O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Birinchidan
jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda 
yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi 
bo‘lgan vazifalari mohiyati va manfaaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda
o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
Ana shu ma’noda ham ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning 
muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustuvorlik bilan qaraydi. 
Ikkinchidan,
mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq sovet mafkurasidan voz 
kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. 
Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham 
o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, 
birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu 
iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. 
Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi 
o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik 
haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, 
balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berishga hizmat qila boshladi. 
Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli. 


168 
Uchinchidan,
mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan muammolar 
oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarni 
ta’lim olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga 
chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi.To‘g‘ri, pul toppish, o‘z 
hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy 
ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo, bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti 
manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga hizmat 
qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish