O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Naqshbandiya tariqati.
Uning ikkinchi nomi Xo‘jagon yo‘nalishi bo‘lib, u 
shahar va shahar atroflarida rivojlangan va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga 
Xo‘ja Yusuf al-Hamadoniyning mashhur shogirdi Xo‘ja Abdulxoliq al-
G‘ijduvoniy (vaf. 1179 yoki 1220 y.) murshidlik qilgan. Keyinchalik bu oqimga 
Xo‘ja Bahouddin Naqshband (1318-1389) murshidlik qilgan va shu davrdan 
e’tiboran Naqshbandiya tariqati butun islom olamiga tarqala boshlagan. 
Osiyo zaminida eng keng tarqalgan tasavvuf tariqatlaridan biri – 
Naqshbandiyadir. Uning haqiqiy asoschisi Bahouddin Naqshband bo‘lib, u Buxoro 
yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida dunyoga keldi. Bahouddin Naqshbandni 
yoshligida 
Xojagon
tariqati shayxlaridan Muhammad Bobo-yi Samosiy ma’naviy 
farzandlikka qabul qildi. Bir muddatdan keyin Samosiy uning tarbiyasini Amir 
Kulolga topshirdi. Shu bilan birga Bahouddin Naqshbandning haqiqiy shayxi – 
uvaysiya
yo‘lida tarbiyalagan Abdulxoliq G‘ijduvoniy hisoblanadi. Ma’lum 
muddat Samarqandda yashab, u yerdagi shayxlarning 
suhbat
va 
tavajjuh
lariga 
musharraf bo‘ldi. Amir Kuloldan xalifalikni olgach, Qosim shayx, Xalil ota va 
Mavlono Orif kabi Yassaviya shayxlarining huzurida ko‘p yillar qolib, ulardan 
ilmu fayz olishga muyassar bo‘ldi. Ikki marotaba hajga borib kelgan Bahouddin 
Naqshband hayotining oxirgi yillarini Buxoroda o‘tkazdi. Islom olamida juda katta 
obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan Naqshbandning hayoti 
manoqib
larga to‘la bo‘lib, 
bugungacha uning hayoti va tariqatini ifodalovchi juda ko‘plab asarlar bitilgan. 
Shulardan, Faxruddin Ali ibn Husayn Vo’iz Koshifiyning «Rashahot ayn al-hayot» 
risolasi Naqshbandiya tariqati shayxlari haqida keng ma’lumot beradi. 
Naqshbandiyaning silsilasi ikki boshqa-boshqa shahobchalar orqali hazrat Ali va 
hazrat Abu Bakrga borib yetadi. Mashoyix silsilasiga qaraganda, bu tariqat boshqa 
ba’zi tariqatlar bilan aloqador ekanligi va shunga ko‘ra o‘sha davrda farqli nomlar 
bilan atalgani ma’lum bo‘ladi. Chunonchi, hazrati Abu Bakrdan Boyazid 
Bistomiyga qadar Siddiqiya, Bistomiydan Abdulxoliq al-G‘ijduvoniyga qadar 
tayfuriya

G‘ijduvoniydan 
Bahouddin 
Naqshbandga 
qadar 
xo‘jagoniya

Naqshbanddan Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga qadar 
Naqshbandiya
, Xo‘ja Ubaydulloh 
Ahrordan Ahmad as-Sirhindiyga qadar 
Naqshbandiya-ahroriya
, «Mujaddidi alfi 


128 
soni» nomi bilan mashhur Ahmad as-Sirhindiydan Shamsiddin Mazharga qadar 
Naqshbandiya-mujaddidiya

Shamsiddin 
Mazhardan 
Mavlono 
Xolidiy 
Bag‘dodiyga qadar 
Naqshbandiya-mazhariya
, Xolidiy Bag‘dodiydan keyin esa 
Naqshbandiya-xolidiya
deya tilga olingan. 
Naqshbandiya ahli sunna e’tiqodiga amal qiluvchi tariqat bo‘lib, 
xafiy zikr
ga 
asoslangan. Zohiran ko‘zga tashlanadigan xatti-harakatlardan yiroq suhbat va 
robitaga kuchli e’tibor beradi. Ko‘pchilik bilan qilinadigan naqshbandiy zikrga 
«Xatmi xo‘jagon» deyiladi. Bu zikrda tariqatga kirmaganlar qatnashishlari 
taqiqlanadi. Naqshbandiyada tariqatga kirgan darvish ushbu shartlarga amal qilishi 
shart: doimo tavbada bo‘lish, sunnatga qat’iy amal qilish, bid’atlardan qochish, 
hayotiy qulayliklardan voz kechib, taqvoni kuchaytirish, zulm va nohaqlik 
qilmaslik, qarzdor bo‘lmaslik, birovni norozi qilmaslik, qazo namozlarini ado 
etish, Allohni har lahzada zikr qilish. 
Naqshbandiya tariqati quyidagi to‘rt tamoyil asosiga qurilgan:
1) shariat bilan 
zohir
ni poklash; 
2) tariqat bilan 
botin
ni poklash;
3) haqiqat bilan 
qurbi ilohiy
ga erishmoq;
4) 
ma’rifat
bilan Allohga erishmoq. 
Bundan tashqari yana o‘n bir asos-tamoyil ham borki, Naqshbandiya 
tariqatiga kirgan har bir darvish unga rioya qilishi talab qilinadi. Abdulxoliq al-
G‘ijduvoniy ishlab chiqqan bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1.
Hush dar dam 
(har nafasda hushyor bo‘lish) – g‘aflatga tushmaslik, har 
lahza Allohni eslash, har nafas olish-chiqarish chog‘ida Allohni zikr qilish, agar 
g‘aflatga tushsa, istig‘for aytish. 
2.
Nazar bar qadam
(qadamga nazar solish) – solik qaerda bo‘lishidan qat’i 
nazar, yurayotganida oyoq uchiga qarab yurishi lozim, toki qalb ko‘zi va nazari 
bo‘lmag‘ur manzaralarga qarashdan xalos bo‘lsin. Shunda ma’naviy safarda 
ro‘para keladigan tahlikalar tezda oshib o‘tiladi. U tamoyil kamtar bo‘lish va 
mavjud holatga shukur qilishni o‘zida mujassam etadi. 


129 
3.
Safar dar vatan
(vatanda, o‘z yerida turib safar qilish) – solikning yomon 
axloqdan yaxshi xulqqa, bashariy sifatlardan ilohiy sifatlarga yo‘nalishi. Darvish 
bir murshidi komil topgunga qadar jismonan sayohat qilishini bildiradi. 
Naqshbandiylar fikricha, sayru suluk chog‘ida solikni umidsizlikka tushirib, 
qiyinchilik keltirib chiqargani uchun murid murshidi komil topgach sayohat 
qilmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil sayru suluk martabalarini bosib 
o‘tishni o‘zida mujassam etadi. 
4.
Xilvat dar anjuman
(jamoat ichida turib yakkalanish) – zohirda xalq bilan, 
botinan Haq bilan birga bo‘lish. Solik moddiy borlig‘i bilan xalqqa aralashib, turli 
bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro 
etayotib, qalban doimo Allohning huzurida ekanini bir lahza bo‘lsa-da, esdan 
chiqarmasligidir. Bu hol doimiy zikr ma’nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan 
eng oxirgi bosqich – maqomdir. Bahouddin Naqshband Naqshbandiyaning 
tamalini «xilvat dar anjuman» tashkil etishini ta’kidlagan. «Xilvatda shuhrat bor, 
shuhratda esa ofat bor» deya Naqshbandiyada xilvatga ko‘p rag‘bat ko‘rsatilmaydi. 
Shu bois bu tariqatda suhbat va xalq bilan aralashib, ularning dardlariga sherik 
bo‘lib, Haq roziligi yo‘lida xalqqa xizmat qilish muhim o‘rin tutadi. 
Naqshbandiyada Qur’ondagi «Shunday kishilar bordirlarki, ularni na tijorat va na 
oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni 
(haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas» (Nur; 24-37) oyati ushbu holga 
ishora qiladi deb ta’kidlanadi. 
5.
Yodkard
(eslash, zikr etish) – Allohni yod etib, boshqa narsalardan 
ko‘ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o‘zini 
huzur
ichra shayxining ko‘ngli ro‘parasida tasavvur qilib, ko‘zi – og‘zini yopadi, 
tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xokisorlik 
bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib chiqarishda uch daf’a 
zikr etishga urinadi va hokazo. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish