O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Yassaviya tariqati.
Shayx Ahmad Yassaviy (vaf. 1166-67 y.) va uning 
shogirdlari nomi bilan bog‘liqdir. Ahmad Yassaviy sufiylik tariqatining 
targ‘ibotchisi bo‘lish bilan birga shoir ham edi. Yassaviy g‘oyalari bir necha 


130 
marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo 
tadqiqotchilar orasida uning Yassaviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs 
etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so‘ragan kishi sufiy emas, 
balki 
zuhd
va 
taqvo
ni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig‘i bilan 
o‘tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan. 
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog‘istonning 
janubidagi Chimkent viloyati Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ba’zi 
manbalarga qaraganda, u Yasida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga 
ko‘ra, bu yerda u Arslon-bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. 
Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan 
atrofdagi odamlarni xaq yo‘lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Ahmad Yassaviy hayotligidayoq uzoq o‘lkalarga muridlarini jo‘natib, 
o‘z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. Yassaviy 
riyozat, chilla, zikr
va 
mujohada
ga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini 
chillaxona
da 
o‘tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko‘plab manoqiblar saqlanib qolgan. 
Yassaviy tariqatida 
jahriy zikr
ijro etiladi. Zikr chog‘ida darvishning 
tomog‘idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yassaviyya zikriga «
zikri 
arra
», «
zikri minshoriy
» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki 
qo‘lini tizzasi ustiga qo‘yib, nafasini qorniga chiqarib «
ha
» deb, yana qorni 
tomonidan nafas olib bosh, bel, yelka qimirlamagan holda «hayy» deydi va zikr 
shu tarzda davom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma’lumdir. Yassaviylikda 
xilvat
ga 
ham katta ahamiyat beriladi. 
Bu tariqatda muhim o‘rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni 
tanish (
ma’rifatulloh
), mutlaq jo‘mardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish 
(
tavakkul
) va teran tafakkur. 
Yassaviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson 
malomatiya
maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. 
Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan. 
Hatto 
Naqshbandiya
ni Yassaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. 


131 
Ahmad Yassaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg‘oniy 
(vaf. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish