• Tayanch tushunchalar.
  • 1-masala bayoni
  •  –Mavzu Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

     
    7 –Mavzu Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni . 
    Ma’ruza rejasi: 
     
    6.
    Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodi. Zardushtiylik diniy 
    ta’limoti 
    7.
    Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari 
    8.
    Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy 
    qadriyatlardan mahrum etilishi va toptalishi
    9.
    Mustaqillik yillrida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor 
    sohaga aylanishi. 
    Tayanch tushunchalar. Tangriga e’tiqod, zardusht, payg‘ambar, avesto, qonun –
    qoidalar, qadimgi Xorazm, Axuramazda, ezgulik, yovuzlik, Musulmon Renessansi, 
    milliy va diniy qadriyatlar, mustaqillik, diniy ma’naviy me’ros, hadisshunoslik, 
    fiqh, tasavvuf maktablari. 
     
    1-masala bayoni
    : Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodi. 
    Zardushtiylik diniy ta’limoti 
    Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod ildizlari qadim-qadimga borib 
    taqalishini qayd etish lozim. O‘rta Osiyodagi madaniy yodgorliklar ushbu mintaqa 
    xalqlari hayotida diniy tasavvurlarning boy va xilma-xil bo‘lganligidan dalolat 
    beradi. Bunday rang-barang holatning vujudga kelishiga asrlar davomida mahalliy 
    aholining dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelganligi, davr 
    o‘zgarishlari, halqlarning ko‘chib yurishlari, boshqa xalqlar e’tiqodlarining va 
    mintaqa uchun yangi bo‘lgan diniy tizimlarning kelib tarqalishi sabab bo‘ldi. 
    Dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonlarini bevosita 


    143 
    turli-tuman birlamchi manbalar – petrogliflar, arxeologik topilmalar, yozma va 
    og‘zaki rivoyatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. 
    Eng qadimiy diniy tasavvurlar O‘rta Osiyo xalqlarining hozirgi kundagi diniy 
    tajribalarining asosini tashkil etadi. Masalan, ular qatoriga tog‘ echkisi va tog‘ 
    qo‘yi bilan bog‘liq tasavvurlarni kiritsa bo‘ladi. Tog‘ echkisiga sig‘inish O‘rta 
    Osiyo xalqlari diniy tajribasida hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Masalan, 
    O‘zbekistondagi Teshiktosh mavzeidan topilgan neandertalg‘ bola murda-skeleti 
    tog‘ echkisi shoxi bilan yonma-yon qo‘yilgan; shunday shoxlar shu kunlarimizda 
    ham Tojikiston va Qirg‘izistonning chekka joylaridagi musulmon masjidlarini 
    bezab kelmoqda. Ziyoratgoh joylarga tog‘ echkisi va qo‘chqor shoxlarini osib 
    qo‘yish nisbatan tog‘li mintaqalarda ko‘proq tarqalgan. Turkmanistonda shu 
    kunlargacha yaqin kishisi qabriga marhumning u dunyosi obod bo‘lishi uchun tog‘ 
    echkisi shoxini qo‘yadilar. Tojikistonning tog‘li hududlaridagi uylarning 
    devorlarida muvaffaqiyat va omad ramzi sifatida qizil va sariq rangda ishlangan 
    tog‘ echkilarining rasmlari uchraydi. Qo‘y-toshlarga sajda qilish qozoq, qirg‘iz, 
    tog‘li hududlarda yashovchi tojiklar, turkmanlar ijtimoiy hayoti va sanoatiga 
    chuqur singgan, chunki xonakilashtirilgan qo‘y va echkilar chorvadorlar 
    xo‘jaligida asosiy tirikchilik manbai bo‘lib kelgan. Hattoki, chorvadorlar tog‘ 
    echkisining go‘shtini mo‘ojizakor kuchga ega deb hisoblaydilar. Ular yilda bir 
    marotaba tog‘ echkisining go‘shtini tanovul qilgan odamning yil davomida bilib-
    bilmay qilgan barcha gunohlari yuvilib ketadi, deb hisoblaganlar. 
    Boshqa hollarda ham qo‘chqorning muqaddas ahamiyatga ega ekanligi haqidagi 
    tasavvurlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, avvalgi o‘g‘li vafot etgan oilada 
    yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yomon ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ruhlarni 
    qo‘rqitish maqsadida Qo‘chqor deb ism qo‘yishgan. Yaqin kunlarimizgacha 
    Xorazmda aholining ko‘pchilik qismi ko‘z tegishdan saqlanish maqsadida 
    hovlilarida qo‘chqor boqqanlar. Ularning tasavvuricha, yomon nazar qo‘chqorning 
    shoxiga tegib o‘z kuchini yo‘qotadi. 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     –Mavzu Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish