O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Kubraviya tariqati.
Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-
Xivaqiy (vaf. 1221 y.) bo‘lib, tasavvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. 
Xivada tug‘ilgan. Yoshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi 
yo‘q edi. Turli o‘lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, 
unga murid bo‘lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavajjuhiga erishib, 
uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor Yosirga murid bo‘lgan, uning 
tavsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u yerdan «
xirqai tabarruk
» 
kiygan. Yana Misrga – shayxining yoniga qaytgan Kubro shayxi tomonidan o‘z 
vatani Xorazmga 
irshod
vazifasi bilan jo‘natiladi. Kubro Xorazmga ko‘chib borib, 
kubraviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning 
muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Chunonchi, 
Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag‘dodiy bilan «Mirsod al-
ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. 
Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. 
Yozgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo‘lib, bu asar 
barcha tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursaviy tomonidan 
sharh etilgan. «Favoihul jamol» asari esa tasavvuf ruhshunosligi mavzusidadir. 
Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli 
ta’sir qilgan. Chunonchi, bu tariqat naqshbandiya va mavlaviya tariqatlariga ham 
ta’sir ko‘rsatgan. 
Kubraviya ko‘proq O‘rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng 
tarqalgan. Kubraviyaning o‘ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. 
Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli 
ashara» asarida tavsif etilgan. Kubraviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: 
baho’iya xilvatiya, firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, nurbaxshiya, 
barzanjiya. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish