O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

ttinchidan,
ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lummaqsdlar 
sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, kelajakka yorqin 
ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan 


169 
“mexanizm” hamdir. Xuddi ana shu muhim “mexanizm” hamdir. Xuddi ana shu 
“mexanizm” dan mustaqillikni mustahkamlash, islohatlarni amalga oshirish, 
millatimizni qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyij davlatimiz, eng 
avvalo birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonida o‘z vaqtida anglab olindi. 
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin ma’naviyatni rivojlantirish va milliy 
merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga 
ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli birinchi Respublika Prezidentimiz 1994 yil 
23 aprelda “ Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish 
to‘g‘risida”, 1996 yil 9 sentyabrda “ Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini 
yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” , 1999 yil 3 
sentabrda “ Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab –quvvatlash 
to‘g‘risida” gi farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentabrdagi farmonda, “ …. 
ma’naviy – ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi, deb 
hisoblansin” , deb belgilandi. 
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar Mahkamasi “ Ma’naviy –ma’rifiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora –tadbirlari 
to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etkanimizdek, Oliy Majlisning 
ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada 
yuksaltirish, islohatlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan 
muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligi xalqimiz e’tobori qaratildi. 
Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan 
davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Birinchi prezidentimiz ing milliy ma’naiy tilanishimiz borasidagi milliy konseptual 
g‘oyalarni amalga oshirishdagi hizmatlarini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. 
Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomolari nomlari tiklandi, ular 
tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. 
Chunonchi, Bahouddin Naqshbandning 675,Najmiddin Kubroning 850, Imom 
Buxoriy hazratlarining 1225, Ahmad Farg‘oniy 1200, Jaloliddin Manguberdining 
800, Amir Temurning 660, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavallud ayyomlari; 
“Alpomish” dostoni va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi 
nishonlandi.
Mustaqillik yillari “Qur’oni Karim” o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ko‘p nusxada 
chop etildi. Imom Buxoriyning to‘rt jildlik hadislari, Xoja Ahmad Yassaviyning 
“Xikmatlar” to‘plami, ko‘plab “Qur’oni Karim”shaharlariga oid kitoblar chop 
etilganligi va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib 
turibmiz. 
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari bayram sifatida 
nishonlanmoqda. “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan 


170 
mustahkam o‘rin oldi. Har yili minglab vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini 
ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‘plab masjid va madrasalar ta’mirlandi, 
yangilari barpo etildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz qurbonlari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, 
Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular 
tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag‘on yillarida 
Vatanimiz mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu 
sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylshtirish maqsadida Toshkent 
shaxrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi. 
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik beruvchi 
Xiva, Buxoro va Termiz shaharlarining 2500, Qarshi shaxrining 2700, 
Marg‘ilonning 2000 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. 
So‘nggi 
yillarda 
O‘zbekiston 
jadal 
rivojlanmoqda. 
Ajdodlarimizning 
donishmandlik an’analariga amal qilib teran anglagan holda islohotlar amalga 
oshirilmoqda, mamlakatimizning yangi qiyofasi shakllantirilmoqda. 
Ko‘p asrlik 
milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati 
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning 
asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-
ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri sifatida hisoblanmoqda.
“So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, 
Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy 
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va 
targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda”
55

Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-
muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib 
qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-
ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017 – 2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 

Download 1,74 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish