha 
bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Diniy ekstremistik kuchlar 20-
asrning 60-70 yillarida Misrda Jamol Abdul Nosir hukumatini ag’darib tashlashga 
urindilar. 1981 yilda esa Misr prezidenti Anvar Sadatga suiqasd uyushtirib 
o’ldirdilar. 
1994 yilda Qandahor xududida yuzaga kelgan yangi siyosiy harakat – «
Tolibon
» 
harkati ham diniy ekstremizmning Afg’onistondagi bir ko’rinishidir. Ular 
Afg’oniston hayotiga o’rta asr diniy tartib-qoidalarini tatbiq etish, xalqni dunyo 
madaniyatidan uzib qo’yish yo’lidan bordilar. Tolibonlar hokimiyat tepasiga 
kelgach insoniy haq-xuquqlar poymol etildi. Xotin-qizlarni erkin bilim olish va 


203 
mehnat qilish xuquqidan maxrum etish, ularni yana paranji ichiga tiqish yo’lida 
keskin chora-tadbirlar o’tkazdilar. Yigitlarni soqol o’stirib yurishga majburladilar. 
Diniy ekstremistik tashkilotlardan yana biri «
Akromiylar
» diniy-siyosiy 
harakatidir. 1997-1999 yillarda Farg’ona vodiysida paydo bo’lgan. Uning asoschisi 
1960 yilda Andijonda tug’ilgan Akrom Yo’ldoshevdir. U vahhobiylik oqimiga 
tayanib 1992 yilda 12 darsga mo’ljallangan «Imonga yo’l» deb nomlangan dasturni 
ishlab chiqqan. Bu harakat vakillari faqat Allohgagina e’tiqod qilib, 
Payg’ambarimizga imon keltirmaydilar. Harakat a’zolari davlat, qonun, ota-onaga 
emas, faqat oqim sardorlariga bo’ysunish lozim deb hisoblaydilar. Ularning 
pirovard maqsadi islom davlatini qurishdir. Akromiylar siyosiy hokimiyatga 
erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 
1. «Sirli» yoki «maxfiy»;
2. Moddiy.
3. Ma’naviy.
4. «Uzviy maydon»;
5. To’ntarish.
Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti 
yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, 
boshliqning topshiriqlarini so’zsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy 
tuzumni ag’darib tashlab, o’z hokimiyatlarini o’rnatishi bayon etilgan. Akromiylar 
xozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro’za, zakot, haj amallari farz emas, chunki 
biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. Toki islom davlati 
qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb hisoblaydilar. Oqim 
xalqning keskin qarshiligiga uchrab, faoliyati barxam topdi. 
«

Download 1,74 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish