O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

4.
 
Masala bayoni. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi 
Milodning boshlaridayoq xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va 
Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda 
mavjud bo‘lganini cherkov, manastiya, xristianlikka oid buyum qabrtosh hamda 
tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaridan 
so‘ng xristianlik jamoalarining faoliyati to‘xtagan. Xristianlikning Turkiston 
o‘lkasida keyingi paydo bo‘lishi XIX asrning 40 –yillariga to‘g‘ri keladi.
XIX asrning 70-yillari O‘rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda, 
boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli 
sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlarga, katoliklar va 
boshqalar ham paydo bo‘ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus 
qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashadi. Rossiya armiyasi tomonidan 
Birinchi jahon urushida asir olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va 
boshqa g‘arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi ular 
e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Bu, o‘z 
navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30-
yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-
gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 
masjidga 306 cherkov to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, e’tiqod jihatidan 10,0 ming 
pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming 
katoliklar, 26 ming yahudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga 
mansub dindorlar bo‘lgan.Pravoslav yo‘nalishi O‘zbekiston hududiga Rossiya 
orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda 
Turkiston (hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochish 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan.Xristianlikning 
O‘zbekistonda 
tarqalgan 
oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr oxirlarida 


81 
Toshkentda 2300 ga yaqin katolik istiqomat qilgan. O‘sha vaqtda rim katoliklari 
jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik 
cherkovi 1917 yilda qurib bitkazilgan. Hozirgi vaqtda bu bino tarixiy obida sifatida 
qayta ta’mirlandi. 
Keyingi o‘n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida 
protestantizm yo‘nalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan koreyslarning o‘z 
qarindosh-urug‘lari bilan diydor ko‘rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy 
Koreya, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishi omil bo‘ldi. Xorijda 
ular ma’lum bir diniy oqim ta’siriga tushib, O‘zbekistondagi yaqinlariga ham 
mazkur oqim ta’limotlarini targ‘ib qila boshladi. Shuningdek, Janubiy Koreya va 
AQSh lik koreys millatiga mansub kishilar ham katta moddiy mablag‘ga ega 
bo‘lgan protestantizm yo‘nalishi markazlari hisobig mahalliy koreys millati 
vakillari orasida missionerlik faoliyatini olib bormoqda. 
O‘zbekistondagi 
koreys 
protestant 
cherkovlarining 
deyarli 
barchasini 
pyatidesyaniklik yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Ibodat tarzlari protestantizmdagi 
yo‘nalishlarda bajariladigan amallar kabidir. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 
To‘liq Injil xristianlarining (pyatidesyatniklik) ilk jamoalari XX asr 20-yillari 
oxirida Toshkent shahrida tuzildi.Yevangelchi-lyuteranlar O‘zbekiston hududida 
1877 yilda buyon faoliyat yuritib, 1884 yildan ibodatlarini rasman amalga oshirib 
kelgan. 1890 yilda me’mor A.L.Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilishi 
1896 yilning dekabr oyiga kelib nihoyalandi. 
O‘zbekistonda yana bir cherkov – Novoapostollik cherkovi bo‘lib, u xristian 
dinining protestantlik yo‘nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi 
O‘zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlab, Toshkent, Samarqand, Buxoro va 
Navoiy shaharlarida ro‘yhatdan o‘tgan. O‘zbekistondagi Novoapostol cherkovlari 
Berlin Brandenburg okrugi tasarrufidadir. Uning apostol-prezidenti – Fris Shreder. 
O‘zbekistonda “Iegova shohidlari” protestant yo‘nalishidagi diniy tashkilot ham 
faoliyat yuritmoqda. Mazkur diniy sektaga 1870 yilda amerikalik ishbilarmon 
Ch.T.Rassel asos solgan. Sektaning markazi Bruklin shahrida joylashgan va 15 
a’zodan iborat bo‘lgan “Rahbar korporatsiya” ga bo‘ysunadi. 
Ayrim manbalar O‘rta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40-yillarida 
paydo bo‘lgani haqida ma’lumot beradi. O‘sha davrda ular o‘zlarini 
“kanalistlar” 
deb atab kelgan. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish