O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

4.
 
Tasavvuf ta’limoti va fiqh ilm. 
Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so‘zlarining kelib chiqishi haqida turlicha 
fikrlar mavjud. Bu so‘zning «suf» (jun chopon) so‘zidan kelib chiqqanligi haqidagi 
o‘rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. 
Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al jundan kiyim kiyishlari edi. 
Tasavvufga asos bo‘lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir 
davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg‘ambarning Abu-d-
Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari 
hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning 
o‘rtalari – IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, 


125 
qorilar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, 
tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda 
sufiy
yoki 
at-tasavvuf 
terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rniga 
zuhd
(tarkidunyochilik) yoki 
zohid

obid
so‘zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik-
asketik oqimning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk 
ikki asr davomidagi siyosiy-ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, 
uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g‘oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, 
xususan, xristianlikning ta’sirini ko‘rsatish mumkin. 
Ilk davr sufiylari, aniqrog‘i, 
zohid
va 
obid
lariga xos xususiyatlar 
quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, 
Qur’on va Payg‘ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar 
bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish
gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini yiroq tutish, halol va harom 
orasini juda uzoq tutish (
vara’
), o‘zini Alloh ixtiyoriga topshirish (
tavakkul
) va h.k. 
Sufiylik ta’limoti 
mu’taziliy
lardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro‘li 
shaxslarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so‘zma-so‘z itoat 
etishdan farqli o‘laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini 
boshqaradigan ruhiyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy 
kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga 
xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak ruhshunos
ilm al-qulub va-l-xavotir
(
qalblar va fikrlar ilmi
)ga asos solgan al-Hasan al-Basriy (vaf. 728 y.) sufiylikning 
asoschilaridan hisoblanadi. 
Al-Hasan al-Basriyning as’hoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, 
Rabi’a al-Adaviya (vaf. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-
Balxiy (vaf. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (vaf. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning 
(VIII-IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo‘lgan sof muhabbat, unga 
yaqinlashishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo‘ldi. O‘sha davrdan 
boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag‘ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik 
mafkurasining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. 


126 
IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun 
qizg‘in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag‘dod va Xuroson sufiylik 
maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari 
avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning 
ahvol

maqomot
lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi 
sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishga olib 
boradigan yo‘l (
tariq
) sifatida qaradilar. O‘z-o‘zini nazorat (
muroqaba

muhosaba

qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo‘lishiga asosiy 
urg‘u beriladi.
Tasavvufda Allohga yetishish (
vasl
) unga qo‘shilib ketish (
baqo
) bilan 
bo‘lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli 
bo‘lmaganligi va mazkur g‘oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al-Halloj (qatli 
922 y.), Ibn Ato, Ayn al-Qudot al-Hamadoniy kabilarning qatl etilishi boshqa 
sufiylarni hushyorlikka chaqirdi. 
Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo‘sinda: bunga ko‘ra, ba’zi 
musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko‘rinishdagi tortishuvlardan, 
quruq bahslardan o‘z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo‘lida 
zuhd
va 
taqvo
ni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida 
birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (vaf. 776-77 y.), 
tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi 
Zunnun al-Misriy (vaf. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga 
chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (vaf. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib 
tartibga solgan kishi Junayd al-Bag‘dodiy (vaf. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan 
birinchi sufiy bo‘lgan kishi Robi’a al-Adaviyadir (vaf. 752-53 y.). Umuman 
olganda, tasavvufning rivojlanish yo‘li islom tarixining ajralmas bir bo‘lagidir. 
Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr 
sufiylarining talqiniga ko‘ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx 
Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (vaf. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga 
ko‘ra Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi: 


127 

Download 1,74 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish