Xristianlikning diniy ta’limoti




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

Xristianlikning diniy ta’limoti.
Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo 
muqaddas uchlikda namoyon bo‘ladi. Ya’ni Xudo uch qiyofali, lekin mohiyatan 
yagonadir. Ammo Xudo Xudo – ota, Xudo – o‘g‘il, Xudo – muqaddas ruh 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu holat esa yakkayu-yagona xudoga shirk keltirish 
edi. Mana shunday yanglish, hato aqidalari tufayli nasroniylar musulmonlar 
tomonidan «kofir» - kufrga ketgan deb ataladilar. 
Bu uch qiyofali xudolar ayni paytda shaxslariga ko‘ra farq qiladilar. Xristianlik 
ta’limotiga ko‘ra Xudo-ota tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, hech kim 
yaratmagan, u o‘zi abadiy mavjud. Xudo – o‘g‘il esa, tug‘ilgan. Xudo – muqaddas 
Ruh esa, Xudo – Otadan paydo bo‘lgan. Nasroniylar Iso Masixni Xudo-O‘g‘il 
darajasiga ko‘targanlar. 
Xristianlikning asosiy aqidalari quyidagilardir: Xudo – O‘g‘il (Iso) Masix – Xudo 
yarlaqagan vakil. U ilohiy xaloskor. Iso – Xristianlikning asoschisi; Iso 
o‘ldirilgandan keyin osmonga ko‘tarilib ketgan. U kelajakda tiriklar va o‘liklar 
ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi; Iso ham ilohiy, ham 


76 
insoniy tabiatga ega; Bibi Maryam Xudo (Iso)ning onasi, u qizlik iffati saqlangan 
holda ilohiy xomilador bo‘lgan va Isoni tuqqan; ikonalarga sig‘inish; Xudo hamma 
narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoni 
yaratuvchisidir; odamzot tug‘ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir. Xudo 
yaratgan mavjudotlarning gultoji inson bo‘lgan, chunki u insonni o‘ziga o‘xshash 
qilib yaratgan edi. Bu o‘xshashlikning asosiy qirralari – bu insonga berilgan aql-
idrok, iroda, abadiy o‘lmasliklarida edi. Xudo butun kosmik tartibni insonga 
bog‘lab qo‘ydi. Biroq inson o‘zining irodasini, erkini Xudo irodasiga, erkiga 
qarama-qarshi qilib qo‘yganligi uchun uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan. 
Cho‘qintirish yo‘li bilan Xudo odamlarga najot yo‘lini ochib bergan. Odam Ato va 
Momo Havo qilgan ish shunday gunohi azim ediki, odamlar qiladigan har qanday 
qurbonlik Xudoni qanoatlantira olmaydi. Shuning uchun Xudo odamlarga rahm 
qilib, o‘z o‘g‘li Isoni o‘limga mahkum etgan. Bu qurbonlik Xudoni Isoga 
ergashganlar bilan yarashtirgan va ularga cho‘qintirish marosimi orqali najot 
yo‘lini ochib bergan. Faqat xristian cherkovi bag‘ridagina odamlar Xudoning 
marhamatiga, uning himoyasida bo‘lishlariga umid bog‘lashlari mumkin. Iso 
o‘gitlariga, vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh 
berish, buning evaziga narigi dunyoda ajr (mukofat)ga erishajaklikning 
muqarrarligiga ishonish. Jannat va do‘zohning mavjudligi va jonning o‘lmasligi 
kabilar xristianlik diniy ta’limotining mohiyatini tashkil etadi
16
.
Shunday qilib Xristianlik diniy ta’limotining bosh g‘oyasi yakkaxudolik, gunohga 
botish va undan xalos bo‘lish aqidalaridir. Odamlar xudo oldida gunohkor, 
yahudiymi yo yunon, rimlikmi yo varvar, qulmi yo erkin fuqaro, boymi yo 
kambag‘al – barchasi «xudoning bandasi», barchasi gunohga botgan. Bandasi o‘z 
gunohini xudoga, buyuk xaloskori (Iso) ga chuqur e’tiqod qilish orqali yuvadi. Iso 
Masix butun odamzotning gunohini yuvish uchun qancha azoblar chekib, 
bandalariga o‘rnak bo‘lsin deb o‘zini qurbon etadi. Muqaddas uchlik – Ota – 
Xudo, O‘g‘il-xudo (Iso) va Muqaddas ruhga ishongan, tavba qilgan, oxiratdagi 
yaxshi hayotga umid bog‘lagan taqvodor kim bo‘lishidan qat’i nazar to‘g‘ri 
jannatga borishi mumkin. Aksincha, betavfiq gunohkor va ta’magir do‘zoh olovida 
qovuriladi. Xristianlikning Muqaddas uchligi va Isoning dunyoviy odamlikdan 
xudo darajasiga ko‘tarilishi uni iudaizm va Islomdan farqlaydigan asosiy 
aqidalaridir
17


Download 1,74 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish