• Oqimlari. Xinayana
  • Manbalari.  Buddaviylik ta’limoti bir qator




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/127
    Sana02.07.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #266403
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127
    Bog'liq
    Dinshunoslik

    Manbalari. 
    Buddaviylik ta’limoti bir qator
     
    kitoblar shakliga keltirilgan
     
    to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi –Tripitaka ( yoki Tipitaka – “ 
    uch savat” ma’nosini anglatadi.) U uch qismdan iborat bo‘lgani uchun shunday deb 
    atalgan. Bu manbaning qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U 
    milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Unda Budda targ‘ibotining haqiqiy 
    bayoni hisoblangan sutra matnlari –Sutra –pitaka, rohiblik ahloqi, xonaqohlar 
    nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari Vinaya –pitaka, buddaviylikning 
    falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan 
    abxidxarma matnlari – Abxidxarma pitaka o‘rin olgan. Keyinchalik shakllangan 
    sanskrit, xitoy, Tibet, kxmer, va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar 
    ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddaviylik tarixi uchun ahamiyati 
    ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi “Tripitaka” da jamlangan.


    70 
    Oqimlari. Xinayana 
    buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. “Xinayana” 
    so‘zi “kichik arava” ma’nosini anglatib, u diniy yo‘nalish sifatida mil. av. I asrda 
    shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, jumladan, “Tripitaka” da 
    bayon qilingan.
    Xinayana ta’limotiga ko‘ra, dharmalar tabiatini o‘rganishga va nirvanaga ma’naviy 
    yo‘l bilan erishiladi. Bu yo‘l juda og‘ir, shu sababli monaxlargina nirvana holatiga 
    yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada murakkab va dabdabali ibodatlar 
    (masalan, “Budda tishiga sig‘inish”), buddaviylikning muqaddas joylariga ommviy 
    ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo‘nalish Sharqiy Hindiston, Shri Lanka, Hindixitoy 
    davlatlarida tarqalgan.
    Maxayana 
    Xinayana bilan bir qator buddaviylikda ikkinchi asosiy yo‘nalish 
    bo‘lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga 
    in’omlar berib yordam ko‘rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin, 
    degan ta’limotga asoslanadi. Unga ko‘ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan 
    qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi va hayot zanjirining barcha 
    vakillari uni o‘rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda ramzlarining, 
    xudolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xudolarga ishonishning bu yo‘li 
    barcha uchun mumkin bo‘lgan sababli u “ katta arava” nomini olgan. 
    Lamaizm – buddaviylikning asosiy yo‘nalishlardan biri. U Tibet tilida “ lama” – “ 
    eng ulug‘” degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari Lama deb 
    ataladi. 
    Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon –po 
    (shomanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida 
    vujudga kelib, hozirgi vaqtda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha 
    firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asrlar oxirlaridan mo‘g‘ullar, XVI 
    asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar 
    orasida ham tarqaladi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda 
    inson faqat lamalar yordamiada najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga yetishish u 
    yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, 
    deb ta’kidlanadi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127




    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Manbalari.  Buddaviylik ta’limoti bir qator

    Download 1,74 Mb.
    Pdf ko'rish