Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning 
mohiyati.
Payg‘ambarimiz Muhammad (sav) vafotlaridan bor necha kun oldin o‘z 


132 
as’hoblariga vasiyat qilib: «Ey odamlar! Men sizlarga shunday narsalarni 
qoldirmoqdanmanki, agar ularni mahkam ushlab amal qilsangizlar, hech qachon 
adashmaysiz. Bu narsa – Allohning kitobi va rasulullohning sunnatidir», - deb 
aytgan edi. 
Bundan ko‘rinadiki Islom huquqi-fiqhning ya’ni shariatning asosiy qonun va yo‘l-
yo‘riqlari Qur’oni karim va payg‘ambarimiz sunnatlarida bayon etilgan. 
Chunonchi Payg‘ambar Muhammad (sav) rahnamoligida birinchi Islom davlati 
tashkil topganda Shariat normalari o‘sha davlatning asosiy qonunlari bo‘lgan va 
jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. 
Payg‘ambar vafotlaridan so‘ng ulug‘ imomlar bu asosiy qonunlardan barcha 
musulmonlarning foydalanishi oson bo‘lishi uchun Qur’on va sunnatning hukm va 
ko‘rsatmalariga asoslanib islomning hamma uchun tushunarli shariat qonun-
qoidalarini ishlab chiqqanlar. Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan qonun va 
qoidalar «fiqh» dir. «Fiqh» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «chuqur tushunish», 
«bilish» demakdir. Imom Hanifa fiqh – «kishining o‘z huquq va majburiyatlarini 
bilishdir», - deb ta’rif bergan. 
Shariatda «fiqh», «Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad orqali nozil qilgan 
shariatni teran fahmlamoq» ma’nosini bildiradi. «Fiqh» ning shariat bo‘yicha 
boshqa ta’rifida: «Fiqh» - shar’iy dalillardan far’iy hukmlar chiqarishdir deyiladi. 
Bu ta’rifdagi «shar’iy dalil» Qur’on va xadislarning ayrim qoidalariga asoslangan 
va ijmo’da tasdiqlangan odamlar xulq atvorini tartibga soladigan «amaliy» 
me’yorlar majmuini bildiradi. «Far’iy hukm» esa umumiy hukmdan kelib 
chiqadigan mujtahidlarning xususiy fikrlaridir
33

Shariat arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi «to‘g‘ri yo‘l», «ilohiy yo‘l», «qonunchilik» 
demakdir. Shariat – Alloh joriy qilgan va barcha mo‘minlar amal qilishi shart 
bo‘lgan amaliy hukmlar majmuasidir. Shariat (fiqh) manbalari to‘rttadir. Har bir 
faqih olim biror narsa to‘g‘risida hukm chiqarishda ana shu manbalarga 
tayanmog‘i shart hisoblanadi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish