O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

1.
 
Masala bayoni. Islomning kelib chiqishi va shakllanishi va boshqa 
o‘lkalarga tarqalishi
Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart –sharoit va 
ma’naviy hayot. 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan 
esa xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Xozirda Islom diniga e’tiqod 
qiluvchilar soni qariyib milliard 600 million kishini tashkil etadi
18
. Yil sayin bu 
dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. 
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (xozirgi Saudiya 
Arabistonida) paydo bo‘lgan. 
Islom – arabcha so‘z bo‘lib, mazmuni bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh 
irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» 
- «islomni qabul qilgan», «itoatli», «sadoqatli» demakdir. Ko‘pligi «muslimun» 
deb ataladi. Bu so‘z xozir o‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – 
musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 
Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunimoqlik, 
itoat etmoqlik va butun qalb bilan ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon 
(ishonch) keltirmoqlik demakdir. Jahonda qariyb 1,6 mlrd. kishi islomga e’tiqod 
18
Qarang. Islom ensiklopediya. 113-bet.


89 
qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a 
aholsining 20 % dan ortiqrog‘ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga 
to‘g‘ri keladi. Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq 
mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. 
Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil 
mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Avg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, 
Indoneziya kabi mamlakatlarida aholining 80% dan ortig‘i musulmonlardir. Bir 
qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % gacha tashkil qiladi. 
(Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi 
bir mamlakatlar (Givineya-Bisau, Kamerun, Burkina-Faso, Serra-Leone) da 
musulmonlar ozchilikni tashkil etsada, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni 
jihatdan eng yirik davlatlar – Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; 
Musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopeya, 
Tanzaniya, Kipr, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Albaniya, Bosnya va 
Gersegovina, Makedoniya, Serviya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, GFR, 
Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, 
Kanada, Argentina, Brazilya, Gayana, Surinam, Trinidad, Tabago) da, 
Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. 
Islomning paydo bo‘lishi VI asr oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida 
yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro‘y 
bergan. 
Bu davrda arablar katta-kichik qabila va urug‘larga bo‘linib ketgan bo‘lib, ular 
o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turardi. 
Ikkinchidan, bu davrda Arabistonda ko‘p xudolilik dinlari mavjud bo‘lgan. Asosan 
fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish xukmronlik qilardi. Har bir qabilaning o‘z 
dini, sanami bo‘lib, 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanardi. Ularni arablar vaqti-
vaqti bilan ziyorat qilib turganlar. 
Uchinchidan, bu davrda arab qabilalari o‘rtasida joxiliya – bilimsizlik holati, 
jaholat xukmronlik qilardi. Ya’ni, arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, 
buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hatti-
harakatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yo‘qolgan edi. Fohishalik 
bir kasbga aylangandi. Ayollarga hayvondek muomila qilinardi. Go‘dak qizlarni 
tiriklayin ko‘mish odati bo‘lgan va boshqalar. 
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik 
hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni haqli ravishda Joxiliya deb 
atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi. 
Bunday xolatlarga, ayniqsa bo‘linib ketgan arab qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizo 
va urushlarga barxam berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan 


90 
yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa 
yagona xudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lardi. 
Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan 
edi. Chunonchi, xaniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy 
harakati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xaniflar arab qabilalarini birlashtirish 
jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka xudoga ishonishni va 
ko‘pxudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Xaniflar o‘z 
targ‘ibotlarida arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun xaloskorning kelishi 
yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini 
uqtirardilar. 
Shunday qilib, bu davrda arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni 
vujudga keltirish, yakkaxudochilikka o‘tishga xijoz arablari ma’lum ma’noda 
tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom 
bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islomning asoschisi 
Muhammadning diniy va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy 
ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari, u 
zotning shaxsiy fazilatlari tufayli xijozliklarning harakati o‘ziga xos xususiyatlar 
kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch islomning vujudga kelishini 
eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish