–masala bayoni Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

3 –masala bayoni Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini 
milliy va diniy qadriyatlardan mahrum etilishi va toptalishi
 
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo, uni 
o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat 
xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi 
mamlakatlar 
tomonidan 
mustamlakachilik 
tartiblarini 
saqlab 
turish 
va 
mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy yo‘llaridan biri 
hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o‘ziga 
singdirib yuborishni, buning uchun o‘z mafkurasi va g‘oyalarini ularga majburan 
joriy etish, madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy 
qadriyatlari rivojiga yo‘l bermaslikni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. 
Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperatoriga shunday 
maslahat bergan ekan: “Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq 
hukmronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha yerda yashayotgan xalqni o‘z 
tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’nviy bo‘hronni kuchaytiring. O‘z 
madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq 
uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. 
Bunday holga kelgan halqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi”

Madaniyat va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l 
bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik 
yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. 
Shuning uchuun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan 
gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishdi. 
Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning 
ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib 
ketadi. Undan o‘lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, 
beparvolik boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-
aekin zaiflasha boshlaydi. Ana shunday o‘lkani, mamlakatni, uning xalqini 
mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish mumkin.
Chingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga: 
Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni oshliq etib tayinlanglar, ularni 
qo‘llab-quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning 
aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu 
siyosatning ham chuqur o‘ylagan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-
e’tiborli, dono vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma’naviy rahnamosiz qolib qovusha 
va uyusha olmaydi. 
46
Qarang: Guseynov A.A. Velikie moralist
ы. M., 1995, 36-bet.


158 
Tarix shundan guvohlik beradiki, hamma yerda bosqinchi hukmdorlar bosib, 
olingan mamlakatlar hududlarida Xitoy donishmandi va Chingizxon aytgan tarzda 
siyosat yurgizdilar. Bundan O‘rta Osiyo xalqlari ham mustasno emas. Ilm-fan va 
madaniyat, ma’naviyatning eng rivojlangan markazlaridan bo‘lgan Turkistonni 
zo‘ravonlik yo‘li bilan bosib olgan chor hukumati yerli aholini qaramlik va qullik, 
siyosiy karaxtlik va ruhiy qashshoqlik holatida ushlab turishni mustamlakachilik 
siyosatining markaziy masalalaridan biri deb hisobladi. “murakkab va hal qiluvchi 
pallasida har qanday millat va ellat o‘z ahlligi birdamligini o‘z saqlab o‘z milliy 
manfaat yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va xushyorligini yoqoqtadigan 
bo‘lsa ohir oqibatda o‘zuning eng katta o‘zining tengsiz boyligi bolmish 
mustaqilligi va ozodligida judo bo‘lishi shubhasiz mana shunday mashum qismat 
Turkiston xalqlarini ham chetlab o‘tmadi.”
47
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, 
ma’nviyat, madaniyat istilochi mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, 
unday joylarda mustamlakachilik tartibini saqlab turish oson kechmaydi. Bizning 
o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy 
taraqqiyot jihatdan ancha ustun turardi. Chor hukumati olimlar maslahatiga amal 
qilib, bizning o‘lkada qanday qilib bo‘lmasin, o‘zlarining yerli xalqidan 
ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa “uzil-kesil” g‘alabaga erishishga astoydil 
kirishdilar. 
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni 
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum 
qilish, ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. 
Bu chuqur o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. 
Bu siyosatning zamirida chor hukumatining manfaatini har tomonlama himoya 
qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini 
anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan 
judo bo‘lgan, istiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi 
turgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Inson uchun 
tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”
48

Ma’naviyat va ma’rifat xalqining o‘z o‘tmishini bilishi va istiqbolini tushunib 
yetishiga yordam beradi, Vatanni sevish va u bilan faxrlanishga da’vat etadi, 
dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib 
borishga, erk va adolat uchun jasorat ko‘rsatishga undaydi. 
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan: o‘zini anglab ololmaydi, 
taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Chor amaldorlari buni yaxshi 
47
47
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” T – “ Ma’naviyat” 2008 -51 bet
48
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10-bet. 


159 
anglagan holda o‘z mustamlaka asoratiga solgan Turkitson xalqlarini ma’naviyat, 
ma’rifat va madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat berdilar, 
bu yo‘lda hech tap tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni butunlay unutdilar. 
Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg‘uni poymol etishga, milliy 
qadriyatlarni toptashga, butkul yo‘qotib yuborishga qaratilgan edi. Chorizm bu 
o‘lkada 
savodsizlik, 
bilimsizlik 
holatini 
vujudga 
keltirish 
va 
uni 
mustahkamlashdan manfaatdor edi. 
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan 
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, 
uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga 
uchraydi”, - deb “bashorat” qilgan edi. Uning ana shu “dono” ko‘rsatmasi 
Turkistondagi ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan 
jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston 
xalqlarining savodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. 
Uning maqsadi g‘aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat 
yutuqlaridan behabar, milliy ongi past, milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, 
ezishdan iborat edi. Chor hukumatining mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari 
“yarim podsho” Kaufman, general-gubernator Kuropatkin, jallod Golovanovga 
o‘xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkentdagi buyuk asori-
atiqalarni, masjidu-madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni to‘pga 
tutib yer bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qo‘l ostidagi mazlum xalqlar 
madaniyati, ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi 
kerak? Bunga ular toqat qila olmas edi. Ularning usuli qo‘y qilish, madaniyatni, til 
va tarixni, Turkiston xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanadigan, iftixor 
qiladigan nimaiki bo‘lsa, hamma-hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish 
edi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “...Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir”
49

Chor hukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida 
qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak 
oqilu dono farzandlari allaqachon tushunib yetgan edilar. Chor hukumati 
mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va 
madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘llab quvvatlagan, shu yo‘lda 
jafo chekib halok bo‘lgan buyuk xalq egasi Abdurauf Fitrat o‘zining “Turkistonda 
ruslar” risolasida: “Ko‘rdim, kezdim, eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida 
Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus 
poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski Rusiya hukumati ellik yil 
orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko‘rdimi, ko‘rmoqchi 
bo‘ldimi? Mana shu savolga – “Yo‘q” dan boshqa bir yo‘qdir. Yurtimiz ellik bir 
49
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 4-bet. 


160 
yil idorai askariy ostida turdig‘i uchun biz Ovro‘poning madaniy millatlari bilan 
ko‘risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. 
Bizning 
ko‘zlarimizni 
ochirmaslik 
fikri 
uchun 
fikri 
ochiq 
tatar 
qarindoshlarimizning dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab 
ochmoqlari man etildi. 
Bizning diniy va milliy hissiyotlarimizni o‘ldirmoq tilagi bilan Ustroutov kabi 
mutasib poplarning irodasinda gazeta chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z 
millatimiz va diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar 
va g‘azitalar bog‘landi, sha’riy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan 
buyuk bir qisti g‘asb etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, 
hatto vag‘on arbalarinda Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on 
rus va armanidan tubanda tutilgan”, - deb yozgan edi. Abdurauf Fitratning qalb 
nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari 
fosh etilgandi. 
Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan 
mustamlakachilik siyosati bu xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini 
yo‘q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyotini bo‘g‘ish, 
ularga erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlarini yerga urish, kamsitish, milliy 
g‘ururlarini, ma’nviyatini poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. Bu 
siyosatni amalga oshirish orqali mustamlakachilar o‘lkada o‘zining hukmronligini 
abadiylashtirishni maqsad qilgan edilar. “El yurtimiz o‘zining lo‘p asrlik tarixi 
davomida bunday mash’um hatarlarni necha bor ko‘rgan, ularni jabrini tortgan. 
Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday 
xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib 
o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqelikni teran 
tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga da’vat etishi 
lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”. 
Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida 
boshqa jamhuriyatlarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham, albatta, madaniy, 
ma’rifiy taraqqiyot bo‘ldi, tabbiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy 
ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar 
bo‘ldi. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston Mustaqilligiga 
qadar bo‘lgan yetmish to‘rt yil ichida madaniy-ma’rifiy taraqqiyotimiz 
imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. “Markaz” tomonidan yurgizilgan davlat 
siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz 
rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Agar Chor Rossiyasi bizning 
ma’naviyatimizni turg‘unlikda; qoloqlikda tutishga uringan bo‘lsa, bolshevik-
shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish 
siyosatini tutdilar. O‘zbek xalqining madaniyati va ma’naviyatiga, milliy ongi 


161 
rivojlanishiga to‘siqnlik qilish sobiq sovet jamiyati davrida chorizm 
zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-kuchayadiyu, ammo kamaymadi. Sho‘ro davlati 
milliy chekka o‘lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm 
mustamlakchilik siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho‘ro tuzum milliy birdamlik, 
milliy tuyg‘u rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb qaradi. “Biz 
boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma’naviyatni 
rivojlantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Aksincha, halqimizning tabiati, yashash 
tarziga yot bo‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yo‘llar va zo‘ravonlik bilan 
joriy etishga harakat qilingan”
50

Sho‘ro zamonida xalqlarimizning ming yillik tarixi, e’tiqodi rad etildi, o‘rniga 
“shaxsga sig‘inish” balosi ro‘baro‘ bo‘ldi. 
Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida 
ta’kidlaganidek: “...Sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish 
rahbatlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan 
manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi”
51
. “Qariyib 150 yil davom 
etgan tariximizning tom ma’nodagi qora kunlari bo‘lmish o‘sha zamonda bir 
paytlar o‘zining qudratli davlatchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilmu madaniyati, 
obod shahar va qishloqlari bilan dunyoni hayratda qoldirgan el-yurtimiz qanday 
og‘ir mashaqqatlarga duchor bo‘lganini yaxshi bilamiz”
52

Insonlarning ma’naviy-axloqiy yuksalishiga ko‘maklashadigan muqaddas kitob 
Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, 
Az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘tabar 
asarlari xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va 
mo‘telik yillarida sodir bo‘lgan bu dahshatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining 
milliy ma’naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. Sho‘ro 
hukumati va tuzum qurila boshlagan dastlabki yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar 
va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla deb nom olgan) kishilar ham 
qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va 
qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta’qib ostiga olindi. Xullas, o‘zbek 
xalqining ilg‘or qismi – ziyolilarga, ma’rifat homiylariga juda katta zarba berildi. 
Bu qatag‘onlik xatti-harakati o‘tgan yetmish yil davomida u yoki bu darajada 
doimiy va uzviy ravishda davom etdi. 
Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar, diniy-tarbiyaviy 
marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan hujum o‘zbek xalqi 
boshiga tushgan og‘ir dard bo‘ldi. 
50
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari 5-bet. 
51
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., “Sharq”, 1998, 4-bet. 
52
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari 25-bet. 


162 
Umuman olganda, sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi erkin fikrlash huquqidan 
mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma’naviyatiga salbiy ta’sir qildi. 
Yuqorida 
qayd 
etganimizdek, 30-yillarning 
o‘rtalariga 
borib 
milliy 
ma’naviyatimizni to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil 
amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib, bukib, tashlandi. Bular qatoriga 
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, 
millatimizning, uning ma’nviyatining o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz 
mumkin. 
Qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona 
bilag‘oni deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari o‘z faoliyatlarida 
o‘tmishdan qolgan barcha ma’naviy merosni butunlay inokr etish yo‘liga o‘tib 
oldilar. Navoiy, Bobur, Ulug‘bek, Yassaviy, Mashrab, Nodirabegim singari 
allomalar feodalizm davri namoyandalari, deb e’lon qilinib, ularning meroslarini 
o‘rganish taqiqlandi. Buyuk allomalarning yubileylarini o‘tkazish esa millatchilik 
kayfiyatlarini kuchaytiruvchi omil sifatida baholandi. 
O‘rta Osiyo xalqlarining O‘rta asrlarda jahon fani, madaniyati taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi haqida gapirish tarixni ideallashtirish deb ko‘rsatildi. O‘tmishning 
ulkan merosi, bebaho milliy ma’naviyat qadriyati bo‘lgan qo‘lyozmalarni 
o‘rganish, nashr qilish imkoniyati chegaralab qo‘yildi.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga 
ko‘ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib 
tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. 
Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini “fosh etish” maqsadida aziz-avliyolarning 
mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar 
hodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak 
yutib borganlar partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi. 
Xalq o‘rtasida dahriylikni targ‘ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash niqobi 
ostida o‘rta asr me’morchiligining takrorlmanmas namunasi bo‘lgan, milliy 
naqshlar jilovlanib turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning 
milliy g‘ururi hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning 
saroylari vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta 
quritadigan joylarga aylantirildi. Bu kabi xunuk ishlar “feodal o‘tmish, eskilik 
sarqitlaridan tozalash” degan qizil so‘zlar bilan beriladi. 
Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: 
-
“O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar, aziz do‘stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik 
davrida biz kim edik? 
-
Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi? 
-
Ka’ba deb qaerga sig‘inar edik? Har tong “Assalom!...” degan madhiya 
ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg‘onardik? 


163 
-
Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buhoriy, Imom termiziy, Xoja 
Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas hoklariga e’tibor bormidi? Amir Temur, 
Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi 
tuproqlarda qorishib yotgan edi? 
-
Milliy g‘ururimiz, insonlik sha’nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga 
almashtirilgan edi? 
-
Xo‘sh, o‘zimizchi? O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik? Qanday mo‘tabar zamin, 
ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari 
ekanimizni anglarmidik? 
-
Aytinglar, o‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan 
hisoblasharmidi? 
-
Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar hazinasi ekanidan qay birimiz 
habardor edik? 
-
Go‘yo milliy iftixor bo‘lmish paxta, haqiqatda milliy g‘urur o‘rniga bo‘yinturuq 
bo‘lib, xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, ta’na-
malomatdan boshqa nima keltirardi”
53

Mustaqillik tufayli diniy qadriyatlarga bo‘lgan bunday salbiy munosabatlarga 
barham berildi.
O‘tmish xalq og‘zaki ijodi ma’naviyatimizning ilk sarchashmasi sanaladi. Totalitar 
tuzum davrida xalqimizning qadimiy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodining yuksak 
namunasi sifatida asrlardan-asrlarga ma’naviy meros bo‘lib o‘tib kelayotgan 
afsona, rivoyat, ertak, maqollarga, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustam”, 
“Avazxon”, “Hasanxon”, “Ravshanxon” kabi dostonlarga bir yoqlama 
munosabatda bo‘lindi, ularga zamonasozlik, sinfiylik, partiyaviylik nuqtai 
nazaridan turib baho berildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining har bir asariga ikki 
sinf, ikki madaniyat nazariyasi asosida baho berildi, kommunistik mafkura nuqtai 
nazaridan kelib chiqqan holda yondashildi. Ulardagi milliy va umuminsoniy 
qadriyat va g‘oyalar nazar-pisand qilinmadi. Chunonchi, “Alpomish” dostonida 
xonlar, beklar maqtaladi, bosqinchilik va zo‘ravonlik targ‘ib qilinadi, islom diniga 
mansub bo‘lmagan boshqa xalqlarga yomon munosabat tasvirlanadi, degan ayblar 
to‘nkaldi. Dostonning bosh qahramoni Alpomish mehnatkash xalqning olijanob 
fazilatlarini va orzk-umidlarini o‘zida ifoda etmaydi, aksincha, u hokim, 
qonxo‘rbek, tipik zo‘ravon va zolim sifatida harakat qiladi, deb da’vo qilindi. 
Pirovard natijada doston kitob do‘konlari peshtaxtalaridan, kutubxona javonlaridan 
yig‘ishtirib olindi. Sirasini aytganda, bu o‘zbek xalqiga tuxmat, uni boy 
o‘tmishidan ajratib tashlash, milliy qadriyatlarni yerga urishdir. Mustaqillik tufayli 
ma’naviy merosimizning bu sohasiga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatlarga uzil-
53
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari 5-6-bet. 


164 
kesil barham berildi. Buning yaqqol isboti 1999 yilda “Alpomish” dostoni 
yaratilganligining 1000 yilligi yurtimizda keng nishonlanganligidir. 
Til – har bir xalq va millatning milliy o‘zligini namoyon qilishda muhim vositadir. 
Ja’miki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi, ona tilining betakror 
jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har 
qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar! Shaxs ma’naviy kamolotining 
zarur shartlaridan biri o‘z ona tilini bilishidir. Til bilmaydigan odam xalqning dilini 
ham bilmaydi. Biron-bir sabab tufayli milliy til yo‘qolsa, millat bora-bora yo‘qolib 
ketadi, milliy o‘ziga xosligini yo‘qotadi
54
. Shunday bo‘lgach, biron-bir milliy 
tilning yo‘qolishi o‘sha xalqning muqarrar ravishda halok bo‘lishiga olib keladi. 
Sobiq sovet hukumati hukmronlik qilgan 70 yildan ko‘proq vaqt davomida milliy 
chekka o‘lka xalqlari, jumladan o‘zbeklarning milliy tili, tarixi va madaniyati 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi uchun ishlatilmagan hiylayu-nayrang qolmadi. 
Shaxsga sig‘inish yillarida millatlarning bir-biriga qo‘shilib, yagona Sovet xalqiga 
aylanishi haqida “nazariyalar” paydo bo‘ldi. “Milliy tillar yo‘qoladi, yagona til 
bo‘ladi”, “bashorat” qilindi. Bundan soxta nazariya Stalin tomonidan o‘rtaga 
tashlangan edi. 1930 yildan boshlab qariyib oltmish yil davomida sobiq markaz 
millatlar va milliy tillarni qo‘shib yuborish siyosatini zo‘r berib hayotga joriy 
etishga urindi. Baynalmilallik bayrog‘i ostida milliy tillar rivojlanishi cheklab 
qo‘yildi. O‘zbek tiliga nisbatan qilingan ijtimoiy adolatsizlik, ayniqsa, dahshatli tus 
oldi. Bu narsa davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib amalga oshirildi. Uning lug‘at 
tarkibiga ruscha baynalmilal so‘zlar sun’iy ravishda tiqishtirildi. Natijada og‘zaki 
va yozma nutqimiz ortiq darajada buzildi. 
Ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanish kengayib borish o‘rniga asta-sekin 
torayib bordi. Korxonalarda, ilmiy muassasalarda, maishiy xizmat ko‘rsatish 
sohasida, tabobatda, aloqa tashkilotlarida o‘zbek tilidan foydalanishda qo‘pol 
xatolarga yo‘l qo‘yildi. O‘zbek tili fuqaro havo flotida, ichki ishlarda, armiyada 
surib chiqarildi, undan foylanilmadi. O‘zbek tili dars soatlari yil sayin o‘quv 
muassasalarida qisqarib bordi. 
Ahvol shu darajaga borib yetdiki, barcha yig‘inlar, majlislar, yozishmalar rus tilida 
olib borildi, dissertatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, arizalar, shikoyat va 
iltimosnomalar rus tilida yoziladigan bo‘ldi, aks holda ular mutasaddi tashkilot 
idoralarida qabul qilinmadi. 
O‘zbek tili chetga surib tashlandi, uning mavqei benihoya pasayib ketdi. Natijada, 
rus tilini bilmaydigan odam mas’ul idoralarda ishlamaydi, degan tushuncha yuzaga 
keldi. Aslida ham ahvol shunday edi, hayot va ish sharoitiz faqat rus tilini bilishni 
talab qilardi. Natijada o‘zbeklar orasida o‘z tilini bilmaydiganlar, o‘zbekcha 
54
Qarang: Islom Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. 23-bet. 


165 
yozolmaydiganlar va o‘zbekcha fikrlay olmaydiganlar, ko‘payib ketdi. Hatto o‘z 
ona tilini bilmaslik ayb sanalmaydigan bo‘ldi. 
Ma’muriy buyruqbozlik ish usullari avjiga mingan, hamma narsa, har bir katta yo 
kichik masala markazning ko‘rsatmasi, roziligi bilan hal qilinadigan yillarda 
(tobelik vaqaramlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqan davr) o‘zbek tili o‘rnini 
rus tili egalladi, desak xato qilmaymiz. Ba’zi rahbarlar butunlay yerli aholidan 
iborat majlislarda ham ruscha so‘zlab, buni o‘zlari uchun madaniyatlilik alomati, 
faxr-iftixor deb bilish darajasiga yetdilar. Rus tilini bilish, shu tilda chiroyli 
so‘zlash ma’naviy kamolotning cho‘qqisi, madaniyatlilik beligsi deb qabul qilindi. 
Natijada o‘z ona tiliga mensimay qaraydigan kishilar paydo bo‘ldi. Bu, ayniqsa, 
yoshlar orasida avj ola boshladi. Buni jamiyatning, millatning, uning 
ma’naviyatining eng katta fojiasi deb tushunmoq lozim. 
Millatni himoya qilish uchun uning tilini himoya qilish, asrash, rivojlantirish zarur. 
Buni esa davlat bajarildi. Til davlat himoyasiga olinmas ekan, u rivojlana olmaydi. 
Til hokimiyat bilan tirik. Mustaqillikka erishgunimizga qaqdar o‘zbek tilini 
muhofaza qilish zarurati yuzaga keldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi 
oson-silliq kechmadi. Uni himoya etish va qonuniy mavqeini tiklash uchun bo‘lgan 
kurashda shoir va yozuvchilar, olimlar, muallimlar, huquqshunoslar, hamma-
hamma faol ishtirok etdi. Eng muhim bu kurashda xalq uyg‘onadi. 
Til muammosi singari nihoyatda nozik, qaltis va jiddiy masalani ijobiy hal etish 
uchun jumhuriyatimizda Islom Karimov rahbarligida keng miqyosida tashkiliy, 
g‘oyaviy-siyosiy va keng ko‘lamli tarbiyaviy ishlar olib borildi. 
Uzoq davom etgan bahslar, tortishuvlar, munoazar va muhokamalardan so‘ng 
O‘zbekiston Oliy Kengashi o‘n birinchi sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda 
“O‘zbekiston SSR ning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Natijada Sovet 
davrida milliy til masalasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun 
keng yo‘l ochildi. 
Qonunga binoan, o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili, deb e’lon 
qilindi. Bu hol xalqimizni behad quvontirib, dilini yaratib yubordi, milliy g‘ururini 
kuchaytirdi.
Ammo, shuni ham qayd etish lozimki, Mustaqil Respublikamizning dunyoga yuz 
tutishida yoshlarimizning, ayniqsa, talabalarning xorijiy mamlakat xalqlari tilini 
bilishligi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tili haqidagi qonunning qabul 
qilinishi boshqa tillarni bilish, o‘rganishni rad etmaydi. Boshqa tillarni bilish – har 
bir ma’lumotli kishining ko‘rkidir. Xalqlar o‘rtasida birlik, ahillik, mehr-oqibat, 
hurmat, turli aloqalar til va madaniyatni bilishdan boshlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o‘quv 
yurtlarida rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan tillari bilan bir qatorda Sharq xalqlari 
tillarini ham katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar. Arab, fors, hind, xitoy tillarini 


166 
o‘rganish natijasida aksariyat qismi arab va fors tillarida yozilgan qadimiy 
qo‘lyozmalarimizni bemalol o‘qib-o‘rganadigan yetuk mutaxassislarga ega 
bo‘lamiz. Bu mustaqillik yillarida yangi zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish 
borasida erishilgan eng katta yutug‘imiz hisoblanadi. 
Mustabid tuzum siyosati talabi va zo‘ravonligi asosida ma’naviyatimizning muhim 
qirrasi imlomiz ketma-ket uch marta o‘zgartirildi. 1929 yilda arab alifbosidan lotin 
alifbosiga o‘tildi. Oradan o‘n ikki yil o‘tgach, kirill alifbosi qabul qilindi. Shu 
tariqa xalqimiz o‘zining 1000-1200 yillik ko‘hna tarixi, o‘tmishi, ma’naviy merosi 
haqidagi qo‘lyozma asarlarni o‘rganishdan mahrum bo‘ldi. Ota-bobolarimizdan 
qolgan kitoblar, asosan arab va fors tillarida yozilgan. Imloning o‘zgartirilishi 
natijasida o‘sha kitoblarni o‘qiy olmaydigan: bo‘lib qoldik. Yaqin o‘tmishimizning 
riyokor siyosati natijasida mo‘g‘ul bosqini keltirgan yo‘qotishdan ham ko‘ra 
kattaroq ma’naviy inqirozga uchradik. Bu tariximizni, madaniyatimizni, milliy 
ma’naviy merosimizni yo‘qotishga urinishning yangicha yo‘li edi.
Insofu-diyonatni yo‘qotgan kommunistik mafkura yalovbardorlari, arab va lotin 
alifbosini yo‘qotib maqsadlariga erishib bo‘lgach, o‘zbek xalqi “inqilobgacha” 
savodsiz edi, yozuvi ham, maktabi ham, kitobi ham, olimu ulamolari ham bo‘lgan 
emas, tili rivojlanmagan degan safsatani butun dunyoga yoydilar. Bu xalqimiz 
sha’niga ag‘darilgan g‘irt tuhmatdir. Bu o‘lkadan ko‘plab ilm-fan, madaniyat, 
ma’nviyat namoyandalari yetishib chiqqan. O‘lkamiz qadimdan ma’naviyat va 
ma’rifat yuksak darajada rivojlangan hudud bo‘lganligi bilan fahrlanishimiz lozim. 
Biz yuqorida mustamlakachilik, qaramlik sharoitida o‘zbek xalqining boy 
ma’naviy va ma’rifiy merosiga munosabat va uning ijtimoiy oqibatlarining ba’zi 
jihatlarinigina ko‘rib o‘tdik. O‘tmishda toptalgan, taxqirlangan ma’naviy va 
ma’rifiy merosimizga mustaqillik yillarida munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy 
ma’naviy merosimiz qayta tiklanib, xalqimiz qalbida chuqur ildiz otdi. 
Ona Vatanimiz tarixini uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur o‘rganish, ilm 
sohasida turgan o‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi. Uni o‘rganishimiz bugungi 
mustaqillikning qadr-qimmatini to‘laroq anglashimiz, taraqqiyotimizga yot 
oqimlarga qarshi kurashimizda, Vatanimiz va xalqimiz manfaatlari yo‘lida 
chinakam fidoiy bo‘lishimizga yordam beradi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–masala bayoni Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish