Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar)




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar).
Islom dini rivoji va xadis ilmining yuksak pog‘anaga ko‘tarilishiga 
Movaraunnahrlik allomalar o‘zlarining beminnat zahmatli mehnatlari bilan katta 
hissa qo‘shganlar. Ana shulardan biri Imomlar imomi, muhaddislar peshvosi Imom 
al-Buxoriydir. Unga qadar bu o‘lkada hadis to‘plagan muhaddislar – Imom 
27
Qarang. Islom ensiklorediya. 209-bet.


103 
Abdulloh Marvaziy, Imom Ahmad ibn Xanbal, Imom ash-Shoshiy, Abu Bakr al-
Barakotiy, Imom Abulxasan as-Samarqandiy va boshqalar bo‘lgan. 
Imom al-Buxoriy xijriy 194, milodiy 810 yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi 
vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy 
ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishgan. 16 
yoshliklarida onasi va akasi Axmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etdi. 
Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Makka va Madinada 
mashhur ulamolardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda payg‘ambarning 
sahoblari, sahobalarning izdoshlari turli shahar va mamlakatlarga tarqab ketgan 
edilar. Buxoriy payg‘ambarimiz hadislarini to‘plab, tartibga solmoq niyatida ana 
shu shahar va mamlakatlarga roviylarni izlab boradi. U Hijoz, Makka, Madina, 
Toif, Jidda, Basra, Kufa, Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga boradi. Xuroson, 
Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray kabi shaharlarda bo‘lib xadislar to‘plash bilan 
birga shu ilm sirlarini o‘rganadi. Bu haqda Imom al-Buxoriy «Men bir ming 
saksonta muhaddisdan hadis eshitdim», deb qayd etgan. Ul zot o‘zining noyob 
qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofiza (xotira) sining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini 
lol qoldirgan. Buxoriy ja’mi 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahih» 
va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod bilar edi. Imom Ahmad ibn Xanbalning 
aytishicha: «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas». 
Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan Xolid ibn Ismoil shunday yozadi: 
«Imom Buxoriy bilan bizlar ustozning darsini eshitardik. Ustoz rivoyat qilgan 
hadislarni bizlar yozib olardik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o‘tirardi. Bir 
necha kunlar o‘tib, shu orada ustoz 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz 
Buxoriyga – Sen nega hadislarni yozmaysan? – deb aytganimizda, - Sizlar yozib 
borayotgan hadislarni men ustoz og‘zidan yodlab olayotirman, - deb, ustoz rivoyat 
qilgan hadislarni bir chekkadan yoddan o‘qib berdi». 
Buyuk muhaddis Imom Muslim ibn al-Hajjoj ham Buxoriyning hadis ilmi 
borasidagi buyukliklariga tan bergan va shunday degan edi: «Hasad qiluvchilardan 
bo‘lak hech kim sizga ta’na qilolmaydi. Dunyoda Sizga yetadigan muhaddis 
yo‘qligiga men guvohlik beraman». Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: Siz 
hamma muhaddislar imomi va hadislarning illati, zaifligini yaxshi biladigan mohir 
tabibi ekansiz. Muborak oyog‘ingizni bersangiz, men bir bo‘sa olay. 
Imom Buxoriy safardalik chog‘larida qaysi shaharga borsalar hadis ilmidan, dinu-
shariatdan madrasalarda saboq berar edi. Uning shogirdlaridan biri Abu Ali Solih 
al-Bag‘dodiyning aytishicha Imom Buxoriyning Bag‘doddalik vaqtlarida olib 
borgan saboqlarida 20 mingdan ortiq talaba xozir bo‘lardi. Shayh Muhammad 
Yusuf al-Firabiyning aytishicha, Imom Buxoriyning «al-Jome’ as-Sahih» larini 
o‘zlaridan 90 ming kishi eshitgan ekan. 


104 
Imom Buxoriy o‘z vatanlari Buxoroga qaytgach tolibi ilmlarga hadisdan dars 
bergan. Arab xalifaligining Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad az-Zuhayliy Imom 
Buxoriyga: «Bundan buyon saroyga kelib turing va bolalarimga (ikkinchi 
rivoyatda saroy ahliga) «al-Jome’ as-Sahih» dan saboq bering», - deb maktub 
yuboradi. Imom Buxoriy bu taklifni qabul qilmay, quyidagi javobni bergan: «Men 
ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak 
bo‘lsa, bolalarini (ikkinchi rivoyatda saroy ahlini) uyimga yoki masjidimga 
yuborsin». Buxoriyning fazlini ko‘rolmagan hasadgo‘y kimsalarning fitna va 
ig‘volari tufayli amir az-Zuhayliy Imom Buxoriyni o‘z ona shahri Buxoroni tark 
etish haqida farmon beradi. Buxoriy Samarqandga yo‘l oladi. Samarqand 
yaqinidagi Xartang qishlog‘idagi qarindoshlaridan birining uyiga tushib, shu yerda 
bir necha kun betob bo‘lib yotib qoladi va xijriy 256, milodiy 870 yili ramazon 
oyining oxirgi kuni vafot etadi. Ertasi hayit kuni janoza o‘qilib, shu Xartangda 
dafn qilinadi. Bu yer xozirda xalqimizning ziyoratgohiga aylangan. 
O‘z R Vazirlar Mahkamasining «Buyuk muhaddis imom al-buxoriy tavalludining 
1225 yilligini nishonlash haqida»gi 1997 yil 29 apreldagi qarori asosida 
Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Xartang qishlog‘ida ulkan 
yodgorlik majmui ochildi. «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan 
o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan 
qo‘llab quvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz 
dirxamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha 
dabdaba va sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymagan. 
Imom Buxoriy umr bo‘yi o‘ta fidoyilik ila butun aql-zakovatini ishga solib 
xadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih va g‘ayri 
sahihga ajratgan. Bu mashaqqatli ish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom 
dunyosining eng buyuk allomalarimizdan biri sifatida tanitdi. Undan kelgusi 
vlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma’naviy meros – 20 dan ortiq asar qolgan. 
Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli 
to‘plam»), «Al-Adab al-Mufrad» («Adab durdonalari»), «At-Tarix al kabir» 
(«Katta tarix»), «At-Tarix as-sag‘ir» («Kichik tarix»), «At-Tafsir al-kabir» («Katta 
tafsir»), «Al-Jome’ al-kabir» («Katta to‘plam») va boshqalar. “Buyuk mutafakkir 
va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror 
hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida 
“Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning 
muborak nomlarini hurmat ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining 
gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al Jome’ as-sahih” kitobi islom 
dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom 
e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i 


105 
hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon 
nuri bilan munavvar etib, haqi va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”, - 
Prezidentimiz ushbu ta’rifi bilan Imom Buxoriyning islom madaniyatidagi buyuk 
hizmatiga munosib bahosini berdi
28
.
Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» deb nomlangan 4 jildlik hadislar to‘plami 
Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob va islom manbasi 
sanaladi. To‘plam Payg‘ambar hadislaridan tashqari, fiqh, islom marosimchiligi, 
axloq-odob, ta’lim-tarbiya, o‘sha davr tarixi, etnografiyasiga oid ma’lumotlar 
mavjudligi bilan ham qimmatlidir. Imom Buxoriy o‘zi to‘plagan 600 ming 
hadisdan 7275 ta eng ishonarli «sahih»larini mazmuniga ko‘ra tasniflab, butkul 
yangicha tartibdagi hadislar to‘plamini yaratdi
29

Imom Buxoriy axloq va odobga oid hadislarni jamlab «Al-Adab al-Mufrad» 
hadislar to‘plamini yaratdi. Unga 1322 ta hadis jam qilingan. 
Ul buyuk zot ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Ular orasida eng mashxurlari-
Muslim ibn Hattot, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Abu Zur’a, Abu Bakr ibn Xuzayma 
va boshqalardir. 
Movorounnahrlik mashxur muhaddislardan yana biri Abu Iso at-Termiziy 
(824/825-892)dir. Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand, 
Buxoro, Marv va boshqa shaharlardagi mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini 
o‘rgangan. At-Termiziy hadis o‘rganish va ularni yig‘ish uchun 20 yil o‘zga 
yurtlarda bo‘ldi. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, ko‘plab hadislar 
xususida fikr almashdi. At-Termiziyning buyuk alloma bilan besh yil birgalikda 
yashashi va muloqotda bo‘lishi uning hayotida muhim o‘rin tutdi, xususan «Sahihi 
Termiziy» asarining yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Agar Imom 
Buxoriy har bir hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, 
Termiziy hadislarning darajasini aniqlashda «sahih»dan keyin «xasan» bosqichini 
kiritdi. 
Hasan-zaif bo‘lmasada, sahihdan darajasi pasroq hadislarga nisbatan berilgan 
bahodir. 
At-Termiziy hadisining fiqhga qanday taalluqli ekanini ham ko‘rsatib berdi. U 
«Sahihi 
Termiziy»dan 
tashqari 
«Shamoili 
Nabaviya» («Payg‘ambar 
alayxissalomning shakl va sifatlari»), «Kitob uz-zuhd» («Zohidlik kitobi»),
«Asmo’ us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»), «Kitobul-ilal» («Illatlar kitobi») va 
boshqa asarlar yozgan.At-Termiziy yozgan «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli 
to‘plam»-«Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham yuritiladi. 
Mazkur to‘plam Imom Termiziyning 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni 
o‘rganib, yig‘ib, so‘ng ustozi va zamondoshi Imom Buxoriy bilan maslahatlashib 
28
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent, 2008. 38 b.
29
Qarang. M. Imomnazarov, M.Eshmuhamedova. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. 135-bet.


106 
yig‘gan to‘plamidir. U tartibi ixchamligi, takrori ozligi bilan ajralib turadi. Unda 
boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir 
bobning hadisi keltirilgandan so‘ng, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilgan 
roviylarning ismlari sanab o‘tilgan. Har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik 
darajasi aniqlab berilgan. Har bir «sahih» ustiga «xasan» belgisi, ya’ni «juda 
sahih», «beshak sahih» qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Imom at-Termiziyning 
ma’naviy merosiga Prezidentimiz o‘zining shunday yuksak bahosini beradi: “Yana 
bir ulug‘ vatandoshimiz – Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy 
merosi, jumladan, “Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak 
qadrlanadi. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo‘lib kelgan 
insof va adolat, insonparvarlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalari hozirgi murakkab 
davrimizning ko‘plab ahloqiy ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim 
ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir”
30
.  
1990 yilda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi mamlakatimizda keng 
nishonlandi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar)

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish