• Zardushtiylik.
  • O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Tangrichilik.
    Qadimgi turklar dini asosini 
    Tangri
    ga (Samo) va Zaminga (Er-Suv) 
    sig‘inish tashkil etadi. Bunda Samoga sig‘inishga asosiy eotibor berilgan. 
    Tangrining xohishi bilan xoqonlar elni idora qilgan. Shuningdek, Tangri xohishi 
    bilan zafar quchganlar yoki mag‘lub bo‘lganlar. 
    Ahamiyat jihatidan undan keyingi o‘rinni maobuda 
    Umay
    – oila va bolalar 
    himoyachisi egallagan. Shuningdek, turkiy tillarda so‘zlashuvchi qabilalarning 
    eotiqodlari ichida salmoqli o‘rinni muqaddas 
    tog‘lar
    va 
    g‘orlar
    ga ziyorat qilish 
    tashkil etadi.Turkiy asotirlarga ko‘ra, Ona bo‘ri turklar ajdodini g‘orda tuqqan. Shu 
    sababli buyuk xoqon bir yilda bir marotaba tog‘dagi g‘orlarga kelib, qurbonlik 
    qilgan. Turkiy xalqlar tasavvurlarida yer-suv, o‘rmon va tog‘larni ko‘pdan-ko‘p 
    arvohlar egallab turadi. Vaqti-vaqti bilan qurbonliklar keltirib, ularni tinchitib 
    turish lozim bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, yer osti saltanati mavjud bo‘lib, o‘lgan 
    kishining ruhi u yerga ko‘chib o‘tadi va uni o‘lim xudosi va yer osti hukmdori 


    146 
    Erklig
    boshqaradi. Ko‘pgina yozma manbalar olovning muqaddasligi, olov bilan 
    poklanish to‘g‘risida, ilohiy kuchga ega bo‘lgan 
    Yada
    toshi vositasida go‘yo 
    yomg‘ir yog‘dira oladigan turk afsungarlari haqida Ma’lumotlar beradi. 
    Maolum davrlardan boshlab O‘rta Osiyo aholisi orasida eski diniy tasavvurlar 
    bilan bir qatorda boshqa sivilizatsiyalar doirasida shakllangan buddizm, 
    yahudiylik, xristianlik, manixeizm va islom diniy tizimlari ham tarqala boshladi. 
    Zardushtiylik.
    Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib borishi bilan diniy qarashlar ham 
    o‘zgara bordi. Diniy afsonalar mazmuni, diniy-yeotiqod amaliyoti ham o‘zgardi. 
    Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda paydo bo‘lgan din - zardushtiylik - o‘tga 
    sig‘inish, Markaziy Osiyoda eng keng tarqalgan diniy tizimlardan biri edi. 
    Zardushtiylik dini asosida foniy dunyoni yaratuvchi xudoning yagonaligi g‘oyasi 
    yotadi. U o‘zining haqiqatini yetqazish uchun odamlar orasidan unga samimiy 
    eotiqod qilgan Zardushtni tanladi. Zardusht- Mazda Yasna dini payg‘ambarining 
    nomi. Zardushtiylik bu diniy taolimotning shartli nomi bo‘lib, birinchi 
    targ‘ibotchisi nomi bilan atalgan. 
    O‘tmishda Zardo‘shtning va «Avesto» ning vatani qaerda bo‘lganligi to‘g‘risida 
    bahs-munozaralar bo‘lib ikki xil fikr ilgari surilgan. Birinchisi «G‘arb nazariyasi» 
    bo‘lib, bu nazariya tarafdorlari xozirgi Eron xududida joylashgan Media Zardo‘sht 
    vatani, Zardo‘shtiylik dini ana shu erda yuzaga kelgan va boshqa o‘lka xalqlari 
    o‘rtasida tarqalgan, degan fikrni ilgari surib kelmoqdalar. 
    Ikkinchi fikr «Sharq nazariyasi» deb yuritilib, bu nazariya tarafdorlari 
    Zardo‘shtning vatani va zardo‘shtiylik dinining yuzaga kelgan, ilk tarqalgan joyi 
    qadim Xorazm bo‘lgan deb eotirof etadilar. 
    Ko‘p yillik bahs-munozaralardan so‘ng pirovardida o‘ttizdan ortiq xorijiy 
    avestoshunos olimlar va o‘zimizning tadqiqotchi olimlarimiz Zardo‘shtning va 
    «Avesto» ning vatani O‘zbekiston, qadim Xorazm bo‘lgan degan qatoiy bir fikrga 
    kelganlar. Tadqiqotchi olimlarning bunday yakdillik bilan chiqargan xulosalarini 
    YuNESKO ham tasdiqlagan. 
    Shunday qilib, zardo‘shtiylik Markaziy Osiyoda shakllanib, keyinchalik Eron va 
    boshqa o‘lkalarga tarqalgan.
    15
     
    Zardo‘sht so‘zining lug‘aviy maonosi turlicha izohlanib kelinadi. Bir taobirga 
    ko‘ra «Sariq, tilla rang sohibi (egasi)»; boshqa bir taobirga ko‘ra «Zarrin yorug‘lik 
    egasi»; yana bir taobir bo‘yicha «Oq tuyalik, tuya boquvchi» demakdir. Baozi 
    tarixiy manbalarda bu nomning maonosi – «yulduz o‘g‘loni» deb taoriflangan. 
    Zardo‘sht insoniyat xaloskori sifatida maydonga chiqib, taraqqiyot uchun g‘oyat 
    zararli bo‘lgan ko‘pxudolik eotiqodlarini g‘ayriinsoniy mohiyatini anglab, 
    15
    Қаранг. Фозила Сулаймонова. Шарқ ва Ғарб. Тошкент, «Ўзбекистон», 1997. 24-бет; Ўзбек 
    миллий энциклопедияси. 3-жилд, Тошкент -2002. 683-бет; Ислом энциклопедия. А. «Ўзбекистон 
    миллий энциклопедияси», Давлат нашриёти. Тошкент – 2004. 18-бет. 


    147 
    kishilarni yakkayu yagona Oliy Tangri – Axura Mazdaga eotiqod qilish g‘oyasini 
    ilgari surdi. Zardo‘sht vaxdoniyat – yakka xudoga eotiqod qilish g‘oyasini ilgari 
    surgan payg‘ambar sifatida insoniyat tarixi sahnidan o‘rin oldi. 
    Barcha payg‘ambarlar singari Zardo‘sht ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda qadr-
    qiymat topmaydi. Uzliksiz taoqib, tazyiq, tahdidlardan bezib, o‘z muxlislari va 
    tarafdorlari Bilan Eronga – axmoniylar shohi Gushtasi (Vishtasp) xuzuriga ketadi. 
    Shoh va malika Xutaosa butun saroy ayonlari bilan birgalikda Zardo‘shtning yangi 
    dinini qabul qiladilar va uning keng yoyilishiga yordam beradilar. Natijada 
    Zardo‘shtiylik uzil-kesil qaror topadi. 
    «Avesto» uzoq davrlar mobaynida – miloddan oldingi 3 ming yillikning 
    oxirlaridan boshlab og‘zaki tarzda shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelgan. 
    «Avesto» ni Zardo‘sht diniy asar sifatida bir tizimga solgan, hamda o‘zi ham uning 
    «Gohlar» (Gotlar) qismini yozib kitobat qilgan. «Avesto» so‘zining lug‘aviy 
    maonosi «o‘rnatilgan, qatoiy qilib tayin etilgan qonun-qoidalar» demakdir.
    «Avesto» - «Yasna», «Gohlar», «Visparad», «Yashtlar», «Vandidad» va «Kichik 
    Avesto» dan iborat. 
    - «Yasna» - toat, taozim, salovatga loyiq, munosib maonolarini ifodalaydi. U 
    «Avesto» ning eng qadimgi muhim qismi bo‘lib, 72 bobdan iborat bo‘lgan hamdu 
    sano, qurbonlik duolaridan tashkil topgan. 
    - «Gohlar» - maonosi qo‘shiq-gimn demakdir. U ham «Yasna» ning 72 bobi 
    sirasiga kiradi. «Gohlar» Zardo‘sht tomonidan ijod qilingan beshlik qo‘shiq-
    gimnlaridir. Ularda yakka xudolik taolimoti, ikki qarama-qarshi kuchlar – ziyo va 
    zulmat, ezgulik va yovuzlik, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurashda har bir inson 
    yakayu-yagona oliy Tangri – Axura Mazda amriga ko‘ra ezgulik kuchlari 
    tomonida bo‘lishi kuylanadi. 
    - «Visparad» 24 bobdan iborat ibodatga doir qo‘shiqlar, xukmdorlarga qaratilgan 
    munojaatlar va jamiyki radlar madhidir. 
    - «Yashtlar» - maqtovlar, qutlovlar, eozozlar kabi maonolarni bildrib, u 
    zardo‘shtiylarning o‘qib yuradigan duolari va alohida ilohlarni madh etuvchi 
    qo‘shiq-oyatlardan iborat. 
    - «Vandidad» ning maonosi yovuz kuchlarga, devlarga qarshi qonun maonosini 
    bildiradi. U 22 bobdan iborat. 
    - «Kichik Avesto» (Xurda Avesto – deb ham yuritiladi.) «Avesto» hajmi katta
    kitob, yaoni bo‘yi 120 sm, eni 70 sm dan iborat bo‘lganligi sababli undan dindorlar 
    kundalik faoliyatida froydalanishga qiyinchilik tug‘dirgan. «Avesto» dan 
    dindorlarning kundalik hayoti uchun zarur va ahamiyatli bo‘lgan duolar, olqishlar, 
    qo‘shiqlar tanlab olinib, shu asosda «Kichik Avesto» to‘plami yaratilgan. 
    «Avesto»da koinotning dastlabki unsuri – er, suv, havo, olov ulug‘lanadi. Tabiatni 
    bulg‘ash katta gunoh ekanligi taokidlanadi. Olov – gunohlarni poklovchi, yovuz 


    148 
    ruhlarni daf etuvchi sehrli kuch, deb taokidlanadi. Hatto erni, suvni 
    ifloslantirmaslik maqsadida mayit (o‘lgan kishining jasadi) ni erga ko‘mish, suvga 
    tashlash gunoh deb hisoblangan. Mayitni go‘shtini qushlarga edirib, suyaklarini 
    etdan tozalab uni maxsus sopol quti (ossuariy) larga solib, ayrim binolarda 
    saqlaganlar yoki maxsus quduqqa sochib yuborganlar. 
    Bu din behuda qon to‘kuvchi, qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik 
    hujumlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, 
    chorvachilik bilan shug‘ullanishga daovat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga 
    urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblab, hayrli ishni, axloqli, odobli 
    bo‘lishni targ‘ib etgan. Zarbo‘shtiylik dinida qo‘riq er ochib uni bog‘u-rog‘ga 
    aylantirgan odam ilohiyat rahmatiga sazovor bo‘ladi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlar, 
    sug‘orish inshoatlarini buzganlar kata gunohga qoladilar, deb uqdiriladi. 
    Insoniyat tarixida birinchi bo‘lib Zardo‘sht yaratgan dinda insonlarning bu 
    dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bo‘lajagi haqidagi g‘oya 
    ilgari surilgan. Zardo‘shtiylik ta’limotining asosi olam qarama-qarshiliklar kurashi 
    asosiga qurilgan, degan g‘oyadan iborat. Bu qarama-qarshilik tabiatda hayot va 
    o‘lim, yorug‘lik, ziyo va zulmat, ijtimoiy hayotda adolat va adolatsizlik, axloqiy 
    hayotda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi abadiy kurashda 
    namoyon bo‘ladi, ko‘rinadi. 
    Ezgulik, yaxshilikning ifodachisi Axura Mazda doim yovuzlik, yomonlik xomiysi 
    Axrimanga qarshi kurash olib boradi. Ahura Mazda – «Ahura» va «Mazda» 
    so‘zlaridan iborat. Mazda so‘zi oldiga «ulug‘lash» so‘zi –Axura qo‘shilib Axura 
    Mazda nomi paydo bo‘lgan. Mazda so‘zi esa butun borliqni yaratgan mutloq aql, 
    dono, qudratli rahnamo demakdir. Shunday qilib Axura Mazda so‘zini «Xudo 
    Mazda», «Dono Xudo», «Ulug‘, qudratli xudo» deb tushunsak bo‘ladi. 
    Axriman so‘zining maonosi esa – yomonlik, yovuzlik, olami demakdir. U yovuzlik 
    timsoli bo‘lib, barcha shaytoniy kuchlar: yovuz devlar, jodular, al-vasti, tamomila 
    yomon kuchlar sardori deb qaraladi. 
    «Avesto» da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnat yaxshilik, moddiy noz-
    neomatlar manbai ekanligi uqdiriladi. Inson sahovatli bo‘lishi uchun avvalo 
    mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noz-neomatlar yaratishi zarurligi aytiladi. Unda: 
    «Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik eotiqodini 
    olg‘a suradi, imonni oziqlantirib turadi…», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming 
    marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, 
    mehnat qilish – erdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla erdan unib 
    chiqqanda», - deyiladi «Avesto» da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib 
    olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular 
    mahv (engiladi) bo‘ladi…» deb mehnat ulug‘lanadi. 


    149 
    «Avesto» da inson axloq – odobi, maonaviyati quyidagi uchlikda: 

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish