138
qoldirgan. O‘z asarlarida biror marta ham «men» degan so‘zni ishlatmagan, balki
«Bu zaif banda aytadi», deya kamtorona izoh berishi har qanday odamni bugun
ham hayratga soladi.
Al-marg‘inoniy islom dini xuquqshunosligini mukammal o‘rganar ekan, uning
insonparvarlik, yuksak axloqiy va ma’naviy g‘oyalarini jamiyat hayotiga,
musulmonlarning turmush tarziga singdirish va amaliy tatbiq etish yo‘lida
jonbozlik ko‘rsatgan.
Bu buyuk zot o‘z asarlarida o‘sha zamonlarda mo‘min musulmonlar duch
keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar,
mulkchilik,
savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burchi va mas’uliyatlarigacha
taalluqli ko‘pdan-ko‘p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan
hal qilib bergan.
Burxoniddin Marg‘inoniy Islom huquqshunosligi sohasida yaratgan buyuk asarlari
va maktabi bilan islomiy huquq asoslarini belgilab bergani va shu ilmning har
tomonlama rivoj topishiga qo‘shgan hissasi bilan shu zaminda yetishib chiqqan
bizning buyuk vatandoshimizga teng keladigan
boshqa alloma kamdan-kam
topiladi
37
.
Burxoniddin Marg‘inoniyning nomini butun islom olamiga mashxur qilgan shoh
asar «al-Hidoya» dir. Bu asarni 1178-1191 yillar, ya’ni o‘n uch yil davomida yozib
tugatgan. Rivoyat qilinishicha mazkur asarni yozish davomida doimo ro‘zador
bo‘lganlar. “Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat
”Hidoya” – “To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon
mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib
kelinayotgani albatta bejiz emas”,
38
deb ta’kidlaydi Prezidentimiz.
«Al-Hidoya» asari musulmon kishining shaxsiy va ijtimoiy hayotda uchraydigan
deyarli barcha xuquqiy xolatlarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli asardir. Bu
asarni yaratishda Burxoniddin Marg‘inoniy Qur’oni karim oyatlari, xadislar,
dastlabki 4 halifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, sunniylik oqimidagi to‘rt
mazhab asoschilari: Nu’mon
ibn Sobit Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad
ibn Idris ash-Shofi’iy va Ahmad ibn Hanballarning asarlariga tayangan.
«Hidoya» - arabcha qo‘llanma ma’nosini bildiradi. Marg‘inoniyning ana shu
mashhur asari to‘rt jild 57 kitobdan iborat. Ular 165 bob, 152 fasldan tarkib
topgan. «Hidoya» ning birinchi jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy
ibodatlar: namoz, ro‘za, zakot va hajga bag‘ishlangan. Ikkinchi jild nikoh, emizish,
taloq, qul ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak
yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf xuquqi kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Uchinchi
37
Қаранг. И.Каримов. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. Тошкент, «Ўзбекистон», 2001, 9-том,
114-115-
бетлар.
38
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent, 2008. 40 b.
139
jilddan oldi-sotdi, pul
muomalalari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik,
vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, xomiylik kabi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi jildda shafoat, merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va
bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish,
jinoyatlar hususida, xun haqi to‘lash kabi masalalar yoritilgan.
Marg‘inoniyning «Al-Hidoya» asarining eng muhim jihati shundaki, unda har bir
xuquqiy masala albatta Qur’on oyati, xadis bilan asoslanadi. Bundan
tashqari
mavzular mantiqiy izchillikda bayon etilishi bilan ham ajralib turadi.
Bu asar uni bilgan, o‘rgangan va uni mahkam tutgan kishilarning yumuq ko‘zlarini
ochadi, to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga eltadi. Kitob yaratilgan davrdan boshlab
faqihlar, tarixchilar, xukmdorlar diqqatini tortib keladi. «Al-Hidoya» bir necha
asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlari, jumladan Osiyoda ham
xuquqshunoslik bo‘yicha betakror, asosiy qo‘llanma sifatida e’tirof etib
kelinayotir.
O‘zbekistonda 20-asrning 30-yillarigacha – shariat qozilari
bekor qilinib, sho‘rolar
sud tizimi joriy qilinguncha amalda qo‘llanib kelindi. U musulmon mamlakatlari
oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitob jahonning bir necha
tillariga tarjima qilingan. 2000 yilda Al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi
yurtimizda keng nishonlandi. «Al-Hidoya» ning birinchi jildi o‘zbek tilida chop
etildi.