Jonivorlar va qushlarga sig‘inish




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Jonivorlar va qushlarga sig‘inish 
Bo‘ri. 
Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo‘lgan yosh 
go‘dakni bo‘ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham turklarning ko‘k 
bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘ojizaviy 
ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha saqlanib qolgan. Yaqin-yaqingacha ayrim 
tog‘da yashovchi xalqlar orasida o‘ldirilgan bo‘rining aozosidan tumor yasab, 
bo‘yinga osib yurilsa, erkak kishining ayollar orasida obro‘-yeotibori baland 
bo‘ladi degan tasavvur yoyilgan. Andijon viloyatida yashovchi qipchoklar orasida 
ayollar ko‘zi yorishini yengillatish maqsadida unga quritilgan bo‘ri yuragidan 
berishgan. 


144 
Ot. 
Otga sig‘inish turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy 
Qirg‘iziston tog‘laridagi qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko‘rishimiz mumkin. 
Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar 
yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi 
qabila va elatlarda, balki dexqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida 
ham keng tarqalgan. Bronza davrida yasalgan hanjarlarning dastaklarida otlarning 
tasvirlari tushirilgan. Ilk tosh davrida mayyitlarni otlar bilan birga dafn etish 
odatlari keng tus olgan. Bu ayniqsa O‘rta Osiyo hududlarida keng tarqalgan. Otni 
muqaddaslashtirish islomiy asotirlarga ham kirib kelgan. O‘ratepa (Tojikiston), 
Aravon (Janubiy Qirg‘iziston)da xalifa Alining afsonaviy oti Duldulning toshdagi 
tuyoq izlari muqaddas sanaladi. XIX asrda qozoq qabilalari orasida vafot qilgan 
kishining maorakalaridan keyin marhumning qurbon keltirilgan sevikli otining 
bosh suyagi qabr yodgorligi yoniga qo‘yilgan. Hozir ham ushbu xalqlar orasida 
marhumning maorakasiga so‘yilgan otning bosh suyagi qabr tepasiga tashlab 
ketiladi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish