• Beshinchidan
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    To‘rtinchidan
    sobiq ittifoq sharoitida fan, maorif, texnika, oliy ta’lim, bir qator 
    sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga 
    kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa “katta og‘a” manfaatlariga hizmat 
    qilgan. Ana shu potensial sobiq ittifoqdosh respublikalarga turli bahonalar bilan 
    rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus 
    turmush tarzi, tili, urf –odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus 
    millati ma’naviyati ustuvorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush 
    tarzini shakllantirishga hizmat qilib kelgan edi.Bunday ayyorona va zo‘ravonlik 
    siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarba 
    berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi. 
    Bu inqiroz millatning “yo‘q” bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy 
    jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni 
    bararaf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga 
    oshirilishi mumkin. 
    Beshinchidan
    , ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor bo‘lishiga yana bir sabab, 
    millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, uning real sub’ekt, 
    ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda 
    uchramaydigan , o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga 
    ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash 
    hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning 
    kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. 
    Oltinchidan
    , o‘zbeklar jahon svilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning 
    ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar 
    osha hizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan 
    yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan “chiqarish” 
    borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni 
    qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rinni tiklash zarur edi. 
    Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. 
    Ye

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish