• Pedagogik faoliyatning texnologiyalashuvida psixologik yondashuv
  • 4-ma’ruza. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatga kirishi. Reja




    Download 60,22 Kb.
    Sana23.05.2024
    Hajmi60,22 Kb.
    #251354
    Bog'liq
    4-ma’ruza. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatga k


    4-ma’ruza. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatga kirishi.
    Reja:
    1. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining professional pedagogik faoliyati.

    2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi,

    3. Pedagogik faoliyatning texnologiyalashuvida psixologik yondashuv

    4. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ faoliyatga tayyorlash.


    O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga qo’yilayotgan vazifalarini bajarish ko’p jihatlarda o’qituvchilarga bog’liq. Bozor siyosatga o’tish sharoitida ta’lim - tarbiyadan ko’zda tutilgan maqsadga erishish, o’quvchilarni xilma - xil fao liyatini uyushtirish ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ish bilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi O’zbekistonning istiqboli, ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligigacha, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatga bog’liq. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o’quvchilar va talabalarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashga alohida e’tibor bermoqda.
    O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik naziriyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun - qoidalar, tamoillar, umumlashtirilgan, metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni puxta amaliy, tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi. O’qituvchilik kasbini tanlash. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
    Pedagogik kasbni tanlagan kishi avvalo so’g’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olish, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek, bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq xushmuomalalik, kuzatuvchanlik o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqlilik darajasini ko’rsatadi.
    Pedagogik faoliyat - yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim – tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. “Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” , - deyiladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda o’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash , unda milliy va umuminsoniy fazilatlarini tarkib toptirish vazifasi eng oliy janob yuksak va shu bilan birga murakkab vazifadir. Har bir bola o’z xulq - atvoriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini belgilashlari lozim. O’qituvchilik ixtisosning bu xususiyatlarini uning kasbnoma (prafessogramma)sida ifodalanadi.
    Kasbnoma qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi shaxsining xususiyatlari: o’qituvchining psixologo – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar; maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
    O’qituvchi shaxsining xususiyatlari qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

    • mafkuraviy sohada - ilmiy dunyoqarash va e’tiqod sosial va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy faollik;

    • kasbiy pedagogik sohada - bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; psixalo - pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, talabchanlik, qat’iylik vamaqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish;

    • bilim sohasidakeng ilmiy saviya ma’naviy ehtiyoj va qiziqarli, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish.

    O’qituvchining psixologik - pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: Bilim egallash sohasida pedagogikaning metadologik asoslarni, shaxsning rivojlanishi va shakllanish qonuniyatlarini bilish; tarbiyaning, maqsadi, vazifalari shakl va metodlarini tushunish, bolalar va o’smirlar anatomofiziologik rivojlanishlarining asosiy qonuniyatlarini bilish, o’quvchilar gigienik tarbiyasining nazariy, tabiiy – ilmiy asoslari va vositalarini bilish, bolalar
    rivojlanishining psixik qonuniyatlarini har xil yoshda shaxsning individual psixologik xususiyatlarini bilish.
    Ko’nikma va malakalar hosil qilish sohasida.
    Pedagogik vaziyatni tahlilqilish; pedagogik ta’sirlarni rejalashtish va natijalarni mo’ljallay olish ijtimoiy pedagogik hodisalarning amaldagi holatini ularning paydo bo’lish va rivojlanish sabablarini, shart-sharoit va xarakterlarini tahlil qila bilish va baholay olish o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini aniqlash shaxs va jamoaning rivojlanishini belgilay olish ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va xatolarni ko’ra bilish aniq pedagogik vazifalar va ularni hal qila olish o’quvchilarning sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni rejalashtirish o’quv tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslangan tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini tanlab olish rejalashtirilgan pedagogik ta’sirlarga o’quvchilarning javob harakatlarini oldindan chamalab bilish ko’nikmalari.
    O’quv tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish sohasida o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini hisobga olgan holda maqsadiga muvofiq o’quv materallarini tanlash uni analiz va sintez qila olish ko’mikmasi: ilmiy materialni qayta ishlab o’quv materialiga aylantira olish ko’nikmasi ma’lum didaktik vazifaga muofiq o’quvchilar tajribasini hisobga olgan holda murakkab matnlarni va o’quv materialni ijodiy va asosli tashkil eta olish ko’nikmasi.
    Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish sohasida: tarbiyaviy maqsadga muofiq ayrim o’quvchilar va jamoa uchun vazifalar belgilash, qo’yilgan maqsad asosida ularning tushunchasni o’zgartira olish ko’nikmasi: bolalarga ta’sir o’tkazish va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni rejalashtirishni ko’nikmasi : o’quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko’nikmasi: bolaning tashqi ko’rinishi va qiliqlaridan ruhiy holatidagi o’zgarishlarini aniqlash, ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususyatlarini anglash va izohlash ko’nikmasi; o’zini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish va pedagogik ta’sirning ancha kuchli vositalarini tez topa olish ko’nikmasi; to’g’ri talablar qo’ya bilish, pedagogik vazni va har bir o’quvchining xususyatlariga qarab ularni o’zgartira olish ko’nikmasi tarbiyalanuvchilarni o’ziga qarata olish ko’nikmasi ayrim bolalar o’quvchilar jamoasi va kichik guruhlar shuningdek ota-onalar va o’qituvchilar bilan pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlar o’rnata olish ko’nikmasi har xil odamlar bilan turli sharoritda aloqa qilish umumiy til topa bilish ko’nikmasi ijobiy yoki salbiy ijtimoiy -psixologik hodisalarning jamoadagi munosabatlarning xarakterini ocha bilish ko’nikmasi.
    Pedagogik jarayonni to’g’ri uyushtirish sohasida qo’yilgan pedagogik vazifani asosli ravishda o’zgartira olish ko’nikmasi tashqi ta’sirlarga moslanishi yoki ulardan saqlanish sharoitga qarab harakat vositalarini tanlash va qayta o’zgartira olish malakasi o’quvchilarning jamoadagi o’zaro munosabatlariga muofiq ravishda ularni to’g’ri yo’lga sola bilish paydo bo’lib
    turgan nizolarni yo’qota bilish o’quchilar orasida do’stlik va o’rtoqlikni rivojlantira olish ko’nikmasi ko’rsatilgan yo’l - yo’riqlarni amalga oshirish o’quvchilarning ishi ustida joriy nazorat qilish faoliyatning xarakter va yo’nalishini almashtirib turish ko’nikmasi.
    Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuniga quyidagilar kiradi: ixtisosga doir bilimlarni bilish ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini bilish fanning nazariy va amaliy ahamiyatini hozirgi darajasi qonunyatlari tarixi va rivojlanishning keyingi asosiy yo’nalishlarini bilish maktab kursi fan asoslarining muqaddimasi ekanlgini tushunish ayrim fan sohasidagi bilimlarni chuqurlashrirish mustaqil ilmiy tadqiqotlar ishidan dastlabki malakalar hosil qilish bilimlarni mustaqil to’ldirish uchun bibliografik ma’lumotnomalar ko’rsatmalar profekt telematik katologlaridan foydalanish.
    Ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuni maktablar rivojlanishining hozirgi bosqichida fanlarni o’qitishning maqsadi va vazifalari bilish davlat ta’lim standarti amaldagi maktab dasturi darsliklari va asosiy o’quv qo’llanmalari har tomonlama puxta bilish o’quvchilarda fanga qiziqishni uyg’otish va rivojlantira bilish mutaxasislik bo’yicha hamma o’quv tarbiyaviy ishlarni hozirgi zamon didaktikasi psixolog –pedagogik tizimli texnalogik yondashuvlar va texnikalar darajasida tashkil qila bilish oddiy ko’rgazmali qurollar tayyorlay bilish, o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash, maktabda olib borishga tayyorgarlik predmeti
    Download 60,22 Kb.




    Download 60,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatga kirishi. Reja

    Download 60,22 Kb.